Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Qalb kasalliklarini davolashdagi yo‘l – shahvatlarga ergashishni tark qilish


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

 
Qalb kasalliklarini davolashdagi yo‘l – shahvatlarga ergashishni tark qilish 
ekaniga shar’iy dalillar va qalb ko‘zi ochiq kishilardan naql qilingan dalillar 
bayoni 
Bilingki, agar yuqorida zikr qilgan narsalarimiz to‘g‘risida e’tibor nazari bilan fikr 
qilsangiz, qalb ko‘zlaringiz ochiladi. Yana siz uchun qalblarning illati, kasalliklari, ilm va 
ishonch nuri bilan uning davolari ham zohir bo‘ladi. E’tibor bilan fikr qila olmasangiz, 
o‘rganish va taqlid qilishga haqli kishiga taqlid qilish yo‘liga ko‘ra ishonishingiz va tasdiq 
qilishingiz lozim. Chunki ilm uchun daraja, ya’ni yuksalish bo‘lgani kabi iymon uchun 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
ham daraja, ya’ni yuksalish bordir. Ilm iymondan keyin hosil bo‘ladi. Alloh taolo aytadi: 
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat). 
Qaysi bir inson shahvatlarga xilof qilish Alloh azza va jallaga eltuvchi yo‘l ekanini tasdiq 
qilsa-yu, uning sababi va sirini bilmasa ham, u iymon keltirgan kishilardandir. Agar 
yuqorida zikri kelgan shahvat yordamchilaridan xabardor bo‘lsa, u ilm ato qilingan 
zotlardandir. Har ikkisiga ham Alloh taolo jannatni va’da qilgan. 
Mana shu ishga iymon keltirishni taqozo qiladigan narsalar Qur’onda, sunnatda va 
ulamolar so‘zlarida hisobsizdir. Alloh taolo aytadi: 
«Nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina 
(uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-41-oyatlar). 
Yana aytadi: 
«Ana o‘shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan (ya’ni, taqvo 
imtihonidan o‘tgan) zotlardir» (Hujurot surasi, 3-oyat). 
Aytiladiki: «Ularning qalblaridan shahvatlar muhabbati sug‘urib olingandir». 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mo‘min kishi beshta og‘irlikning (ya’ni, 
qiyinchilikning): unga hasad qiladigan mo‘minning, uni yomon ko‘radigan munofiqning, 
u bilan urishadigan kofirning, uni adashtiradigan shaytonning, u bilan tortishadigan 
nafsning qarshisidadir» (Abu Bakr ibn Bilol rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam nafsning tortishuvchi dushman ekanligini, u bilan kurashish vojibligini bayon 
qilganlar. 
Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qildi: «Ey Dovud, 
ashoblaringizni shahvatlaridan ko‘ra yeyishlaridan ehtiyot qiling va qo‘rqiting, chunki 
dunyo shahvatlari bilan bog‘langan qalblarning aqllari Mendan to‘silgandir». Iso 
alayhissalom aytadilar: «Naqd bo‘lgan shahvatni ko‘rmayotgan, g‘oyibdagi va’da qilingan 
narsa uchun tark qilgan kishiga jannat bo‘lsin». 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jihoddan qaytib kelgan qavmlariga «Xush 
keldingiz, sizlar kichkina jihoddan katta jihodga keldingiz», dedilar. Shunda: «Ey 
Rasululloh, katta jihod nima?» deyishdi. «Nafsga jihod qilish», dedilar u zot (Bayhaqiy 
rivoyati). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mujohid Alloh azza va 
jallaga itoat qilishda nafsiga jihod qilgan kishidir» (Imom Termiziy rivoyat qilgan va 
sahih, degan). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Nafsingga aziyat 
berishdan o‘zingni tiy, uning Allohga osiy bo‘lishdagi istagiga ergashma, agar shunday 
qilmasang, qiyomat kuni sen bilan xusumatlashadi. Sening ba’zi (a’zoying) ba’zi 
(a’zoyingni) la’natlaydi. Magar Alloh taolo kechirgan va satr qilgan bo‘lsa, la’natlamaydi» 
(hadis bundan boshqacha lafzda kelgan). 
Sufyon Savriy aytadilar: «Nafsimdan ko‘ra qiyinroq biror narsani muolaja qilmadim, bir 
marta foydamga, bir marta esa zararimga bo‘ldi». Abul Abbos al-Muvsiliy o‘z nafslariga 
aytardilar: «Ey nafsim, yo dunyoda podshohlarning o‘g‘illari bilan ne’matga burkanib 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling