Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
ushlab olish, xusumatchilarga (nisbatan ko‘nglida) gina saqlash, ularga past nazar bilan 
qarash va haqir sanashdir. Mana shular obidlarni ham, fosiqlarni ham halok qiluvchi 
narsalardir. Chunki insonlarga ta’na qilish, ularning kamchiliklarini zikr qilish bilan 
mashg‘ul bo‘lish insonga fitrat qilib berilgan yirtqichlik sifatlaridan biridir.
Shayton o‘sha narsalarni haq, deb xayoliga keltirsa va tabiatiga ham muvofiq kelsa, 
undan halovat topishi qalbida ustunlik qiladi. U xursand va shod bo‘lib, o‘sha narsa bilan 
shug‘ullanishga butkul kirishib ketadi. O’zini din yo‘lida harakat qilayotgan kishi, deb 
o‘ylaydi. Vaholanki, u shaytonga ergashish yo‘lidan ketyapti. Masalan, shunday 
odamlardan birining Abu Bakr roziyallohu anhu yo‘llarini mahkam ushlab olganini 
ko‘rasiz. Zero, o‘zi harom yeyuvchi, ortiqcha gaplar va yolg‘onga tilini bo‘sh qo‘ygan, har 
xil fasod ishlarga beriluvchidir. Agar uni Abu Bakr roziyallohu anhu ko‘rganlarida 
dushmanining avvalgisi bo‘lardilar. Vaholanki, hazrat Abu Bakrning do‘stlari u kishining 
yo‘llarini o‘zlariga yo‘l qilib olgan, u kishining siyratlariga ko‘ra yura olgan, ikki jag‘ining 
o‘rtasidagi narsani (ya’ni, tilini) saqlay olgan kishidir. Tillarini befoyda so‘zlardan tiyib 
yurish uchun og‘izlariga mayda tosh solib olish Abu Bakr roziyallohu anhu 
siyratlaridandir. Bu xira kimsaning Abu Bakr siyratlariga ko‘ra hayot kechirmay, u zotni 
yaxshi ko‘rishni va do‘st tutishni da’vo qilishi qayoqda? Yana boshqa bir xiraning Ali 
roziyallohu anhu yo‘lini mahkam ushlab olganini ko‘rasiz. Vaholanki, Ali roziyallohu 
anhuning zuhd (dunyodan yuz o‘girishlari) va siyratlari shunday ediki, xalifalik paytlarida 
o‘zlariga uch dirhamga bitta ko‘ylak xarid qilib, yengini bilaklarigacha qirqib oldilar. Bu 
fosiqni esa ipak kiyimlar kiyib olgan va haromdan topgan mollari bilan ziynatlangan 
holda ko‘ramiz. Vaholanki, u Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rishni da’vo qiladi. Zero, 
hazrat Ali qiyomat kuni unga xusumatchi kishilarning eng birinchisi bo‘ladilar. 
Bundaylar haqida taxminim shunday: bir kishi boshqa bir inson uchun aziz bo‘lgan, 
ko‘zining qorachig‘i va qalbining parchasi farzandini tutib ura boshlasa, (badanini) 
parchalab tashlasa, sochlarini yulib, qaychi bilan qirqsa-da, shunday holatda bolaning 
otasini yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa, bolani otasi oldida kaltaklagan nima bo‘ladi? 
Din va shariat Abu Bakr (r.a.), Usmon (r.a.), Umar (r.a.), Ali (r.a.) hamda boshqa 
sahobalarning hammalariga ham ahli-bolalaridan-u o‘z nafslaridan-da yaxshiroqdir. 
Shariat gunoh hisoblagan amallarni qiluvchi kishilar esa shariatni parchalaydigan
shahvat qaychilari bilan kesib tashlaydigan, bu ishlari bilan Alloh va uning do‘stlarining 
dushmani Iblisni do‘st tutadiganlardir. Qiyomat kuni sahobalar va Allohning do‘stlari 
oldida ularning hollari qanday bo‘lishini ko‘rasiz. Agar parda ko‘tarilib, o‘sha insonlar 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari ichidagi sahobalar nimalarni yaxshi 
ko‘rishini bilganlarida, o‘z ishlari qabih bo‘lgani uchun sahobalarning zikrini tillariga 
olmoqdan uyalishardi. So‘ngra shayton ularning xayoliga kim Abu Bakr va Umar 
roziyallohu anhumlarni yaxshi ko‘rgan holida olamdan o‘tsa, unga do‘zax 
yaqinlashmaydi, degan fikrni keltiradi. Boshqa kishiga esa kim Ali roziyallohu anhuni 
yaxshi ko‘rgan holida olamdan o‘tsa, unga xavf bo‘lmaydi, deb xayol qildiradi. Vaholanki, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zot ham o‘zlarining bir parchalari bo‘lgan qizlari 
Fotima roziyallohu anhoga ham «Amal qil, chunki men seni Alloh taolo (tarafidan 
kelgan) biror narsadan ozod qilolmayman», deganlar (Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari). Bu biz keltirgan misol havoyi nafslar qatoridandir. 
Shofe’iy, Abu Hanifa, Molik va Ahmad ibn Hanbal va boshqa imomlar (rahmatullohi 
alayhim)ga ham mutaassiblik qilib yopishib olgan kishilarning hukmlari xuddi shu 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling