Sayyid muhyiddin maxdum
«Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar»
Download 76.33 Kb.
|
Hasanboy lotin diplom
«Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar»
(Baqara surasi, 102) 3 La’natlangan shaytonning odamlarga sehr o‘rgatishdan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi ularni mushrikka aylantirishdir. Alloh o‘ziga sherik qilgan nsonni hech qachon kechirmaydi. Bugungi kunda ko‘plab gumroh kimsalarning sehrga aralashib yurganiga guvoh bo‘lasiz. Ular sehrni faqatgina harom deb o‘ylaydilar va uning kufr ekanligini his qilmaydilar. Bu hol ayniqsa, er-xotin orasidagi munosabatlarda – issiq sovuq va shu kabi narsalarni qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular bu ishlarida aksariyat qismi shirk va kufr bo‘lgan so‘zlarni qo‘llaydilar. Islomda sehrgarning jazosi – o‘lim, qatl etmoq. CHunki u Allohga kufr keltirgan yoki shunga yaqinroq, o‘xshash ish qilgan bo‘ladi.Har bir banda Alloh taolodan qo‘rqishi va dunyo-yu oxiratini kuydirib yuboradigan buningdek ishlardan saqlanishi lozim.4 وَاتَّبَعُواْ مَا تَتْلُواْ الشَّيَاطِينُ عَلَى مُلْكِ سُلَيْمَانَ وَمَا كَفَرَ سُلَيْمَانُ وَلَـكِنَّ الشَّيْاطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ وَمَا أُنزِلَ عَلَى الْمَلَكَيْنِ بِبَابِلَ هَارُوتَ وَمَارُوتَ Alloh taolo aytdi: "YAna, (ular) Sulaymon podshohligidagi shaytonlar (jinlar) o‘qiydigan narsalarga ergashib ketdilar. Sulaymon kofir bo‘lmadi, lekin odamlarga sehr (jodu)ni hamda Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarni o‘rgatadigan shaytonlar kofir bo‘ldilar. (U ikki farishta): "biz faqatgina sinov (vositasi)miz, (bizga ishonib) kofir bo‘lib qolma!", - deb (ogohlantirmaguncha) hech kimga (sehrni) o‘rgatmas edilar. Ikkisidan er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsani o‘rganar edilar. Lekin ular Allohning iznisiz u bilan hech kimga zarar etkaza olmaslar. (Xullas) o‘zlariga foydasi yo‘q, balki zararli narsalarni ta’lim olar edilar. Uni (Alloh kitobini sehrga) almashganlarga oxiratda nasiba yo‘qligini ham yaxshi bilar edilar. O‘z (nasiba)larini qanchalar yomon narsaga sotib yuborganlarini bilsalar edi!".5 (Baqara surasi, 102-oyat. قَالَ مُوسَى أَتقُولُونَ لِلْحَقِّ لَمَّا جَاءكُمْ أَسِحْرٌ هَـذَا وَلاَ يُفْلِحُ السَّاحِرُونَ Download 76.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling