Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Muslim rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat 
kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisini hurmat qilsin», deganlar (Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari). Yana Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kim Allohga va 
oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin» (Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari). 
Mo‘minlarning sifatlari husni xulq ekanligini ham zikr qilib aytdilarki: «Mo‘minlarning 
iymonda yetukroqlari ularning xulqda chiroyliroqlaridir». Yana aytdilar: «Agar mo‘minni 
jim turgan (ko‘p gapirishdan o‘zini tiygan) va viqorli holda ko‘rsangizlar, unga 
yaqinlashinglar, chunki unga hikmat talqin qilib turiladi». Yana Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Qaysi bir insonni qilgan yaxshiliklari xursand qilsa va yomonliklari xafa 
qilsa, u mo‘mindir», dedilar (Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyatlari).
Yana u zot alayhissalom aytdilar: «Mo‘min kishi uchun o‘z birodariga aziyat beradigan 
nazar bilan ishora qilishi halol bo‘lmaydi» (Ibn Muborak rivoyati). Yana Nabiy sollallohu 
alayhi vasallam: «Musulmon kishi uchun boshqa musulmonni qo‘rqitishi halol 
bo‘lmaydi», dedilar (Bazzor zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Yana Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam aytdilarki: «Albatta ikki hamroh Alloh azza va jallaning omonati bilan 
o‘tiradi. Ularning biri birodariga u yomon ko‘radigan narsani fosh qilmog‘i halol 
bo‘lmaydi» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan). 
Ba’zilar husni xulq alomatlarini jamlashgan. Aytishlaricha, husni xulqlilik hayosi ko‘p, 
aziyati oz, ezguligi ko‘p, tili rostgo‘y, so‘zi oz, amali ko‘p, toyilishi oz va keraksiz gapi 
yo‘q, yaxshilik qiluvchi, bordi-keldi qiluvchi, viqorli, sabrli, shukr qiluvchi, rozi bo‘luvchi, 
halim, muloyim, pokiza, shafqatli bo‘lmog‘idir. La’natlovchi, so‘kuvchi, chaqimchi
g‘iybatchi, shoshqaloq, ginachi, baxil va hasadgo‘y bo‘lmaslik, ochiq yuzli, 
xushmuomala, Alloh yo‘lida yaxshi ko‘radigan va Alloh yo‘lida yomon ko‘radigan bo‘lish 
husni xulqdir. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mo‘min va munofiqning alomati haqida so‘raldi. 
U zot alayhissalom: «Albatta mo‘minning tashvishi namozi, ro‘zasi va ibodati to‘g‘risida 
bo‘ladi. Munofiqning tashvishi esa chorvaga o‘xshab taomi va ichimligi to‘g‘risida 
bo‘ladi», dedilar (asli yo‘q hadis). 
Xotam ul-Asom aytdilar: «Mo‘min fikr qilish va ibratlanish bilan mashg‘uldir, munofiq esa 
harislik va orzular bilan mashg‘uldir. Mo‘min Allohdan boshqadan umidini uzgan, 
munofiq esa Allohdan o‘zga har bir insondan umid qiluvchidir. Mo‘min Allohdan 
boshqadan qo‘rqmaydi, munofiq esa Allohdan boshqa har bir kimsadan qo‘rquvchidir. 
Mo‘min dini oldida molidan kechadi, munofiq esa moli oldida dinidan kechadi. Mo‘min 
yaxshilik qiladi va yana yig‘laydi, munofiq esa yomonlik qiladi va kuladi. Mo‘min xilvatni 
va yolg‘izlikni yaxshi ko‘radi, munofiq esa aralashishni va ko‘pchilikni yaxshi ko‘radi. 
Mo‘min ekadi va ekinga fasod yetishidan qo‘rqadi, munofiq esa ekinni yulib tashlaydi va 
keyin hosil yig‘ishni umid qiladi. Mo‘min boshqarish uchun buyurib-qaytaradi. Shuning 
uchun (xalq ishi) yaxshi bo‘ladi, munofiq esa raislik qilish uchun buyurib-qaytaradi. 
Shuning uchun (xalq ishi) fasod bo‘ladi». 
Husni xulq sinab ko‘riladigan eng yaxshi narsa aziyatlarga sabr qilish va zulmlarga 
chidashdir. Kim sizga birovning xulqi yomonligidan shikoyat qilsa, ana shu o‘zining xulqi 
yomonligiga dalolat qiladi, chunki husni xulq aziyatlarga chidashdir. Rivoyat qilinishicha, 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling