Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bu hayoti dunyo oxirat oldida faqat bir arzimas matodir»
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 qalbdan qo‘rquv, qayg‘urish, o‘lim va qiyomat qo‘rqinchlarini eslash chiqib ketadi. Bu esa qalbning o‘limidir. Alloh taolo aytadi: «Hayoti dunyoning o‘zigagina rozi bo‘lib, faqat o‘sha bilan xotirlari jam bo‘lgan kimsalar - ana o‘shalarning joylari kasb qilib o‘tgan gunohlari sababli do‘zaxdir» (Yunus surasi, 7-8-oyatlar). Yana Alloh taolo aytadi: «Bu hayoti dunyo oxirat oldida faqat bir arzimas matodir» (Ra’d surasi, 26-oyat). Yana Alloh taolo aytadi: «Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgi, zeb-ziynat, o‘rtalaringizdagi o‘zaro maqtanish va molu dunyo hamda farzandlarni ko‘paytirishdir, xolos» (Hadid surasi, 20-oyat). Mana shularning hammasi dunyoni yomonlashdir. Alloh taolodan dunyodan salomat qilishni so‘raymiz. Qalb arboblaridan (ya’ni, qalbi ochiq kishilardan) o‘ta ehtiyotkorlari xursand hollarida qalblarini dunyoviy oldi-berdi bilan sinab ko‘rishgan va shunda qalblarini qoraygan, nafratga loyiq, Alloh zikridan va qiyomat zikridan ta’sirlanishda sust holda topishgan. Yana qalblarini qayg‘uli hollarda ham sinab ko‘rishgan va uni yumshoq, muloyim, sof, zikr ta’sirini qabul qiluvchi holda topishgan. Shunda najot topish doimiy qayg‘uda, xursandchilik va takabburlik sabablaridan uzoq bo‘lishda ekanini bilishdi. Va qalblarini lazzat o‘rinlaridan ajratib olishdi, qalblarini shahvatlarning halolidan ham, haromidan ham sabr qilishga odatlantirishdi. Uning haloliga hisob, haromiga iqob, shubhalariga esa itob borligini ham bilishdi. Itob ham azobning bir turidir. Kimning qiyomat kunida hisob-kitobi qattiq qilinsa, u azoblanibdi. Qalb arboblari esa o‘zlarini qiyomat azobidan qutqarishdi va shahvatlarga asir, qullikdan xalos bo‘lishdi. Alloh zikriga ulfat, Uning toati bilan mashg‘ul bo‘lib, haqiqiy hurlikka, dunyo va oxiratdagi doimiy podshohlikka yetishdi. Burgutni vahshiylikdan itoatga, odobli bo‘lishga o‘rgatish uchun tarbiyalashga qasd qilinganida nima lozim bo‘lsa, qalblariga ham shunday muomala qilishdi. Burgut avval qorong‘u uyga qamab qo‘yiladi, ko‘zi ham to‘sib qo‘yiladi. Shunda u havoda uchishdan mahrum bo‘ladi. Va ozodlikda tabiatan o‘rganib qolgan narsalarini unutadi. So‘ng unga go‘sht berish bilan mehribonlik ko‘rsatiladi. Hatto egasiga o‘rganib qoladi. Bu shu darajaga yetadiki, agar uni chaqirsa, ovozini eshitgan vaqtida darhol oldiga keladi. Nafs ham shunga o‘xshashdir. Avvalo uning qulog‘i va ko‘zini odatda o‘rganib qolgan narsalaridan to‘sish uchun yolg‘izlik, uzlat bilan ajratilsagina, egasiga va uning gapiga o‘rganadi. So‘ngra unga Allohga sano aytish, zikr, keyin xilvat joyda duo qilish odatlantiriladi. Mana shunda dunyoga va boshqa shahvatlarga ulfatlik o‘rniga Alloh azza va jallaning zikriga ulfat bo‘lish qalbga g‘olib keladi. Bu holat dastlabki vaqtlarda shogirdlarga og‘ir tuyuladi, keyinroq u bilan lazzatlanadigan bo‘lib qolishadi. Bu ko‘krakdan ajratilgan go‘dakka o‘xshashdir. Bu holat go‘dakka qiyin. Chunki u bir soat ham undan ajramagan. Shuning uchun ko‘krakdan ajratilgan vaqtda uning yig‘isi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling