Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 mumkin. Chunki vaqti kirmasdan avval namoz ham, uni o‘rganish ilmi ham vojib bo‘lmaydi. Peshindan boshqa namozlarda ham xuddi shunday. Agar ramazon oyi kirsa, sabab voqe’ bo‘lgani uchun endi ro‘za ilmini o‘rganish farz bo‘ladi. Ro‘za ilmi subhdan kun botguncha niyat bilan yeyish, ichish va jimo’ qilishdan tiyilish, ramazon ro‘zasi uchun oyni ko‘rish yoki ikki guvoh bu haqda xabar berishi kabi hukmlarni bilishdir. Agar moldunyolik bo‘lib qolsa yoki balog‘atga yetgan vaqtida molu dunyosi mavjud bo‘lsa, unga zakot ilmini o‘rganish farz bo‘ladi. (Abu Hanifa mazhablariga ko‘ra, balog‘atga yetmagan bolaning molidan valiylari zakot beradi - Tarj.). Lekin g‘ayridin odam Islomni qabul qilsa, bir yil o‘tgachgina zakot berishi farzdir. Faqat tuyasi bor odamlarga tuyaning zakotini berish ilmini o‘rganish kifoya qiladi. Zakotning boshqa turlari ham shu kabidir. Agar haj oylari kelsa, uni ado etishga uzoq vaqt ketgani uchun haj ibodatiga tegishli ilmni tezda o‘rganishga shoshilmasligi kerak. Haj ilmini uni ado etishga qodir bo‘lgan zahoti o‘rganish shart emas. (Abu Hanifa mazhablariga ko‘ra, kishi zodu rohilaga molik bo‘lib, hajning boshqa shartlari topilsa, o‘sha zahoti unga haj ham, haj ilmini o‘rganish ham farz bo‘ladi - Tarj.). Lekin Islom olimlari zodu rohilaga molik kishiga keyinchalik bo‘lsa-da, hajga borish farzligini bildirishi zarurdir. Agar kishi o‘sha zahotiyoq hajga borishga azm qilsa, unga hajning kayfiyati, farz va vojiblarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Hajning sunnatlarini o‘rganish unga farz emasdir. Hajga qodir bo‘lgan zahoti farz bo‘lishini bildirish yoki bildirmaslik masalasi faqihlar mavzusi. Farzi ayn bo‘lgan boshqa amallarning hukmi ham shu kabidir. Tark etish lozim bo‘lgan ishlar holat va sharoitga ko‘ra har xildir. Soqovga yomon so‘zni so‘zlash haromligini, qoq sahroda yashovchi sahroyi kishi uchun o‘tirish harom bo‘lgan joylarni, ko‘r uchun qarash mumkin bo‘lmagan narsalarni o‘rganish farz emas. Shuningdek, holat taqozosiga ko‘ra,bular farz ham bo‘lishi mumkin. Munkar ishlar ko‘rilmaganda ularning ilmini o‘rganish farz emas. Ammo sodir etilsa, uning ilmini o‘rganish va boshqalarni ogohlantirish farz bo‘ladi. Masalan, bir musulmon o‘lkada ipak kiyim kiyuvchi erkak yoxud birovning molini zo‘rlab oluvchi yoki nomahramga nazar qiluvchi kishi mavjud bo‘lsa, bu ishlarning haromligini bildirish farzdir. Hali sodir etilmagan, ammo yaqin orada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarni o‘rgatish ham farz. Masalan, yeb-ichishga doir masalalarni o‘rgatish. Agar aroq ichiladigan, to‘ng‘iz go‘shti yeyiladigan shaharda bo‘lib qolsa, ularga bu ishlar haromligini bildirib qo‘yish shartdir. Qaysi narsani ta’lim berish farz bo‘lsa, uning ilmini o‘rganish ham farz bo‘ladi. E’tiqod va qalbga tegishli ishlarda shubha, xavotir paydo bo‘lsa, uning ilmini o‘rganish shartdir. Agar ikki shahodat kalimasi dalolat qilgan ma’nolarda shubha tug‘ilsa, uni daf qiladigan ilmni o‘rganish lozim bo‘ladi. Ammo shubhaga bormasdan, Alloh taoloning sifatlariga, U zotning kalomi qadim ekaniga, oxiratda Uni ko‘rishga va boshqa narsalarga mufassal e’tiqod qilmasdan oldin vafot etsa, butun ulamolar ijmosiga ko‘ra, u musulmon holida ketgan bo‘ladi. E’tiqodga taalluqli xavotir va shubhalar gohida insonning o‘zidan bo‘ladi, ba’zisi esa, Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling