Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«(Yahudiylarni mo‘minlarga qarshilik qilishga gij-gijlayotgan munofiqlar)


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

«(Yahudiylarni mo‘minlarga qarshilik qilishga gij-gijlayotgan munofiqlar) 
xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga «Kofir bo‘l», degan edi. 
Endi, qachonki, (inson) kofir bo‘lgach, (shayton unga): «Albatta men sendan 
bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan 
qo‘rqurman», dedi» (Hashr surasi, 16-oyat). 
Endi shaytonning hiylalariga va rohibni gunohi kabiralarga majbur qilib qo‘yganiga 
qarang. Bularning hammasi qizni davolash uchun qabul qilishda shaytonga itoat 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
etishdan hosil bo‘ldi va bu oson ishdir. Gohida mana shunday ishni boshlayotgan kishi 
uni yaxshi va savob ish, deb o‘ylaydi. Havoyi nafsning xufyona ishi tufayli ana shu narsa 
qalbida chiroyli bo‘lib ko‘rinadi, go‘yo yaxshilikka rag‘bat qilayotgan kishiga o‘xshab 
unga qo‘l uradi. Natijada ana shundan keyin u qilayotgan ish o‘z ixtiyoridan chiqib 
ketadi. Bir gunoh boshqa gunohga qarab tortadi. Inson bundan saqlana olmaydi. 
Allohdan ishlarning avvalini behuda qilib qo‘yishidan panoh so‘raymiz. Bunga Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamning mana bu so‘zlarida ishora bordir: «Kimki (harom) 
chegarasi atrofida aylanib yursa, unga tushib ketmog‘i mumkin» (Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari). 
Shaytonning qalbga kiradigan o‘rinlari tafsiloti bayoni 
Bilingki, qalb misoli bir qo‘rg‘onga o‘xshaydi. Shayton esa qo‘rg‘onga bostirib kirib, unga 
egalik qilishni xohlab turgan dushmanga o‘xshaydi. Dushmandan qo‘rg‘onni saqlash 
uchun faqat uning eshiklari, kiriladigan boshqa joylari, zaif va teshik yerlarini qo‘riqlash 
kerak bo‘ladi. Eshiklar qaerdaligini bilmagan inson uni qo‘riqlay olmaydi. 
Qalbni shayton vasvasasidan himoya qilish vojibdir. U har bir mukallaf bandaga farzi 
ayndir. Vojib amalga yetish uchun kerakli amallar ham vojib bo‘ladi. Shaytonni daf 
qilishga kerakli amal uning kirish joylarini bilishdir. Demak, shaytonning kiradigan 
joylarini bilish ham vojib. Shaytonning kiradigan joylari va uning eshiklari bandaning 
sifatlaridir. U juda ko‘pdir. Lekin biz so‘qmoq, yolg‘izoyoq yo‘l ma’nosidagi eshiklarga 
ishora qilyapmiz. Bunday eshiklar shayton askarlari ko‘p bo‘lsa ham, kirishiga torlik 
qilmaydi. G’azab va shahvat uning katta eshiklaridandir. Chunki g‘azab aqlga hujum 
qilish, deganidir. Agar aql qo‘shini zaiflashsa, shayton askarlari hujum qiladi. Inson, 
qachonki, g‘azablanadigan bo‘lsa, shayton uni go‘yo go‘dak to‘pni o‘ynaganidek 
o‘ynaydi. 
Rivoyat qilinishicha, Muso alayhissalomga Iblis yo‘liqib aytdi: «Ey Muso, Alloh taolo sizni 
elchilikka tanlab olgan va siz bilan gaplashgandir. Men Alloh taoloning gunoh qilib 
qo‘ygan maxluqlaridan biriman. Tavba qilishni xohlayman. Robbim tavbamni qabul 
qilishida menga shafoatchi bo‘ling». Muso alayhissalom uning talabiga rozi bo‘ldilar. 
Toqqa ko‘tarilib Robbilari bilan gaplashdilar. Keyin tog‘dan tushishni xohlaganlarida 
Robbilari u kishiga «Omonatni ado qiling», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Robbim, 
bandang Iblis tavbasini qabul qilishingni xohlayapti», dedilar. Alloh taolo Muso 
alayhissalomga vahiy qilib: «Ey Muso, hojatingizni ro‘yobga chiqaraman, Iblisga 
buyuring, Odamning qabriga sajda qilsin, keyin uning tavbasi qabul qilinadi», dedi. Muso 
alayhissalom Iblisga: «Hojating ravo qilinadigan bo‘ldi, Odam alayhissalomning 
qabrlariga sajda qilishga buyurilding, keyin tavbang qabul qilinadi», dedilar. Shunda 
shayton g‘azablanib kibrlandi va: «Unga tirikligida sajda qilmagan edim, o‘lganidan 
keyin sajda qilamanmi?!» dedi. So‘ngra Muso alayhissalomga shunday dedi: «Meni 
Robbingiz huzurida shafoat qilganingiz uchun ustimda haqqingiz bor, bas, uch narsa 
sodir bo‘lgan paytda meni eslang, o‘sha uch narsada sizni halok qilmayman. Birinchisi - 
meni g‘azablangan paytingizda eslang, chunki ruhim sizning qalbingizda bo‘ladi va 
ko‘zim ko‘zingiz ichida bo‘ladi hamda qon yuradigan joylaringizda yuraman. G’azab 
qilgan paytingizda meni yodingizdan chiqarmang. Chunki inson g‘azablansa, burniga 
puflab qo‘yaman, u nima qilayotganini bilmay qoladi. Ikkinchisi - meni jangga kirgan 
paytingizda eslang, chunki Odam farzandi jangga kirgan paytida uning oldiga borib, 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling