Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 to‘g‘ri insonga dalolat qiladi. Tush va ta’bir boblarining hammasi xuddi shuningdek bo‘ladi. Bular ajoyib sirlardir. Ya’ni, qalb ajoyibotlarining sirlaridir. Buni muomala ilmida zikr qilish loyiq bo‘lmaydi. Maqsad shayton va farishtalar qalb arboblariga ko‘rinishiga ishonmoqlikdir. Goho uyquda bo‘lganidek, tasvirlash va o‘xshatish yo‘li bilan, goho haqiqat yo‘li bilan bo‘ladi. Ko‘pincha bu sifatga o‘xshash surat bilan tasvirlash orqali bo‘ladi. Bu sifatning ayni o‘zi emas, balki uning tasviridir. Lekin u haqiqatda ko‘z bilan ko‘rib, bu ko‘rishi tufayli atrofidagilardan uxlayotgan kishidek ajrab turadi. Bandaning jazolanishga olib keladigan qalb vasvasalari, xohishlari, o‘y- xayollari, qasdlari va bulardan avf qilinib-kechiriladiganlari Bilingki, bu maxfiy (ya’ni, tafsilotga muhtoj bo‘lgan) ishdir. Batahqiq, bu to‘g‘rida bir- biriga xilof oyatlar va xabarlar vorid bo‘lgan. Bularning o‘rtasini jamlash faqat shariat ilmini chuqur o‘rgangan ulamolargagina mushkul bo‘lmaydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: «Ummatimdan nafslariga gapirgan (ya’ni, xayollaridan o‘tkazgan) narsalari, modomiki, uni (tili bilan) gapirmasa yoki unga amal qilmasa, avf qilingandir», dedilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Abu Hurayra aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh taolo bandaning nomai a’molini yozadigan farishtalarga: «Agar bandam bir gunohga qasd qilsa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta gunoh yozinglar. Agar bir yaxshilikka qasd qilsa-yu, uni qilmasa, unga bitta savob yozinglar. Agar uni qilsa, unga o‘nta savob yozinglar», dedi». Imom Buxoriy va Muslim bu hadisni o‘z «Sahih»larida keltirishgan. Bu hadis qalb yomonlikni bajarishi va qasd qilishi avf etilishiga dalildir. Bu hadis boshqa lafz bilan ham kelgan, ya’ni: «Kim bir yaxshilikni qasd etsa-yu, uni qilmasa, buning uchun bir savob yoziladi. Kim bir yaxshilikni qasd etib uni qilsa, uning uchun yetti yuz baravargacha savob yoziladi. Kim bir gunohga qasd etib uni qilmasa, unga (gunoh) yozilmaydi. Agar qilsa, unga (bir gunoh) yoziladi». Yana boshqa lafzda aytilishicha, «Agar bir gunoh qilmoqni gapirsa-yu, uni qilmasa, Men uni kechiraman». Bularning har biri kechirilishga dalolat qiladi. Ammo jazolashga dalolat qiladiganlari esa Alloh taoloning mana bu oyatidir: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling