Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 xil karomatlardan iborat hikoyalar ham sanab bo‘lmaydigan darajada ko‘pdir. Lekin bularni inkor qiluvchi kishiga, modomiki bu holatlarni o‘z nafsida ko‘rmagan bo‘lsa, bunday hikoya foyda bermaydi. Chunki aslni inkor qilgan kishi tafsilotni ham inkor qiladi. Biror kishi ham inkor qilishga qodir bo‘lmaydigan ikkita qat’iy dalil bor: birinchisi – rost tushning ajoyibotlari, chunki rost tush bilan g‘aybiy narsalar kashf bo‘ladi. Agar bu narsa ko‘proq uyquda sodir bo‘ladigan esa-da, uyg‘oq vaqtida ham bo‘lishini mahol, deb bo‘lmaydi. Uyqu bedorlikdan faqat hislarning sekinlab qolishida, his etiladigan narsalar bilan mashg‘ul bo‘lolmay qolinganlik farq qiladi, xolos. Qancha-qancha uyg‘oq kishilar borki, o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lib, eshitmaydi ham, ko‘rmaydi ham. Ikkinchisi - Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning g‘oyibdan va kelajakda bo‘ladigan ishlardan xabar bermoqlaridir. Bu Qur’onda ham kelgan. Agar bu narsalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uchun joiz bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa kishilarga ham joiz bo‘ladi. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ishlar haqiqatlari kashf qilingan va insoniyatni isloh qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxsdirlar. Bunday ishlar (nabiydan boshqa) biror kishida zohir bo‘lsa, u payg‘ambar emas, balki valiy, deb nomlanadi. Kimki payg‘ambarlarga iymon keltirib, to‘g‘ri tushlarni tasdiq qilsa, unga qalb uchun ikki eshik borligiga iqrorlik lozim bo‘ladi. Birinchi eshik tashqariga bo‘lib, ular hislardir. Ikkinchi eshik qalb ichkarisidan ko‘zga ko‘rinmas olamga eshikdir va u ilhom, qalbga puflash va vahiy eshigidir. Bas, endi ikki eshikning borligiga iqror bo‘lsa, ilmlarni ta’lim olish va odatiy sabablar bilan o‘rganish doirasida cheklab qo‘ymoqlik mumkin bo‘lmaydi. Balki nafs bilan kurashish ham ilmga olib boradigan bir yo‘l bo‘lmog‘i joizdir. Bu biz zikr qilgan qalb shahodat olami bilan malakut olami o‘rtasida aylanib yurishi ajoyibotlarining haqligiga ishora qiladigan narsalardir. Ammo ishlarning haqiqati uyquda ta’birga muhtoj bo‘ladigan holatda kashf bo‘lishi va xuddi shuningdek, payg‘ambar va avliyolar uchun ham farishtalar har xil suratlarda gavdalanishi - bular ham qalb sirlarining ajoyibotlaridandir. Bular mukoshafa ilmi bilan lozim bo‘ladi. Zikr qilingan mana shu narsalar bilan kifoyalanamiz. Chunki bu insonni jiddu jahdga va ularning kashf bo‘lishini talab qilishga qiziqtirish uchun yetarlidir. Batahqiq, qalblari ochilgan ba’zi kishilar aytadilar: «Menga farishta ko‘rindi. Mendan tavhiddan bilganlarim, ya’ni xufyona zikrlarimdan bir narsani unga yozirishimni so‘radi. So‘rab aytdiki: «Sen uchun bir amal yozmaymiz. Biz seni Alloh taologa yaqinlashtiradigan amalni ko‘tarib ketishni xohlaymiz». Men: «Farz amallarni yozmayapsizmi?» dedim. Ular: «Yozyapmiz», deyishdi. «Unday bo‘lsa, ana shu sizga kifoya qiladi», dedim». Bunda nomai a’molni yozadigan farishtalar qalb sirlaridan xabardor emasliklariga va albatta ular faqat zohiriy amallardan xabardor bo‘lishlariga ishora bordir. Ba’zi oriflar aytadilar: «Abdollarning ba’zilaridan yaqiniy mushohada haqida bir masala so‘radim. U kishi chap tomonlariga qarab: «Alloh sizga rahm qilsin, bunga nima deysiz?» dedilar. So‘ng o‘ng tomonlariga qarab: «Alloh sizga rahm qilsin, bunga nima deysiz?» dedilar. Keyin ko‘zlarini qalblariga qaratdilar-da, yana: «Alloh rahm qilsin, siz nima deysiz?» dedilar. So‘ngra ajoyib tarzda javob berdilar, men uni eshitdim. Keyin u kishidan o‘ng va so‘l tomonga qaraganlari sababini so‘radim. U kishi: «Menda bu masalaga puxta javob yo‘q edi. Chap tomonimdagi farishtadan so‘radim. U bilmayman, dedi. O’ng tomonimdagi farishtadan so‘radim, u farishta chapdagidan ko‘ra bilimdon edi, u ham bilmayman, dedi. Bas, qalbimga qarab undan so‘radim. U senga javob bergan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling