Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Biz jin va insdan ko‘plarini jahannam uchun yaratganimiz muhaqqaqdir. Ularning dillari bor-u, anglay olmaydilar, ko‘zlari bor-u, ko‘ra olmaydilar
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 uning zarariga menga yordam bermasang, unga kuchim yetmaydi», dedilar. Shunda Alloh taolo: «Siz uchun biron bir farzand tug‘iladigan bo‘lsa, unga bir farishta vakil qilib qo‘yiladi», dedi. Odam alayhissalom: «Ey Robbim, yana ziyoda qil», dedilar. «Bir gunohni bir gunoh, deb yozib, bir savobni esa o‘ntadan to xohlaganimcha mukofotlayman», dedi. «Ey Robbim, yanada ziyoda qil», dedilar. «Tavba eshigi, modomiki ruh jismda ekan, ochiqdir», dedi. Shunda Iblis ham: «Ey Robbim, bu bandangni mendan ulug‘ qilib qo‘yding, agar menga yordam bermasang, unga kuchim yetmaydi», dedi. Alloh taolo unga: «Agar Odamga bir bola tug‘ilsa, albatta sen uchun ham bir bola tug‘iladi», dedi. «Ey Robbim, yana ziyoda qil», dedi. «Ularning qon yuradigan joylarida yurasan va ularning qalblarini o‘zing uchun uy qilib olasan», dedi. «Ey Robbim, yanada ziyoda qil», dedi. «Ularga otliq va piyoda askarlaring bilan zarar keltir, ularning mollariga va bolalariga sheriklik qil, ularga va’dalar bergin», dedi. Ularga shayton faqat quruq va’dalar qiladi». Abu Dardodan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo jinlarni uch xil toifa qilib yaratdi, bir toifasi ilon, chayon va yer hasharotlaridir. Yana bir toifasi havodagi shamolga o‘xshashdir. Yana bir toifasining ustida savob va jazo bor. Alloh taolo insonni ham uch toifa qilib yaratdi, bir toifasi Alloh taolo O’z kalomida aytganidek, hayvonlarga o‘xshaydi: «Biz jin va insdan ko‘plarini jahannam uchun yaratganimiz muhaqqaqdir. Ularning dillari bor-u, anglay olmaydilar, ko‘zlari bor-u, ko‘ra olmaydilar, quloqlari bor-u, eshitmaydilar. Ular chorvalar kabidirlar, yo‘q, ular (beaql, befahmlikda) chorvalardan ham battardirlar» (A’rof surasi, 179-oyat). Yana bir toifasining jismlari odam bolasining jismlari kabidir, ruhlari esa shaytonlarning ruhlaridir. Yana bir toifasi qiyomat kunida Alloh taoloning «soyasi» ostida bo‘ladi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati, sanadi zaif). Vuhayb ibn Vird aytdilar: «Iblis Zakariyo alayhissalom o‘g‘illari Yahyo alayhissalomga ko‘rindi. U Yahyo alayhissalomga «Men sizga nasihat qilishni xohlayman», dedi. U kishi: «Sening nasihatingga ehtiyojim yo‘q, lekin odam farzandlari haqida xabar ber», dedilar. Shayton: «Ular bizning nazdimizda uchga bo‘linishadi. Ulardan birinchisi biz uchun eng qattig‘idir. Chunki ulardan birining oldiga boramiz-da, uni fitnalantirib, endi unga o‘rnashganimizda istig‘for va tavbaga tayanadi va erishgan barcha narsamizni fasod qiladi. So‘ngra unga yana qaytib kelamiz. U yana tavbasiga qaytadi. Biz undan noumid bo‘lmaymiz-u, lekin hojatimizga ham yeta olmaymiz. Undan juda qiyinchilik ko‘ramiz. Ammo ikkinchi toifasi qo‘limizda go‘daklaringizning qo‘lidagi to‘p kabidir. Ularni xohlagan tomonimizga otamiz. Ularning nafslariga o‘zimiz kifoya qilamiz. Uchinchi toifasi sizga o‘xshaganlardir. Ya’ni, Alloh taolo tomonidan saqlab qo‘yilganlar bo‘lib, ulardan biror narsaga qodir bo‘lmaymiz», dedi». Shayton nima uchun ba’zi kishiga ko‘rinib, ba’zi kishiga ko‘rinmaydi? Agar inson shaytonni bir suratda ko‘rsa, u shaytonning haqiqiy suratimi yoki inson uchun shu suratda ko‘rinadimi? Agar haqiqiy suratida bo‘lsa, qanday qilib har xil suratlarda ko‘rina oladi? Qanday qilib u bir vaqtning o‘zida ikki makonda va ikki xil suratda ko‘rinadi? Hatto uni ikki kishi ikki xil suratda ham ko‘radi, deydigan bo‘lsangiz, bilingki, farishta uchun ham, shayton uchun ham ikki xil surat bor. Ana shu suratlar haqiqiy suratlaridir. Bu suratlarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling