Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Sizlar eslatma-ibrat olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz), kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi»
«Sizlar eslatma-ibrat olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib
yaratdik» (Vaz-zoriyot surasi, 49-oyat). Barcha mavjudotlarning o‘zi barobarida jufti bor. Faqat Alloh taolo yolg‘izdir. Uning tengi ham, jufti ham yo‘qdir. Balki U ana shu juftliklarning yaratguvchisi, haq bo‘lgan yolg‘iz Zotdir. Qalb farishta bilan shayton o‘rtasida ikki tomonga tortilib turadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Qalbda ikki ushlash bor. Biri farishtadan bo‘ladi, bunda yaxshilikni va’da qilish va haqni tasdiqlash bo‘ladi. Kim mana shu narsani topsa, albatta u Alloh subhanahu va taolodanligini bilsin va Allohga hamd aytsin. Yana bir ushlash dushmandan bo‘ladi. Bunda yomonlikni va’da qilish, haqni yolg‘onga chiqarish va yaxshilikdan qaytarish bo‘ladi. Kim mana shu holatlarni topsa, bas, Alloh taolodan shaytoni rojim yomonligidan panoh so‘rasin» (Imom Termiziy rivoyati, hasan). So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam quyidagi oyatni o‘qidilar: «Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz), kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi» (Baqara surasi, 268-oyat). Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 41 Hasan Basriy aytadilar: «Albatta u ikkisi qalbda aylanib yuradigan ikki qasddir. Biri Allohdan, ikkinchisi dushmandan. Bir ishni qasd qilgan paytida yaxshilab o‘rganib, agar Alloh taolodan bo‘lsa, uni yurgizadigan, agar dushmanidan bo‘lsa, unga qarshi kurashadigan bandaga Alloh rahm qilsin». Bu ikki hukmronlik o‘rtasida qalb tortilib turganligi uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minning qalbi Rahmon barmoqlaridan ikki barmoqning orasidadir», dedilar (Imom Muslim rivoyati). Alloh taolo bo‘lingan holdagi suyak, go‘sht, qon va paydan tuzilgan barmoqdan oliydir. Lekin «barmoq» lafzini keltirishdan murod qalb o‘zgarishining tezligiga va uni o‘zgartirish va harakatlantirishga qodir ekanligiga dalolat qiladi. Chunki siz agar barmog‘ingiz qilgan ishni iroda qilib turgan bo‘lsangiz ham, barmog‘ingiz bilan bir ish qilsangiz, (ishni barmog‘ingizga nisbat berasiz). Alloh taolo ishlarini farishta va shaytonni bo‘ysundirish bilan qiladi. Farishta bilan shayton esa Allohning qudrati bilan qalblarni o‘zgartirishga bo‘ysundirib qo‘yilgandir. Bu barmoqlaringiz ham jismlarni o‘zgartirishda sizga bo‘ysundirib qo‘yilganiga o‘xshaydi. Qalb asl yaratilgan holatida farishtaning xabarini qabul qilish uchun ham, shayton xabarini qabul qilish uchun ham, biri ikkinchisidan ustun bo‘lmagan holatda, bir xilda qabul qilish uchun salohiyatlidir. Ikkisidan birining ustun bo‘lishi havoyi nafsga ergashish va shahvatlarga mukkasidan ketishdan yoki havoyi nafsdan yuz o‘girish va unga qarshi chiqishdandir. Agar inson g‘azab va shahvat taqozo qiladigan narsalarga ergashsa, unda havoyi nafs vositasi bilan shayton hukmronligi zohir bo‘ladi va qalb shaytonning uyasi hamda qoniga aylanib qoladi. Chunki havoyi nafs shaytonning yaylovi va o‘tlaydigan joyidir. Agar inson shahvatlarga qarshi kurashsa, uni o‘z nafsiga hukmron qilib qo‘ymasa, o‘zining xulqini farishtalar axloqiga o‘xshatsa, uning qalbi farishtalar qarorgohiga va kelib tushadigan joylariga aylanadi. Qalb shahvat, g‘azab, hirs va uzun orzu hamda havoyi nafsdan iborat bashariy sifatli narsalardan xoli bo‘lolmas ekan, shayton ham unda vasvasa qilish bilan aylanib yurmoqlikdan to‘xtamaydi. Shuning uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlarning har biringizda bittadan shayton bo‘ladi» (Imom Muslim rivoyati). Shunda «Sizda ham bo‘ladimi, ey Rasululloh?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, menda ham bo‘ladi, lekin Alloh taolo uning zarariga menga yordam beradi. Men omonda bo‘laman, menga yaxshilikdan boshqa narsani buyurolmaydi», dedilar. Qachonki, havoyi nafs taqozo qiladigan narsalar bilan dunyoning zikri qalbda g‘olib bo‘lsa, shayton u yerda joy topib, vasvasa qiladi. Agar Alloh zikriga qaytadigan bo‘lsa, joy torlik qilib, shayton u yerdan ko‘chib ketadi. So‘ngra farishta qalbga kelib, unga yaxshilikni ilhom qiladi. Farishta askarlari bilan shayton askarlari o‘rtasida qalb maydonida bir-biriga hujum qilish to qalb ulardan biriga ochilgunga qadar davom etadi. Qalb qay biri uchun ochilsa, u yerni o‘ziga vatan qilib o‘rnashib oladi. Ikkinchisining u yerga borishi o‘g‘rilik tarzida bo‘ladi. Ko‘p qalblarni shayton askarlari ochib, unga egalik qilib olgan. Natijada qalbga dunyoni ixtiyor qilib, oxiratni tashlashga chaqiruvchi vasvasalar to‘lib ketgan. Shayton askarlari qalbni egallashining boshlanishi shahvatlarga va havoyi nafsga ergashishdir. Ana shundan keyin shayton askarlarini bosib olish imkoni faqatgina havoyi nafs va shahvatlardan iborat shaytonning ozuqasidan qalbni bo‘shatish bilan bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling