Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc


Download 191.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/73
Sana08.01.2022
Hajmi191.43 Kb.
#249688
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
Bog'liq
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

SEVGINI O’RGANMOQ 

 

Biz muhabbatni ham bir faoliyat mavzuyi sifatida bilamiz. Sevmoqni ham o‘rganmoqqa 



urinamiz. Masalan, bir inson gulni sevishi mumkin, dengizni sevishi mumkin, suzmoqni 

sevishi mumkin, tog‘ni sevishi mumkin, mevani, shirinlikni sevishi mumkin, qaymoqni

quymoqni va hokazolarni yaxshi ko‘rishi mumkin... Biz bu sevgilardan boshlab asl 

sevgini toptirmoqni, o‘rgatmoqni istaymiz. 

Aytganimizdek, shoirlardan biri: «Sen hali qaylardasan? Borgil, avval sevmoqni 

o‘rgangil!» deb she’r bitgan. Sevmoqni ham o‘rganmoq lozim! U ham bir ta’lim 

masalasidir va chamasi, sevmoq bizning eng muhim ishimiz bo‘lgaydir. Hayotimizning 

eng muhim ishi bo‘lgaydir. 

Sevgining mukammali haqiqatan sevmoqdir, do‘st bo‘lmoq, fidokorlik qilmoqdir, 

hadyalar bermoq, xizmat qilmoqdir... Qarshingizdagi insonni yaxshi ko‘rmoq, unga 

mehr-muhabbatni bildirmoqdir. Keyin esa, Haq sevgisi, haqiqat sevgisi, iymon sevgisi 

bilan, bu go‘zalliklarni vayron qilganlarga qarshi bir munosabat ko‘rsatmoqdir. Bu ham 

sevgi-muhabbat, bu ham sevgi-muhabbatning isbotidir. 

Jihod ham sevgining dalil-isbotidir. Jihod bug‘zu adovatning natijasi emas zinhor. Haq 

sevgisi, haqiqat sevgisining natijasidir... Chunki biz insonga eng avval to‘g‘ri yo‘lga 

kelmoqni taklif etgaymiz. Safimizga kelmoqni, tartibga kelmoqni taklif etgaymiz, tartibga 

kelmasa, tartibga keltirmoqqa uringaymiz... Buzmoqqa urinmaymiz. Musulmonlarning 

yer yuzidagi, yangicha so‘z bilan aytganda, faolligining susayishi dunyoni ulkan 

baxtsizlikka giriftor etgay. 

 

Bu kunlarda gazetalarni kuzatayotgan bo‘lsangiz, har holda ichingiz qon yig‘lagandir. 



Yugoslaviyadagi vahshat, o‘ta vahshat, Bosnaning yoqilib vayron qilinishi, u yerdagi 

musulmon birodarlarimizning chorasiz qarshilik ko‘rsatishlari... Musulmonlarning birligi 

va birdamligini, hamdamligini, faoliyatini qaytadan qo‘lga kiritmoqqa naqadar zo‘r 

ehtiyoj borligini ko‘rsatadigan bir hodisadir bu... Dunyoning boshqa joylaridagi ochiq 

hodisalar shuni taqozo etadi... 

Musulmonlarni qanday baxtli qilmoq mumkin? – deb o‘ylamoq lozim. 



Har dardki bor, bor darmoni vale 

Bedardlarning dardina darmon o‘lmas. 

«Har qanday dard bo‘lsa, uning darmoni, davosi ham bor, lekin dardsizlik kasaliga davo 

yo‘q!» deydi Fuzuliy. 

Rangiga, sifatiga aslo qaramay, jingalaksoch zanjini ham sevishimiz mumkin... Qirqta 

zo‘ravonning ostida qolgan bitta birodarimizni ko‘p qaynoq tuyg‘ular bilan bag‘rimizga 

bosishimiz mumkin. Boylik, kambag‘allik, rang, irq farqi, til farqi, millat farqi muhim 

bo‘lmas, bir inson mo‘‘min bo‘lsa, u jonimizdan yaxshi ko‘rgan bir kishiga aylanaveradi... 

Yunonlar bilan go‘yo raqibmiz, ammo musulmon bo‘lgan Yusuf Islom birodarimiz juda 

yaxshi ko‘rgan bir kishimiz bo‘lib qolaveradi... Armanilar bilan go‘yo hisob-kitobimiz 

bordek, ammo musulmon bo‘lgan Zohid Barsom bizning eng yaqin birodarimiz bo‘lib 

qolaveradi. Amerikalik bir Umar Abdulloh va yoki boshqa bir yapon, hindi va yoxud 

afrikalik va yo ingliz... Farqi yo‘q bizga, musulmon bo‘ldimi, qardosh-qarindosh 




Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon 

 

 




Download 191.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling