Sayyid muhyiddin maxdum


Download 76.33 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi76.33 Kb.
#1569791
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hasanboy lotin diplom


O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI
ANDIJON “SAYYID MUHYIDDIN MAXDUM” O‘RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI
“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”

O‘quv ishlari bo’yicha mudir orinbosari: ______________ Q.Israilov


“____”____ 2023 yil

Urinboyev Xasan Juraxon o‘g‘lining


Mavzu: Sehr va uning islom shariatidagi o‘rni

Ta’lim yo’nalishi: Dinshunoslik

O’rta maxsus darajasini olish uchun taqdim etilgan
bitiruv malakaviy ishi
Ilmiy rahbar: S.Ahmadaliyev
Taqrizchi:O.Yunusov
Andijon – 2023

MUNDARIJA
KIRISH ……………………………….......................................................……… 3

I.Sehr haqida tushuncha………………………….......………. .5
1.1 Qur’on va sunnatda sehr haqida...................................................................... .5
1.2 Sehrning qismlari..............................................................................................10
II. Sehr va sehrgarga doir hukmlar……………17
2.1.Islom shariatida sehrgarning hukmi………..…………………………………………………... 17
2.1.Sehrdan saqlanish borasidagi ba’zi tavsiyalar……………………………………………..28

XULOSA ........................................................................................................... 36

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................. 38

KIRISH

إن الحمد لله نحمده و نستعينه و نستغفره و نؤمن به و نعوذ بالله من شرور أنفسنا و من سيات أعمال من يهده الله فلا مضل له ومن يضلله فلا هادي له و أشهد أن لا اله إلا الله وحده لا شريك له و أشهد أن محمدا عبده و رسوله


BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM


O‘zining oxirgi va abadiy Kitobi bo‘lmish Qur’oni Karimni butun olamlarni hidoyat qilish uchun nozil qilgan Aliymu Habiyr bo‘lmish Alloh taologa o‘zining jaloliga munosib hamdu-sanolar bo‘lsin. Qur’onni insoniyat uchun qiyomatgacha boqiy hidoyat mayog‘i, barchani ojiz koldiruvchi bayoni va ikki dunyo saodatiga eltuvchi dasturul amal qilib nozil etgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin!


Qur’onni Parvardigori olamdan qabul qilib olgan, uni butun olamlarga omonat ila yetkazgan, ham o‘qishni, ham yozishni o‘rgatgan, hayotga tamomila tatbiq etib ko‘rsatgan habibi Robbil olamiyn, Muhammad al-Amiynga eng pok va eng yuksak salovotu durudlar bo‘lsin!
O‘zlariga Alloh tomonidan nozil etilgan, ikki dunyo saodatini ta’min etadigan Qur’oni Karimni ummatlarga omonat ila etkazgan, unga qandoq amal qilishni ko‘rgazgan, Sodiku Masduk bo‘lmish, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo solallohu alayhi vasallamga mukammal va muaattar salavotu durudlar bo‘lsin! Sarvari olam, sayyidul anam, nabiyul arabi val ajam salallohu alayhi vasallamdan, Qur’onni harfma-harf ixlos ila qabul etib, butun vujudlariga singdirib, unga oyatma-oyat amal qilib, zaminda ikki oyoqlab odim otib yuruvchi, jonli qur’onlarga aylangan sahobai kirmlardan Qur’onni nozil etgan Zot rozi bo‘lsin.
Sehr so‘zi lug‘atda har bir chiqib kelgan joyi daqiq va latif, sababi maxfiy bo‘lgan narsaga ishlatiladi. Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bayonda ham sehr bor», deganlar.
Falonchni sehrlab qo‘ydi degan iborada, aldadi ma’nosi bo‘ladi.1
Aslida sehr bir narsani haqiqatidan boshqa tarafga burishdir. Bunda sehrgar botil narsani haqiqat qilib ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Lisonul arab kitobida aytilishicha, arablar sehrni seho deb atashi sog‘likni bemorlikka burishi va yaxshi ko‘rishni yomon ko‘rishga burishi uchundir.
Sehrning ta’rifida ulamolar turli fikrlarni aytgan.
Bayzoviy: «Sehrdan murod hosil bo‘lishi uchun shaytonga yaqinlashiladigan, inson o‘zi qila olaydigan narsadir. Bu narsa yomonlikda va nafsining iflosligida iblisga munosib bo‘lgan shaxslargagina hosil bo‘ladi.
Ammo hiyla, turli asbob va davolar vositasida odamlarni ajablantiradigan narsalarni qilish, qo‘lini chaqqon harakatlantirib hunar ko‘rsatish mazammat qilinmaydi. Bundoq ishlarni sehr deyish uning daqiqligidan xolos. Sehr aslida sababi maxfiy narsadir», degan.
At-Tahonaviy o‘zining «Kashshofu istilohotil funun» nomli kitobida sehr haqida quyidagi ta’rifni keltiradi: «Sehr ilmning bir navi bo‘lib uni javharlarning xususiyatlarini va yulduzlarning burjlarini bilishdan istifoda qilinadi. Ana o‘sha narsadan sehr qilingan shaxsga haykal olinadi va uning uchun burjdagi maxsus vaqtni kutiladi. So‘ngra shariatga xilof kufr va fahsh so‘zlarni talaffuz qilinadi. Unga shaytonlarning yordami ila erishiladi. Ularning hammasining jamlanishidan sehr qilingan shaxsda g‘aroib holatlar yuzaga keladi».
Al-Qalyubiy sehrni quyidagicha ta’riflaydi:
«Sehr shariatda iflos ruhlarni maxsus so‘z va amallar orqali ishlatib odatdan tashqari holatlarni keltirib chiqarishdir».
Hanbaliylar sehrni quyidagicha ta’riflaydi: «Sehr tugunlar, so‘zlar, dam solish yoki bir narsalarni yozish yoxud qilish orqali kishining badani, qalbi yoki aqliga bevosita tasir qilishdir».
Al-Lays dedi: "Sehr- shaytonga yaqinlik hosil qilingach, shayton yordamida amalga oshiriladigan ishdir".
Al-Azhariy dedi: "Aslida sehr biror narsani haqiqiy holatidan o‘zga holatga aylantirishdir" .Ibn Munzir dedi: "Sehr qilayotgan kishi botil narsani haq deb ko‘rsatadi, haqiqiy ko‘rinishidan o‘zgacha ko‘rsatib, uni sehrlab qo‘yadi, ya’ni qo‘rqishini burib qo‘yadi.SHamri (kishining nomi) Ibn Abu Oishadan rivoyat qiladi: "Arablar sehrni " cehp" deb nomlashlariga sabab, uning sog‘ligini kasallikka burib yuborishi tufaylidir".
Ibn Fors sehr haqida shunday dedi: "Sehr - botil narsani haq sifatida chiqarmoqlikdir".
"Al-Mu’jam al-vasit" muallifi dedi: "Sehrni olinadigan joyi juda nozik va sezilarsizdir".
"Muhit al-muhit" kitobining muallifi dedi: "Sehr bu biror narsaning teskarisini shunday ustalik bilan bajarish-ki, hatto inson buning natijasida ikkilanib qoladi".
Mazkur ta’riflarni jamlab o‘rgansak, ularning har birida sehrning o‘ziga xos xussiyatlari haqida so‘z borayotganini ko‘ramiz.
Demak, ushbu ta’riflarning yig‘indisidan sehrni to‘laroq anglab olamiz.
Bizning diyorimizda folbinlar, sehrgarlar, munajjimlar, turli bashoratchilar, boshqa sayyoralardan kelayotgan elchilar bilan "kontaktda" bo‘layotganlar juda ham ko‘payib ketdi. Ularning ishqibozlari, ixlosmandlarining esa son-sanog‘i yo‘q edi. eng yomoni, bu noqulay holatga diniy tus berildi. Mazkur folbin, sehrgar, munajjim, bashoratchi va hokazolar erkak kishilar bo‘lsa, egniga ajabtovur chopon, boshiga qandaydir salla o‘rab olib, bo‘ynigami,qo‘ ligami tasbeh osib olishar, o‘tirgan joylariga ham shunga o‘xshash narsalar qo‘yib qo‘yishar, birorta duonimi, suranimi chala yodlab olib takror-takror o‘qishardi.
Agar ayol kishi bu ishga qo‘l urgan bo‘lsa, u ham o‘zicha shunga o‘xshash tadbirlar ko‘rgan bo‘lardi. Oqibatda odamlar bu narsalarni dinda bor yoki bo‘lmasa dinga aloqasi bor, deb tushuna boshlashdi.
Sehrgar esa, turli uslublarni ishlatib, kishilarga ta’sir o‘tkazuvchi shaxsdir. Qur’oni Karimda sehr to‘g‘risida kelgan oyatda erkakni xotindan ajratuvchi ishlarni qilguvchilar ham sehrgar ekanligi aytilgan. Ulamolar sehrni, kelib chiqishi ma’lum bo‘lmagan ish, deb aytadilar.
Imom Nasaiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
"Kimki tugun tugib unga dam ursa, sehr qilgan bo‘ladi. Kim sehr qilsa, shirk keltirgan bo‘ladi", deb aytganlar.
Qur’onda sehrgarlarning ishi kufr ekanligi aytilgan.
Islom ulamolari sehrgar shak-shubhasiz, kofir bo‘ladi, degan hukmni o‘qishgan. Bunga hujjat sifatida quyidagi oyat keltiriladi:2

وَلَـكِنَّ الشَّيْاطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ





Download 76.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling