Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 kabidir. Bir imom mazhabini da’vo qilgan kishilarning hammasi ham ularning hayot tarziga muvofiq yashamaydi. O’sha imom qiyomat kunida shunday insonlarning xusumatchisi bo‘ladi va unga aytadi: «Mening mazhabim amal qilish uchun edi, til bilan gapirish emas edi. Til bilan gapirish amal qilish uchun bo‘ladi, aljirash uchun emas. Senga nima bo‘ldiki, mening mazhabimdagi amalda menga xilof qilding, men uni tutib Allohga yaqinlashdim, so‘ngra mazhabimni yolg‘onchi holda da’vo qilding». Bu shayton eshiklarining kattasidir. Ana shu bilan shayton insonlarning ko‘pini halok qilgan. Darsxonalar ham Allohdan qo‘rqinchlari oz, dinni yaxshi tushunmaydigan, dunyoga rag‘bati kuchli, ortidan yurishni talab qiladigan qavmlar qo‘liga topshirib qo‘yildi. Vaholanki, ular orqalaridan xaloyiqni ergashtirishga ham, martabalarini ko‘tarishga ham faqat mutaassiblik bilan erishganlar. Ana shu narsalarni qalblarida pinhon tutib, xaloyiqni bundagi shayton hiylalaridan ogohlantirishmadi. Balki hiylalarni ro‘yobga chiqarishda shaytonga o‘rinbosarlik qilishdi. Odamlar shu yo‘sinda dinlari asoslarini unutdilar. Batahqiq, mutaassiblarning o‘zlari ham halok bo‘lishdi, boshqalarni ham halok qilishdi. Alloh taolo bizning ham, ularningham tavbalarini qabul qilsin! Hasan Basriy aytadilar: «Bizga yetib keldiki, Iblis: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatlariga gunohlarda vasvasa qildim, belimni istig‘for aytish bilan sindirishdi. Shunda ularga istig‘for aytilmaydigan gunohlarni vasvasa qildimki, bular havoyi nafslardir», dedi». Batahqiq, Iblisi mal’un ushbu so‘zni to‘g‘ri aytdi, chunki ular qilayotgan ana shu ishlarini gunohlarga tortadigan sabablardan ekanini bilishmaydi-yu, qanday qilib unga istig‘for aytishsin?! Yana shayton hiylalarining kattalaridan biri insonning odamlar o‘rtasida mazhablar to‘g‘risida kelib chiqqan ixtilof va tortishuvlar bilan ovora bo‘lib, o‘z nafsi haqida beparvo bo‘lib qolishidir. Abdulloh ibn Mas’ud aytdilar: «Bir qavm Alloh taoloni zikr qilib o‘tirganida ularning oldiga majlislaridan turg‘azish va oralarini ajratib tashlash uchun shayton keldi. Lekin u bunga qodir bo‘lolmadi. Ularga yaqin boshqa bir majlisga bordi. Ular dunyo gaplaridan suhbatlashishar edi. Ularning oralarini buzdi, bir-birlari bilan urishib ketishdi. Shayton bularning urishishlarini xohlamagan edi. Allohni eslayotgan kishilar majlisdan turishdi. Urishayotganlarning orasini ajratish bilan birga majlislaridan ham tarqab ketishdi. Shaytonning urishtirishdan maqsadi ham mana shu edi». Yana uning eshiklaridan biri ilm bilan shug‘ullanmagan va undan baxra olmagan avom xalqni Alloh zoti va sifatlari hamda aqllari yetmaydigan ishlar to‘g‘risida tafakkur qilishga undashdir. Natijada shayton ularni dinning asli haqida tortishuvga boshlaydi yoki ularning xayollariga Alloh to‘g‘risida har xil gumonlarni soladi. Alloh taolo bunday gumonlardan oliydir. O’sha inson bunday xayollar bilan kofir yoki bid’atchiga aylanib qoladi. Vaholanki, o‘zi qalbiga tushgan bunday xayollardan xursand va shod holda buni ma’rifat va idrok, deb o‘ylaydi hamda bu narsalar o‘zining ziyrakligi va aqlining ziyodaligi bilan kashf bo‘ldi, degan fikrga boradi. Insonlarning eng ahmog‘i o‘z aqliga qattiq e’tiqod qiluvchisidir. Insonlarning eng aqllisi esa nafsini ko‘p ayblab, ulamolardan ko‘p so‘raydiganidir. Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta shayton sizlardan biringizning oldiga kelib: «Seni kim yaratgan?» deydi. U: «Alloh taborak va taolo», deb javob beradi. Keyin shayton: «Allohni kim yaratgan?» deydi. Agar sizlardan biringiz o‘zida mana shunday holatni topsa, Alloh va rasuliga iymon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling