Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 Allohdan so‘rasam, menga uni taom qilib beradi», dedilar. Mana shu fikrlarni bajarishga qasd bo‘lmasa, u nafsning so‘zi, deyiladi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ishni qilishga qasd qilganlarida azmlari bo‘lmasa, maslahat qilardilar. Ammo uchinchisi hisoblangan e’tiqod, ya’ni qalb uni bajarish lozim, deb hukm qilgani majburiy yoki ixtiyoriy bo‘lmog‘ining o‘rtasida yuradi. Holatlar bunda har xil bo‘ladi, undan ixtiyoriysi jazolanadi. Majburiysi jazolanmaydi. Ammo to‘rtinchisi, ya’ni o‘sha ishni bajarishni qasd qilish esa albatta jazolanadi. Lekin agar u ishni qilmagan bo‘lsa, unga qarab ko‘riladi. Agar uni Allohdan qo‘rqqanidan, yana o‘sha ishga qasd qilganiga pushaymonligidan tark qilgan bo‘lsa, unga bitta savob yoziladi, chunki uning qasdi gunoh bo‘lsa ham, lekin undan bosh tortishi va nafsi bilan kurashishi savobdir. Biror narsani tabiatiga muvofiq ravishda qasd qilish Alloh taolodan butkul g‘aflatda ekaniga dalolat qiladigan holatdir. Tabiatiga xilof holda nafsga qarshi kurashish bilan tiyilish uchun juda katta quvvatga muhtoj bo‘ladi. Uning tabiatiga xilof chiqishga tirishishi Alloh taolo uchun qilinadigan amaldir. Alloh taolo uchun amal qilish tabiatiga muvofiq holda shaytonga muvofiq kelishidagi tirishishdan kuchliroqdir. Mana shunda uning uchun bir savob yoziladi, chunki u o‘sha ishni qilishdan ko‘ra undan bosh tortishga bo‘lgan harakatini va qasdini ustun qo‘ydi. Agar o‘sha ishdan bir sabab bilan to‘silib qolsa yoki Allohdan qo‘rqqanligidan emas, balki bir uzr tufayli tark qilsa, unga bir gunoh yoziladi, chunki ishni qilishga qasdi qalbidan ixtiyoriy bir ishdir Imom Muslimning «Sahih»larida rivoyat qilingan hadisning lafzida bu tafsilotga dalil bordir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar: «Ey Robbim, mana bu bandang bir gunoh ish qilishni xohlayapti, vaholanki u gunohligini ko‘rib turibdi», deyishdi. Alloh taolo: «Uni kutib turinglar, agar u o‘sha xohlagan gunohini qilsa, unga o‘sha gunohni xuddi o‘zidek yozinglar. Agar gunohni tark qilsa, uning uchun bir savob yozinglar. Chunki gunohini albatta Men tufayli tark qildi», dedi». «Agar uni qilmasa», deyilganida uni Alloh uchun tark qilsa, deb iroda qilingan. Agar bir yomon ishni azm qilsa-yu, lekin bir sabab yoki beparvoligi tufayli uni qilmasa, unga qanday savob yozilsin? Vaholanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlar niyatlariga ko‘ra tiriltiriladilar», degan bo‘lsalar (sanadi hasan). Bir kishi kechasi yoki tong otganda bir musulmonni o‘ldirishga yoxud bir ayol bilan zino qilishga azm etsa-yu, lekin o‘sha kechasi o‘lib qolsa, shu fikrida qat’iy turgan holda o‘lib, shu niyatda tiriladi, deb hisoblanadi. Chunki u bir gunohni qasd etib, uni qila olmagandi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadis bunga qat’iy dalildir: «Ikki musulmon qilichlari bilan (bir-biriga) yo‘liqsa, o‘ldiruvchi ham, o‘ldirilgan ham do‘zaxdadir» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). «Ey Rasululloh, bu-ku o‘ldiruvchi, o‘ldirilganning holi nega (bunday)?» deyildi. «Chunki u ham sherigini o‘ldirishni xohlagandi», dedilar. Bu hadis ikkinchisi mazlum holda o‘ldirilgan bo‘lsa-da, u ham o‘ldirishni xohlagani sherigi bilan do‘zax ahlidan bo‘lmog‘iga hujjatdir. Endi qanday qilib Alloh taolo niyat va qasd sababli jazolamaydi, deb gumon qilinadi? Balki banda ixtiyoriga kiradigan har bir qasd tufayli jazolanadi. Lekin uni yaxshi ishlar bilan o‘chirib yubormog‘i va pushaymon bo‘lib, qasdini buzib yubormog‘i savobdir, shu tufayli unga savob yoziladi, ammo qasdi bir to‘siq tufayli amalga oshmasa, unga savob bo‘lmaydi. Ammo fikrlar (xayollar), nafsning gapirishi va rag‘bat qo‘zg‘alishlari - bularninghar biri ixtiyor ostiga kirmaydi. Bular sababli jazolash toqat yetmaydigan narsaga buyurishdir. Shuning uchun Alloh taoloning: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling