Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
98 xursand bo‘lmaymiz. Ayblarni yo‘qotishga harakat ham qilmaymiz, balki nasihatgo‘yning so‘zini o‘ziga qaytarish bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Unga o‘zing ham falon, falon ishlarni qilasan-ku, deymiz. U bilan o‘rtamizdagi adovat uning nasihatlaridan foydalanishdan bizni to‘sib qo‘yadi. Bular gunohlarning ko‘pligidan hosil bo‘lgan qalb qoraligi sabablidir. Bular hammasining asli iymonning zaifligidandir. Alloh azza va jalladan bizni to‘g‘ri yo‘lga ilhomlantirishini, ayblarimizni ko‘rsatib qo‘yishini, ayblarimizni davolash bilan mashg‘ul qilib qo‘yishini, kamchiliklarimizdan xabardor qiladigan kishilarga tashakkur aytishga muvaffaq qilishini O’zining fazli va ehsoni bilan so‘raymiz. Uchinchisi - o‘z ayblarini dushmanlari tilidan bilib olish. Chunki g‘azab ko‘zi (ya’ni, dushmanning g‘azablangan vaqtdagi qarashi) kamchiliklarni oshkor qilib yuboradi. Ehtimol, insonning ayblarini zikr qiluvchi, ginachi dushmanidan foyda ko‘rishi doim uni maqtaydigan va ayblarini berkitadigan, tilyog‘lamachi do‘stidan foydalanishidan ko‘proqdir. Lekin inson tabiati dushmanning so‘zini yolg‘onga chiqaradigan va u gapirayotgan so‘zni hasadgo‘ylikka yo‘yadigan qilib yaratilgan. Ammo ko‘zi ochiq inson dushmanining so‘zidan foydalanib qolishdan voz kechmaydi, chunki uning kamchiligi dushmanlarining tillari bilan ochilishida shak yo‘q. To‘rtinchisi - insonlarga qo‘shilib yurish. Xalq o‘rtasida yomonlangan har bir narsani o‘z nafsidan axtarsin va uni ana shu yomonlikka nisbat bersin. Chunki mo‘min mo‘minning oynasidir. Boshqa kishining aybi orqali o‘z aybini ko‘rib oladi. Tabiatlar havoyi nafsga ergashishda bir-biriga yaqinligini ham biladi. Tengdoshlardan biri nima bilan sifatlansa, ikkinchisi ham shu sifatning aslidan yoki undan ham kattaroqdan yo o‘sha sifatning biror narsasidan ham xoli bo‘lmaydi. O’z nafsini tekshirsin va uni boshqalar yomonlaydigan narsalardan poklasin. Mana shularning o‘zi sizga odob berishga kifoya qiladi. Agar insonlarning har biri boshqalarda yomon ko‘radigan narsalarini tark qilganlarida edi, ular odob beruvchilardan behojat bo‘lishardi. Iso alayhissalomga «Sizga kim odob-axloqni o‘rgatgan?» deyishdi. Shunda u kishi: «Menga odobni hech kim o‘rgatgan emas, (balki) nodon kishining nodonligini ayb deb ko‘rdim, undan saqlandim», dedilar. Bularning hammasi taqvodor, ziyrak, nafsning ayblarini ko‘ruvchi, dinda nasihatgo‘y, o‘z nafsini poklab bo‘lgan, Alloh taoloning ibodatgo‘y bandalarini poklash bilan mashg‘ul bo‘lib, ular uchun nasihatgo‘y bir shayx topa olmagan kishilarga aytilgan yo‘ldir. Ammo kim o‘ziga mana shunday shayxni topgan bo‘lsa, u o‘ziga bir tabib topibdi. Uni mahkam ushlasin va shu tabib kasalidan xalos qiladi. Yaqiniga kelib qolgan halokatdan qutqaradi. Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling