Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Guvohlikni yashirmangiz! Kim (guvohlikdan bosh tortish bilan) uni yashirsa, bas, albatta uning qalbi osiy - gunohkordir»
«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha
narsa bilan hisob-kitob qiladi va O’zi istagan kishini mag‘firat qilib, O’zi istagan kishini azoblaydi» (Baqara surasi, 284-oyat). Yana Alloh taolo deydi: «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Al-Isro surasi, 36-oyat). Bu oyat dalolat qiladiki, albatta qalb ishi ham quloq va ko‘z ishiga o‘xshab, avf qilinmaydi. «Guvohlikni yashirmangiz! Kim (guvohlikdan bosh tortish bilan) uni yashirsa, bas, albatta uning qalbi osiy - gunohkordir» (Baqara surasi, 283-oyat). Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 63 «Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki (dillaringizdagi) mahkam tukkan qasamlar sababli (agar shunday qasamni buzsangiz) jazolaydi» (Moida surasi, 89-oyat). Qalb amallarining paydo bo‘lishidan to a’zolarda zohir bo‘lgunichalik holati batafsil tushunilmas ekan, bizningcha bu masalada haqiqat ochilmaydi. Aytamizki, qalbga birinchi kelgan narsa - bu fikr (ya’ni, o‘y-xayol)dir. Masalan, bir ayolning surati va u yo‘lda orqada kelayotgani, agar unga qarasa, albatta uni ko‘rishi xayoliga kelmog‘i. Ikkinchi - qarashga rag‘batining qo‘zg‘olishi tabiatidagi shahvatning harakatidir. Bu esa avvalgi o‘y-xayoldan hosil bo‘ladi, uni tabiatning moyilligi, deb nomlaymiz. Avvalgisini esa nafsning so‘zi, deb ataymiz. Uchinchisi - qalb buni bajarish lozim, ya’ni unga qarash kerak, deb hukm qilmog‘i. Chunki tabiat bir narsaga moyil bo‘lgan paytda o‘sha narsaga undovchi holatlar qo‘zg‘olmasa, himmat va niyat hosil bo‘lmaydi. Chunki uni goho hayo yoki qarashdan cho‘chish man qilib qo‘yadi. Bu undovchi narsalarning bo‘lmasligi gohida chuqur mulohaza yuritish tufayli bo‘ladi. Bu, ya’ni qalbning buni bajarish lozim, deb hukm qilishi har bir holatda aqlning hukmidir. Bu e’tiqod, deb nomlanib, o‘y-xayol va maylga ergashadi. To‘rtinchisi - qarashga qasd va niyatni mustahkam qilishdir. Buni bajarishni xohlab, unga niyat va qasd qilmoq, deb nomlaymiz. Bu qasdning gohida bir zaif asosi bo‘ladi. Lekin agar qalb avvalgi fikrga quloq solsa, hatto nafs bilan tortishuvi cho‘zilib, qasdni ta’kidlaydi va bu qasd qat’iy irodaga aylanadi. Agar iroda jazmga aylansa, gohida jazm qilgandan keyin pushaymon bo‘lib, amalni tark qiladi. Gohida bir ish sababli g‘aflatda qolib, uni qilmaydi, unga qaramaydi ham. Gohida esa bir narsa to‘sib qolib, uni qilishga qiynaladi. Mana shular amalni a’zolar bilan ado qilishdan oldingi qalbning to‘rt holatidir. Ya’ni, avval fikr (o‘y-xayol) - nafsning so‘zlashi, so‘ngra moyillik, keyin e’tiqod va oxiri esa qasd qilishdir. Aytamizki, banda fikr (o‘y-xayol) bilan jazolanmaydi, chunki bu ixtiyoriga kirmaydi. Shuningdek, moyillik va shahvatning qo‘zg‘olishi ham ixtiyoriy narsaga kirmaydi. Bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi aytgan so‘zlaridan muroddir: «Ummatimdan nafslariga so‘zlagan (ya’ni, xayollaridan o‘tkazgan) narsalari avf qilindi». Nafsning so‘zi nafsda paydo bo‘ladigan fikrlar bo‘lib, uni qilishga qasd etilmaydi. Ammo qasd va azm qilish nafsning so‘zi, deyilmaydi. Hattoki, nafsning so‘zi Usmon ibn Maz’undan rivoyat qilingan hadisga o‘xshashdir, ya’ni u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Rasululloh, nafsim xotinim Havlani taloq qilishni aytyapti», dedi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilmagin, chunki nikoh sunnatimdir», dedilar (Imom Termiziy rivoyati). Yana u kishi: «Nafsim o‘zimni bichib olishimni aytyapti», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilma, ummatimning bichilishi ro‘zani tirishqoqlik bilan tutishidadir», dedilar. Yana u kishi: «Nafsim rohib bo‘lishimni aytyapti», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshma, ummatimning rohibligi jihod va hajdir», dedilar. U kishi: «Nafsim go‘shtni tark qilishimni aytyapti», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilmagin, chunki men go‘shtni yaxshi ko‘raman. Agar go‘sht topsam, albatta uni yeyman. Agar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling