Sayyid muhyiddin maxdum


Muso dedi: "Sizlarga haqiqat kelganda (uning inkoriga) so‘z qilasizlarmi?!" Sehrmi shu?! Sehrgarlarning omadi yurishmaydi-ku!"


Download 76.33 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi76.33 Kb.
#1569791
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hasanboy lotin diplom

Muso dedi: "Sizlarga haqiqat kelganda (uning inkoriga) so‘z qilasizlarmi?!" Sehrmi shu?! Sehrgarlarning omadi yurishmaydi-ku!"
(YUnus surasi, 77-oyat).
قُلْنَا لَا تَخَفْ إِنَّكَ أَنتَ الْأَعْلَى وَأَلْقِ مَا فِي يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوا إِنَّمَا صَنَعُوا كَيْدُ سَاحِرٍ وَلَا يُفْلِحُ السَّاحِرُ حَيْثُ أَتَى


"Bas, Muso ichida bir qo‘rquvni his etdi. Biz aytdik: "Qo‘rqmagin! Albatta sen o‘zing oliy (g‘olib)dirsan. Qo‘lingdagi narsani (asoyingni) tashlagin - ular yasagan narsalarni yutib yuborsin! Ularning yasagani faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa qaerda bo‘lmasin zafar topmagay".6
(Toha surasi, 67-69 oyatlar)
Oisha (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.)ni Banu Zuriyk qabilasidagi Labid ibnu-l-A’sam degan kishi sehr qilib qo‘ydi. Hatto Rasululloh (s.a.v.) bir ishni qildim deb xayol qilardilar-u, ammo u ishni qilmagan bo‘lardilar. Kunlarning, (yoinki tunlarning) birida ul zot mening huzurimda ekanliklarida (shunday bo‘ldi va) ul zot duo qilaverdilar, duo qilaverdilar, so‘ng dedilar: "Bilasanmi, Oisha Alloh men so‘ragan narsaga echim ato etdi? YOnimga ikki kishi kelib, biri boshim tomonga, ikkinchisi esa oyog‘im tomonga o‘tirdi-da, biri sherigiga dedi: "Bu kishini nima bezovta qildi ekan?" SHerigi dedi: "Matbub (tiblangan, ya’ni sehr qilingan kishi)dir".
- Kim uni tibladi?
- Labid ibnu-l-A’sam.
- Nima narsa bilan?
- Taroq, taroqdagi soch tolalari va erkak xurmoning qurigan guliga qilgan.
- Qaerda u hozir?.
- Zaravon Qudug‘ida.
Rasululloh (s.a.v.) u erga bir guruh ashoblari bilan borib keldilar va dedilar: "Ey Oisha undagi suv xuddi xinaning suvidek, xurmolarining boshi xuddi shaytonlarning boshiga o‘xshar ekan. Men: "Ey, Rasululloh uni (ya’ni sehrni) u erdan chiqarib olmadingizmi?" dedim. Ul zot dedilar: "Alloh menga shifo berdi. endilikda uni chiqarsam, odamlarga yomonligi etmasin, deb qo‘rqdim". Rasululloh (s.a.v.) uni olib, ko‘mib tashlashga buyurdilar.
(Buxoriy va Muslim rivoyatlari).7

YAhudiylar ichida sehrning eng ustalaridan bo‘lmish, Labid Ibnu-l-A’samga uch dinor berib, Rasululloh (s.a.v.)ni sehr-amal qildirdilar. Bu badbaxt haqiqatan ham sehrga kirishib Payg‘ambar (s.a.v.) sochlarining bir necha tolasi bilan sehr-jodu qildi. Aytilishicha, bu soch tolalarini Payg‘ambar (s.a.v.) xonadonlariga borib turadigan bir kichik joriya orqali qo‘lga kiritgan. U tolalarni sehrlab tugun tugdi va "Zarvon" degan quduqqa tashladi. Hadisning turli rivoyat qilingan yo‘llaridan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ushbu qilingan sehr "erkakni ayolidan bog‘lashlik" sehri turidan bo‘lgan. Payg‘ambar (s.a.v.) xayollarida ayollaridan biri bilan mujoma’at qila oladigandek bo‘lardilar, ammo yaqinlashgach bunga qodir bo‘la olmaganlar. Bu sehr na Rasulullohning aqllariga, na yurish-turishlariga va na o‘zlarini boshqarishlariga ta’sir qila olgan, balki yuqorida aytilgan ishdangina ojiz bo‘lib qolganlar. Ushbu sehrning ta’sir muddati haqida turli fikrlar bildirilgan. Ba’zilar u qiriq kun davom etgan deyishsa, ba’zilar boshqacha fikr bildirishgan, Alloh O‘zi bilguvchidir! So‘ngra, Rasululloh (s.a.v.) Robbilariga duo va tazarru qilishga berilganlar. Alloh ul zotning duolarini mustajob qilib, ikki farishtani tushirgan. Biri Payg‘ambar (s.a.v.)ning boshlari tomonga, ikkinchisi esa, oyoq tomonlariga o‘tirishgan. SHunda biri: "Nima qildi bu kishiga?" deb so‘ragan.


Ikkinchisi: "Matbub, ya’ni sehrlangan,
-Deya javob bergan".
-Kimuni sehrladi?
- Labid Ibnu-l-A’sam yahudiy! - deb, sehrni taroq va Payg‘ambar (s.a.v.)ning soch tolalariga, sehr yanada kuchliroq bo‘lsin deb, uni erkak xurmoning qurigan gulining ezilgani bilan ara- lashtirib, Zarvon qudug‘i ichidagi bir tosh tagiga ko‘milganini aytganlar. Bu ikki farishta Pay- g‘ambar (s.a.v.) holatlariga tashhis qo‘yib bo‘lgach, Rasululloh (s.a.v.) sehrni olib chiqib ko‘ mib tashlashga, ba’zi rivoyatlarda uni yoqib yuborishga buyurdilar.
Hadisning rivoyatlarida ko‘rinadiki, yahudiylar Payg‘ambar (s.a.v.)ni sehrning ashaddiy tur laridan biri bilan sehrlab, ul zotni qatl qilishni maqsad qilgan edilar. Ma’lumki, sehrning o‘ldiradiganlari ham bor. Lekin Alloh o‘z bandasini ularning hiylalaridan asrab, ular qilgan sehrni eng ta’sir jihatidan engil bo‘lgan sehrga o‘zgartirgan.
Bu zikr qilingandek rabt (erni ayolidan bog‘lash) sehridir.
SHubha va unga javob:
Mozariy Rahmatullohi alayh aytadilar: "Ba’zi bid’atchilar ushbu hadisni inkor qiladilar, emishki, bu hadis payg‘ambarlikka dog‘ tushirib, unga shubha uyg‘otadi va bu hadisdagi vo qeani joiz deb sanashlik shariatga bo‘lgan ishonchni yo‘qotarmish. CHunki, bu hadisdan yana shunday ma’no chiqishi mumkinki, balki Payg‘ambar (s.a.v.)ga o‘sha kezlarda Jabroil alayhissalom kelgandek tuyulgan-u, ammo u erda u zot bo‘lmaganlar, Rasulullohga vahiy keltirgandek bo‘lgan-u, ammo vahiy bo‘lmagandir?!" Mozariy ushbuga javoban aytadilar:"Demak, dalil-isbotlik narsaning xilofini (teskarisini) ma’qullashlik bekordir".8


Download 76.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling