Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 yurmaysan, yo oxiratning talabida ibodatgo‘ylar bilan harakat qilmaysan, go‘yo seni jannat bilan do‘zaxning o‘rtasida ushlanib qolgan holingda ko‘ryapman, ey nafsim, uyalmaysanmi?!» Hasan Basriy aytadilar: «Qattiq yuganlashga hurkovuch otdan ko‘ra ham nafs muhtojroqdir». Yahyo ibn Maoz ar-Roziy aytadilar: «Nafsingga riyozat qilichlari bilan jihod qilgin. Riyozat esa to‘rt xil bo‘ladi: ovqatlanish juda oz miqdorda bo‘lmog‘i, uyquning ham juda yengil bo‘lmog‘i, so‘zlashishning hojatdan ziyoda bo‘lmasligi, xalqning hammasidan aziyatni ko‘tarish. Taomni ozaytirishdan shahvatlarning o‘lishi hosil bo‘ladi. Uyquning ozligidan sof irodalar paydo bo‘ladi. So‘zning ozligidan ofatlardan salomatlik hosil bo‘ladi. Aziyatlarni ko‘tarishdan maqsadlarga yetiladi. Bandaga jafo ko‘rgan vaqtda halimlik qilishdan va aziyatga sabr etishdan ko‘ra qattiqroq narsa yo‘q. Agar nafsda shahvat va gunohlarga xohish harakatlanib, shu sababli ko‘p gapirish ilinji qo‘zg‘olib qolsa, taomni ozaytirish qilichlarini tajahhudga turish va uyquni kamaytirish qinidan sug‘urasan hamda e’tiborsizlik va kamgaplik qo‘llari bilan uni urasan. Shunda zulm va o‘ch olishdan to‘xtab, boshqalarning orasida ham uning kulfatidan tinch bo‘lasan. Nafsingni shahvat zulmatidan poklab, halok qiluvchi ofatlaridan qutulasan. Shu paytda pokiza va ruhiy yengil bo‘lib, yaxshiliklar maydonida javlon urib yurasan. Maydonda qochib yurgan ot kabi toat yo‘llarida sayr qilasan. Yana o‘zini pokiza tutib bo‘stonda yurgan podshoga o‘xshab sayr qilasan». Yana aytdilar: «Insonning dushmani ham uchtadir: uning dunyosi, shaytoni va nafsi. Dunyodan unda zohidlik qilish bilan saqlan. Shaytondan unga xilof qilish bilan saqlan. Nafsdan shahvatlarni tark qilish bilan saqlan». Ba’zi hukamolar aytadilar: «Qaysi bir insonga nafsi ega bo‘lib olsa, nafsining xohishlarini yaxshi ko‘rishda asirga va havosining zindonida mahbusga aylanadi hamda mag‘lub holda uning tizgini nafsining qo‘lida bo‘ladi, uni xohlagan tomonga tortadi. Uning qalbini foydali narsalardan to‘xtatib qo‘yadi». Ja’far ibn Hamid aytadilar: «Ulamolar va hukamolar (oxirat) ne’mati faqat (dunyo) ne’matini tark qilish bilangina topilishiga ittifoq qilishgan». Abu Yahyo al-Varroq aytadilar: «Kim a’zolarini shahvatlar bilan rozi qilsa, qalbiga nadomat daraxtini ekibdi». Vuhayb ibn Vird aytadilar: «(Ovqatlanishda) nonga yana boshqa narsani ziyoda qilish (ya’ni, qo‘shib yeyish) shahvatdandir». Yana aytadilar: «Kim dunyo shahvatlarini yaxshi ko‘rsa, u xorlikka tayyorlanaversin». Rivoyat qilinishicha, Yusuf alayhissalom yer xazinalariga ega bo‘lganlaridan keyin Azizning xotini (ya’ni, Zulayho) a’yonlari bilan birga keladigan kunlari u kishini tepalikda kutib o‘tirdi. U kishi mamlakatning buyuklaridan o‘n ikki ming kishi ichida otga minib kelardilar. Ayol Yusuf alayhissalomga qarab: «Podshohlarni osiyliklari tufayli qul qilib qo‘ygan va qullarni O’ziga itoat qilganlari uchun podshoh qilib qo‘ygan Zotni poklayman», dedi. Albatta hirs va shahvat podshohlarni qulga aylantiradi. Bu esa buzg‘unchilarning jazosidir. Sabr va taqvo qullarni podshohga aylantiradi. Yusuf alayhissalom gaplarini Alloh taolo xabar beradi: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling