Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 to‘yib yeyishdir. Chunki bu shahvatlarni kuchaytiradi. Shahvatlar esa shaytonning qurollaridir. Rivoyat qilinishicha, Iblis Zakariyo alayhissalomning o‘g‘illari Yahyo alayhissalomga ko‘rindi. Yahyo alayhissalom uning ustida har bir narsa uchun ilmoqlarni ko‘rdilar. Unga: «Ey Iblis, bu qanday ilmoqlar?» dedilar. Shayton aytdi: «Bular shahvatlardir, ular bilan odam farzandiga yetishaman». «Bu ilmoqlar ichida men ham ilinadiganim bormi?» dedilar Yahyo alayhissalom. «Ha, bor. Gohida to‘yganingizda namozda va Alloh zikrida sizga malollik sezdiramiz», dedi Iblis. «Yana bundan boshqa narsa bormi?» dedilar Yahyo alayhissalom. «Yo‘q», dedi shayton. Yahyo alayhissalom aytdilar: «Alloh uchun hamma vaqt taomni to‘yib yemaslikni lozim tutaman». Shunda shayton ham Yahyo alayhissalomga: «Men ham Alloh uchun doimo biron musulmonga nasihat qilmaslikni lozim tutaman», dedi. Aytiladiki, insonning ko‘p yeyishida oltita xatar bor: ularning birinchisi - uning qalbidan Allohdan qo‘rqish ketib qoladi. Ikkinchisi -xalqqa rahm-shafqat qilish yo‘qoladi, chunki u hammani (o‘ziga o‘xshab) to‘q deb o‘ylaydi. Uchinchisi - toat qilishga malollanib qoladi. To‘rtinchisi -agar biror hikmatli so‘zni eshitsa, o‘zida halimlik topmaydi. Beshinchisi - agar u nasihat va hikmatni gapirsa, insonlar qalbida o‘rnashmaydi. Oltinchisi - unda har xil kasalliklar qo‘zg‘oladi. Shaytonning eshiklaridan yana biri jihozlar, kiyimlar va hovli-joy bilan ziynatlanishni yaxshi ko‘rishdir. Chunki shayton ana shu narsalar inson qalbini egallaganini ko‘rsa, u yerda tuxum qo‘yib, bola ochadi. Doim insonni hovlisini obod qilishga, shift va devorlarini ziynatlashga, binolarini keng qilishga chaqirib turadi. Yana insonni kiyim va ulovlar bilan ziynatlanishga chorlaydi. Umri bo‘yi mana shunday narsalar vositasida insonni o‘ziga bo‘ysundiradi. Agar shayton uni shu holatga tushirsa, oldiga ikkinchi bor kelishiga hojat qolmaydi. Chunki bunday ishlarning biri ikkinchisiga ulanib, biri ikkinchisini yetaklab to o‘lgunicha davom etaveradi. So‘ngra nafsi havosiga ergashib, shayton yo‘lida o‘lib ketadi. Bunday narsalarning oqibati kofirlik bilan tugashi xavfi bor. Bundan Allohdan panoh so‘raymiz. Uning katta eshiklaridan yana biri insonlardan ta’ma qilishdir. Chunki qalbda ta’ma kuchaysa, shayton doim ta’magir kishini har xil riyolar, firiblar bilan o‘ralashtirib qo‘yadi. U ta’ma kutilayotgan kishida yo‘q sifatlarni bor qilib ziynatlab ko‘rsatish bilan ovora qilib qo‘yadi. Hatto ta’ma qilinayotgan kishi go‘yo ta’magirning ma’budiga o‘xshab qoladi. Doim unga yaxshi ko‘rinish va do‘st bo‘lish hiylalari to‘g‘risida tinmay fikr qiladigan bo‘lib qoladi. Ana shunga yetishish uchun har xil ko‘chalarga kirib chiqadi. Ta’magir holatining eng ozi ta’ma qilinayotgan kishini unda yo‘q sifatlar bilan maqtash va yaxshilikka buyurmasdan, yomonlikdan qaytarmasdan tilyog‘lamalik qilishidir. Safvon ibn Salimning rivoyat qilishlaricha, Iblis Abdulloh ibn Xanzalaga ko‘rindi va u kishiga: «Ey Xanzalaning o‘g‘li, men senga o‘rgatib qo‘ygan narsani yodingda tut», dedi. U kishi: «U narsaga ehtiyojim yo‘q», dedilar. Shayton: «Qara, agar yaxshi bo‘lsa, olasan, yomon bo‘lsa, rad qilasan. Ey Xanzalaning o‘g‘li, Allohdan boshqa kishidan rag‘bat bilan biror narsa so‘rama. G’azablanganingda qay holda bo‘lishingga qara, chunki men g‘azablanganingda senga ega bo‘lib olaman», dedi. Katta eshiklardan yana biri shoshqaloqlik va ishlarda sobit turmaslikdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshqaloqlik shaytondandir, xotirjamlik Allohdandir», |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling