Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
109 toshlarni otinglar, chunki oyog‘imni qonga belab qo‘ysangiz, meni namoz o‘qishdan to‘xtatib qo‘yasiz», der ekanlar. Bir kishi bir kuni Ahnaf ibn Qaysni so‘kdi. U kishi esa unga javob bermadilar. U orqalaridan ergashib kelardi. U kishi mahallaga yaqinlashib qolgan vaqtlarida to‘xtadilar va unga: «Ko‘nglingda yana biror narsa qolgan bo‘lsa, aytib ol. Mahallaning beaql kishilari eshitib qolmasin, senga aziyat berib qo‘yishadi», dedilar. Rivoyat qilinishicha, Ali karramallohu vajhahu o‘z qullarini chaqirdilar. U javob bermadi. Yana ikkinchi, uchinchi bor chaqirdilar. U esa yana javob bermadi. Oldiga bordilar va yonboshlab yotgan holda ko‘rdilar. Unga: «Eshitmadingmi, ey bola?» dedilar. U esa: «Eshitdim», dedi. «Unday bo‘lsa, menga javob bermaslikka nima majbur qildi?» dedilar. «Jazo bermasligingizni bilganim uchun dangasalik qildim», dedi. Shunda Ali roziyallohu anhu: «Bor, ketaver, Alloh taolo roziligi uchun ozodsan», dedilar. Bir ayol Molik ibn Dinorga «Ey riyokor», dedi. Shunda u kishi: «Ey ayol, Basra ahli yo‘qotib qo‘ygan ismimni topding», dedilar. Yahyo ibn Ziyod Xorisiyning yomon bir qullari bor edi. U kishiga «Nima uchun uni ushlab turibsiz?» deyishdi. Shunda u kishi: «Undan halimlikni o‘rganib olish uchun», dedilar. Bu nafslar (ya’ni, yuqorida zikr qilingan kishilarning nafslari) riyozat bilan bo‘ysundirilib, xulqlari mo‘‘tadil bo‘lgan. Bu nafslarning botini yolg‘on, nafrat va gina-kuduratdan pok bo‘lib, ularda Alloh taolo taqdir qilgan har bir narsaga rozilik hosil bo‘lgan. Bu esa husni xulqning eng cho‘qqisidir. Chunki Alloh taoloning ishini yomon ko‘rib, Unga rozi bo‘lmaydigan kishi yomon xulqning eng cho‘qqisidadir. Aytib o‘tganimizdek, husni xulq alomatlari yuqorida zikr qilingan zotlarning zohirlarida ham namoyon bo‘lgan. Kimning nafsiga mana shu alomatlar mos kelmasa, unday kishi o‘zini chiroyli xulqli, deb o‘ylab aldanmasin. Balki husni xulq darajasiga yetguncha riyozat va kurashish bilan mashg‘ul bo‘lishi lozimdir, chunki husni xulq muqarrab bandalar va siddiqlar yetadigan baland darajadir. Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling