Sayyid muhyiddin maxdum


Fol, sehr va munajjimning shariatdagi hukmi


Download 76.33 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi76.33 Kb.
#1569791
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hasanboy lotin diplom

Fol, sehr va munajjimning shariatdagi hukmi.

Bugun juda ham dolzarb masalalardan biri xususida suhbatlashamiz. Ayni paytda butun dunyoning eng katta muammolaridan biri bo‘lgan sehr, folbinlik va munajjimlik zamonamizning boshiga bitgan balo bo‘ldi, desak xato qilmaymiz.


Islom ulamolari sehrgar shak-shubhasiz, kofir bo‘ladi, degan hukmga ittifoq. Bunga hujjat sifatida quyidagi oyat keltiriladi:

وَلَـكِنَّ الشَّيْاطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ


«Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar»9
(Baqara surasi, 102).

La’natlangan shaytonning odamlarga sehr o‘rgatishdan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi ularni mushrikka aylantirishdir. Alloh o‘ziga sherik qilgan nsonni hech qachon kechirmaydi.


Bugungi kunda ko‘plab gumroh kimsalarning sehrga aralashib yurganiga guvoh bo‘lasiz. Ular sehrni faqatgina harom deb o‘ylaydilar va uning kufr ekanligini his qilmaydilar. Bu hol ayniqsa, er-xotin orasidagi munosabatlarda – issiq sovuq va shu kabi narsalarni qilishda yaq qol namoyon bo‘ladi. Ular bu ishlarida aksariyat qismi shirk va kufr bo‘lgan so‘zlarni qo‘llaydilar.
Islomda sehrgarning jazosi – o‘lim, qatl etmoq. CHunki u Allohga kufr keltirgan yoki shunga yaqinroq, o‘xshash ish qilgan bo‘ladi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ettita halokat qiluvchi gunohlardan saqlaninglar», deb ulardan biri sehr ekanligini bayon qilganlar.10
(Buxoriy, Muslim).

Har bir banda Alloh taolodan qo‘rqishi va dunyo-yu oxiratini kuydirib yuboradigan buningdek ishlardan saqlanishi lozim.


Jundub (roziyallohu anhu) aytgan edilar: «Sehrgarning jazosi – qilich bilan chopib tashlash».
Bujola ibn Ubda aytadi: «Umardan (roziyallohu anhu) vafot etishlaridan bir yil oldin maktub oldik. Unda, «Sehrgar erkagu aelning har birini o‘ldiringlar», deyilgan edi.11
(Ahmad, Abu Dovud).

Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh azza va jalla: «Mendan o‘zga iloh yo‘q. Sehr qilgan va sehr qildirgan, fol ochgan va fol ochirgan, shumlangan va shumlantirgan kimsalar Mendan emas», deydi», deb ayrim kitoblarda o‘qidim.


Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): «Folbin - sehrgar, sehrgar esa kofirdir» degan

(Hokim. Sahih hadis).
عَالِمُ الْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَى غَيْبِهِ أَحَدًا إِلَّا مَنِ ارْتَضَى مِن رَّسُولٍ فَإِنَّهُ يَسْلُكُ مِن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ رَصَدًا

«(U zot) g‘aybni bilguvchidir. Bas, O‘z g‘aybidan biron kimsani ogoh qilmas. Faqat O‘zi rozi bo‘lgan payg‘ambarnigina (O‘zining g‘aybidagi sir-asrorining ayrimlaridan ogoh etar)»12

Bizning diyorimizda folbinlar, sehrgarlar, munajjimlar, turli bashoratchilar, boshqa sayyoralardan kelayotgan elchilar bilan "kontaktda" bo‘layotganlar juda ham ko‘payib ketdi. Ularning ishqibozlari,  ixlosmandlarining esa son-sanog‘i yo‘q edi. eng yomoni, bu noqulay holatga diniy tus berildi. Mazkur folbin, sehrgar, munajjim, bashoratchi va hokazolar erkak kishilar bo‘lsa, egniga ajabtovur chopon, boshiga qandaydir salla o‘rab olib, bo‘ynigami,qo‘ ligami tasbeh osib olishar, o‘tirgan joylariga ham shunga o‘xshash narsalar qo‘yib qo‘yishar, birorta duonimi, suranimi chala yodlab olib takror-takror o‘qishardi.
Agar ayol kishi bu ishga qo‘l urgan bo‘lsa, u ham o‘zicha shunga o‘xshash tadbirlar ko‘rgan bo‘lardi. Oqibatda odamlar bu narsalarni dinda bor yoki bo‘lmasa dinga aloqasi bor, deb tushuna boshlashdi.

Sehrgar esa, turli uslublarni ishlatib, kishilarga ta’sir o‘tkazuvchi shaxsdir. Qur’oni Karimda sehr to‘g‘risida kelgan oyatda erkakni xotindan ajratuvchi ishlarni qilguvchilar ham sehrgar ekanligi aytilgan. Ulamolar sehrni, kelib chiqishi ma’lum bo‘lmagan ish, deb aytadilar.


Imom Nasaiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
"Kimki tugun tugib unga dam ursa, sehr qilgan bo‘ladi. Kim sehr qilsa, shirk keltirgan bo‘ladi", deb aytganlar.
Qur’onda sehrgarlarning ishi kufr ekanligi aytilgan.


Xulosa

Bizga malum bo‘ldiki fol dastlabki ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan. Ovchilik, so‘ngra chorvachilikning vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, oy tutilishi, biron bir hodisaning sodir bo‘lishi va shunga o‘xshash voqea-hodisalarga qarab fol va sehr tarqalgan.


Bora-bora bu ishlar bilan shug‘ullanadigan yani fol ko‘rish bilan maxsus kishilar folbinlar, sehrgarlar paydo bo‘ldi. Lekin bu ishning qanday qabohat, razil va eng daxshatlisi Allohga shirk ekanligini birov bilmasdi. Alloh taolo o‘z rasullarini odamlarni ogohlantirish uchun yuborgan va ul payg‘ambarlar odamlarga shariatni yetkazib bersalar ham nodon insonlar shaytonning yolidan borib bunday kufr amalni o‘zlariga kasb qilib oldilar.
Bugungi kun odamlari ham sehrgarlikning ko‘plab turlarini o‘ylab chiqishgan va qo‘shtirnoq ichidagi butun dunyoda mashhur bo‘lgan, o‘zlarini insonlardan ustun sanaydigan sehrgarlar ko‘paymoqda. Achinarli joyi shundaki o‘zini musulmon farzandiman deb ataydigan kimsalar ham bilib bilmay o‘sha sehr va folbinlik bilan shug‘ullunadigan kimsalarga ham murojaat etmoqdalar. Axir bu to‘g‘ridan to‘g‘ri shirkku. CHunki bu yerda xoliqdan emas, aksincha maxluqdan umid qilinyapti. Buning sababi ularning o‘z dinlarini bilmasliklari va havoyi nafsiga ergashib qolayotganligida emasmikan. Axir ming yillikka ega bo‘lgan tariximizda, Imom Buxoriyu, Termiziylar yashab o‘tgan davrlarda insonlar oq-qorani yaxshi tanigan edilarku. Nahotki ota-bobolarimiz Buxoriylar, Temuriylar, Marg‘iloniylar va Motrudiylar deb faxrlanadigan xalq ularga munosib avlod bo‘lolmasak.
Folbinlarning oldiga borgan kishining hukmi esa Payg‘ambarimiz s.a.v.ga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltirganlik bilan o‘lchaniladi va uning hech qanday kaffaroti yoqdir.
SHuni yaxshi bilib olaylikki folbinlik, sehrgarlik va munajjimlik shaytondandir. SHayton esa Allohning lanatiga uchragan malundir.
Hozirgi kunda munajjimlar bashoratiga qarab ish rejalashtiradigan, gazeta nashrlarida chop etilgan maqolalarni uzluksiz ravishda kuzatib boradigan va shularga qarab ishlarini rejalashtiradigan aqli qosir kimsalar ham yoq emas.
Sehr so‘zi lug‘atda har bir chiqib kelgan joyi daqiq va latif, sababi maxfiy bo‘lgan narsaga ishlatiladi. Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bayonda ham sehr bor», deganlar.
La’natlangan shaytonning odamlarga sehr o‘rgat
Islomda sehrgarning jazosi – o‘lim, qatl etmoq. CHunki u Allohga kufr keltirgan yoki shunga yaqinroq, o‘xshash ish qilgan bo‘ladi. Payg‘ambarimiz davrlarida ham sehgarlar bor edi va hatto ular Rasulullohni ham sehrlamoqchi bo‘lishdi. Buni biz yahudiy Labidning voqeasidan bilib oldik. SHuning uchun biz sehrning yomonligidan har doim Allohdan panoh tilab yurmog‘imiz lozim va lobutdir. Zero Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ettita halokat qiluvchi gunohlardan saqlaninglar», deb ulardan biri sehr ekanligini bayon qilganlar. Alloh barchamizni o‘zining yolidan adashtirmasin.

T A Q R I Z


Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti bitiruvchisi Abduhalim Odilov malakaviy bitiruv diplom ishini “FOL, SEHR VA MUNAJJIMGA ISHONMASLIK” mavzusida yozgan.


Unda kirish qismi bilan bir qatorda fol, sehr va munajjimlikning tarifi va unga bo‘lgan munosabat, fol, sehr va munajjimning shariatdagi hukmi, fol, sehr va munajjimlikka tegishli bo‘lgan narsalar va xulosa qismi bayon qilingan. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Bitiruv malakaviy diplom ishida fol dastlabki ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgani, ovchilik, so‘ngra chorvachilikning vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, uchishi, harakatlariga qarab fol ko‘rish rasm bo‘la boshlagani, ibtidoiy dehqonchilik paydo bo‘lgan davrda yulduzlarga qarab fol ko‘rish tarqalgani, keyinchalik bunday fol ko‘rish negizida soxta fan-astrologiya yuzaga kelgani, fol bobilliklar, etrusklar, yunonlar va boshqa qadimiy xalqlarda keng tarqalgani, fol ko‘rish bilan maxsus kishilar – folbinlar shug‘ullanganlari, ko‘pgina xalqlarda folbinlar suyaklar, don-dukkakli o‘simliklarning mevalari, yong‘oq, qo‘y qumalog‘i va shunga o‘xshash narsalar yordamida fol ochganlari, bugungi kun odamlari sehrgarlik, folbinlik hamda munajjimlik balosi bilan balolangani, bu hol shu qadar keng rivoj olganki, ommaviy axborot nashrlari ham munajjimlar bashoratiga alohida e’tibor qaratib, odamlarning yulduziga qarab fol ochish bilan ovora ekani, Allohning kalomi, payg‘ambar s.a.v ning hadisi shariflari bir chetda qolib, odamlar shaytonga rostmana shogird tutingan folbinlarning so‘zlariga quloq solayotganlari, va Rosululloh s.a.v o‘z hadislarida folbinning oldiga borib, uning gapini tasdiqlagan kishi dindan chiqishini aytganlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
SHuningdek sehr so‘zi lug‘atda har bir chiqib kelgan joyi daqiq va latif, sababi maxfiy bo‘lgan narsaga ishlatilishi, Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bayonda ham sehr bor», deganlari, aslida sehr bir narsani haqiqatidan boshqa tarafga burish ekani, bunda sehrgar botil narsani haqiqat qilib ko‘rsatishi ko‘zda tutilgani, Islom ulamolari sehrgar shak-shubhasiz, kofir bo‘ladi, degan hukmni o‘qishgani, bunga hujjat sifatida «Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» degan oyatni keltirishgani borasida aytib o‘tilgan.
Xususan munajjim so‘zi arabcha yulduzni o‘rganuvchi degan ma’noni berishi, xuddi shu so‘z ajnabiy tilda astronom deyilishi, Astrolog esa, yulduzga qarab fol ochuvchi degani, «Kohinlik» g‘aybni bilishni, er yuzida bo‘ladigan ishlarning xabarini berishni da’vo qilish ekani, johiliyat vaqtida kohinlik avj olgani, arablarning ichida dong‘i ketgan kohinlar ko‘p bo‘lgani, ularning ba’zilari jinlardan o‘z «odamlari» borligini, ular unga har narsaning xabarini keltirishini da’vo qilib kelganlari, ba’zilari esa, odamning yuziga qarab turib yoki so‘zlaridan unga tegishli narsalarni bilib olishini da’vo qilganliklari, kohinlar ko‘proq butxona mutasaddilaridan iborat bo‘lganlari, shu sababli ular o‘z faoliyatlarini ilohiylashtirish yo‘lini ham topa olganlari, tabiiyki bundoq holatda, ayniqsa tibbiy xizmatlar yo‘qligidan bemor bo‘lgan kishilar kohinlarga murojaat qilishib kelggani, ular bemorlarga jin tekkanligi, nopok joyni bosib olganligi, birov unga irim qilganligi va shunga o‘xshash safsatalar ila xastalikka chalinganligini anglatishgani, shu bilan birga nima qilsa tuzalishini ham «boplab» tushuntirib borishgani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Ushu ma’lumotlardan yana ham aniq bo‘ldiki, fol dastlabki ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan. Ovchilik, so‘ngra chorvachilikning vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, oy tutilishi, biron bir hodisaning sodir bo‘lishi va shunga o‘xshash voqea-hodisalarga qarab fol va sehr tarqalgan. Bora-bora bu ishlar bilan shug‘ullanadigan yani fol ko‘rish bilan maxsus kishilar folbinlar, sehrgarlar paydo bo‘ldi. Lekin bu ishning qanday qabohat, razil va eng dahshatlisi Allohga shirk ekanligini birov bilmasdi. Alloh taolo o‘z rasullarini odamlarni ogohlantirish uchun yuborgan va ul payg‘ambarlar odamlarga shariatni etkazib bersalar ham nodon insonlar shaytonning yo‘lidan borib bunday kufr amalni o‘zlariga kasb qilib oldilar.
A. Odilov mazkur ishida mavzuga tegishli bir necha oyat va hadislar bilan bir qatorda ulamolarning bu boradagi fikrlarini, zamonamiz va jamiyatimizga ularning etkazayotgan zararlarini ham keltirib o‘tgan.
Men ushbu malakaviy bitiruv diplom ishini himoyaga loyiq deb topaman va himoyachiga muvaffaqiyat tilab qolaman.
Ilmiy rahbar A. Inoyatov



Download 76.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling