Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bas, kim zarra misqolicha yaxshilik qilsa, o‘shani ko‘rur va kim zarra misqolicha yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur»
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
martabalarga ko‘tarur». «Ular Alloh huzurida turli daraja (martaba) sohibidurlar» (Oli Imron surasi, 163-oyat). Demak, fazilatlar nisbiydir. Podshohga qiyoslanganda mensilmaydigan sarroflar (kassir) farroshlarga taqqoslanganda ustun ko‘riladi. Shuning uchun yuqori darajadan pastga tushganlarning qadri yo‘q deb bo‘lmaydi. Eng oliy martaba anbiyolarniki, keyingisi avliyolarniki, undan keyingisi yetuk olimlarnikidir. Qolgan solih zotlarga darajalariga ko‘ra berilaveradi. Xulosa qilib aytganda: «Bas, kim zarra misqolicha yaxshilik qilsa, o‘shani ko‘rur va kim zarra misqolicha yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-8-oyat). Ilmning qaysi turi bo‘lsa bo‘lsin, agar Alloh uchun ta’lim olinsa, shubhasiz, uning foydasi bo‘ladi va sohibini oliy maqomlarga ko‘taradi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 85 O‘ninchi vazifa: Tolibi ilm ilmlarning maqsadga yetkazuvchi nisbatini yaxshi bilishi lozim. Maqsadlarga yaqin va yuksak bo‘lgan ilmlar maqsadlardan uzoq bo‘lgan ilmlardan afzaldir. Muhim bo‘lgan ilmlar muhim bo‘lmaganidan muqaddamdir. Muhim bo‘lgan ilmlardan murod ahamiyatli bo‘lganlaridir. Sening dunyo va oxiratdagi holatingga bog‘liq bo‘lgan ilmlar ahamiyatli hisoblanadi. Qur’oni karim mantig‘i va basirat nurining shohidligiga ko‘ra, dunyo lazzati va oxirat ne’matini bir joyda jamlash mumkin emas. Muhimi esa, abadulabad boqiy qolishdir. Ana shu tushuncha paydo bo‘lganda, dunyo bir qo‘nib o‘tiladigan manzilga, badan ulovga, harakatlar maqsad yo‘lidagi intilishga aylanadi. Asl maqsad Alloh taolo bilan uchrashishdir. Barcha ne’matlar shundadir. Ammo hayoti dunyoda ko‘pchilik buning qadrini bilmaydi. Alloh bilan uchrashish va Uning mukarram jamolini ko‘rish saodati jihatidan ilmlar uch darajada bo‘ladi. (Allohning jamolini ko‘rishdan murod anbiyolar istagan va tushungan nazar bilan ko‘rishdir, avom xalq va mutakallimlar tushunchasidagi nazarning bunga aloqasi yo‘q.) Ilmning bu darajalarini quyidagi misollar bilan tushunib olasan. Bir qulga hajni to‘la-to‘kis ado etish sharti bilan ozod bo‘lish va mol-mulk sohibiga aylanish imkoni berildi. Hajga tayyorgarlik ko‘rib yo‘lga chiqsa-yu, lekin biror mone’ sababidan haj ruknlarini bajara olmasa, u holda unga faqat hurriyat va’da qilindi. Bunday holda qul uch xil amalni bajarishi lozim: avval, safar uchun tuya sotib olish, ozuqa tayyorlash va suv uchun mesh olish; so‘ngra, vatanni tashlab, Ka’ba tomon yo‘lga tushish; so‘ng hajning barcha ruknlarini birin-ketin bajarish. Ehromni yechib, tavoful vido’ni qilganidan so‘nggina mulk va hurriyatga ega bo‘ladi. Bu shartlar tahaqquq topishi uchun qul uning sabablarini tayyorlab boradi. Cho‘llardan o‘tishda, haj ruknlarini avvalidan oxiriga qadar ado etishda maxsus o‘rinlar mavjud. Haj ruknlarini boshlagan kimsa saodatga yo‘l ozuqasi va ulov tayyorlayotgan kimsadan ham, hatto Ka’ba tomon yo‘lda ketayotganlardan ham yaqinroqdir. Shug‘ullanish uch xil bo‘ladi: Birinchi qism yo‘l ozuqasi va ulov tayyorlash, safar uchun tuya sotib olish kabi masalalardan iborat bo‘lib, unga tib, fiqh va badanning dunyoviy salohiyati uchun zarur ilmlar kiradi. Ikkinchi qism cho‘llardan, tepaliklardan oshib o‘tish kabi mashaqqatlar bo‘lib, ular botinni razil sifatlardan poklaydi. Baland cho‘qqilardan oshib o‘tishga avvalgilaru oxirgilarning hammasi ojizdir, faqat tavfiq berilganlargagina kasb qilgandir. Maqsad sari boriladigan yo‘lning kayfiyati ham shunday. Uning ilmini o‘rganish hajga olib borajak yo‘lning taraflari va manzillarini tahsil qilishga o‘xshaydi. Yo‘lga chiqmasdan turib, faqat manzil va sahrolar yo‘lini bilishning foydasi yo‘q. Ilmsiz holda axloqni tuzatish esa, mumkin bo‘lmagan ishdir. Uchinchi qism haj va uning ruknlari kabi ilmlar bo‘lib, unga Alloh taoloni, Uning sifatlarini, farishtalari va ularning fe’llarini hamda biz «Tarojimul mukoshafa»da zikr qilgan narsalarni o‘rgatuvchi ilmlar kiradi. Bu o‘rin najot va saodatga erishish o‘rnidir. Maqsadi haq bo‘lgan har bir solik najot topaveradi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling