Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Parvardigorlaringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar. Men sizlarga (qilgan


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

«Parvardigorlaringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar. Men sizlarga (qilgan 
duolaringizni) mustajob qilurman», dedi» (G’ofir surasi, 60-oyat). 
Siz Unga duo qilasiz-u, U sizga (duoingizni) mustajob qilmayapti. Xuddi shuningdek, 
Allohni eslaysiz-u, shayton sizdan qochmaydi. Bular esa zikr va duoning shartlari yo‘qligi 
sababidir. Ibrohim ibn Adhamga «Bizga nima bo‘lgan, duo qilamiz-u, bizga ijobat 
etilmaydi. Batahqiq, Alloh taolo: «Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan 
duolaringizni) mustajob qilurman», degan bo‘lsa?» deyilganida, u kishi: «Chunki 
qalblaringiz o‘likdir», dedilar. «Qalbimizni nima o‘ldirgan?» deyishdi. U kishi aytdilar: 
«Sakkiz xislat: birinchisi - Alloh taoloning haqqini bildingiz-u, lekin ularni ado 
qilmadingiz. Ikkinchisi - Qur’on o‘qidingiz-u, unga amal qilmadingiz. Uchinchisi - 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘ramiz, dedingiz-u, biroq sunnatlariga 
amal qilmadingiz. To‘rtinchisi - o‘limdan qo‘rqamiz, dedingiz-u, unga tayyorgarlik 
ko‘rmadingiz. Beshinchisi - Alloh taolo: 
«Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar!» (Fotir 
surasi, 6-oyat) degan. Sizlar esa u bilan gunohlarda til biriktirdinglar. Oltinchisi - 
do‘zaxdan qo‘rqamiz, deb aytdingiz-u, ammo badanlaringizni do‘zaxdan asramadingiz. 
Yettinchisi - jannatni yaxshi ko‘ramiz, dedingiz, unga kirish uchun amal qilmadingiz. 
Sakkizinchisi -to‘shaklaringizdan turganingizda ayblaringizni orqaga otib yubordingiz va 
insonlarning ayblarini oldingizga yozib oldingiz. Robbingizning g‘azabini qo‘zg‘adingiz, 
qanday qilib U duolaringizni qabul qilsin?» 
Turli gunohlarga chaqirguvchi bitta shaytonmi yoki har xil (ya’ni, ko‘p) shaytonmi? 
Bilingki, hayotingizda buni bilishning hojati yo‘q. Siz dushmaningizni daf qilish bilan 
shug‘ullaning. Uning sifati haqida so‘ramang. Berilgan qovun-tarvuzning yeng-u, ammo 
polizi haqida so‘ramang. Lekin xabarlarning dalolatini tekshirish bilan shaytonlar ko‘p 
askarlardan iborat ekani, ular gunohlarning har bir navi uchun xoslab qo‘yilgani va unga 
chaqirib turadigan shayton borligi zohir bo‘ladi. Ammo bu tekshirish yo‘lining zikri juda 
uzun. Albatta hodisalarning har xilligi sabablarning ham har xilligiga dalolat qiladi, deb 
zikr qildik. Masalan, olovning nuri va tutun qoraligining o‘zi sizga kifoya qiladi. 
Ammo bu to‘g‘rida kelgan xabarlarda Mujohid aytadilar: «Iblisning besh bolasi bo‘lib, 
ularning har biriga o‘zining buyrug‘i bilan maxsus vazifalarni yuklab qo‘ygan. Ularning 
ismlari Subur, A’var, Mabsut, Dosim va Zilnaburlardir. Subur musibatlarga vakil bo‘lib, u 
insonga musibat yetgan vaqtda o‘ziga o‘lim tilash, yoqalarini yirtish, yuzlariga urish, 
johiliyat da’volarini qilishga chaqiradi. A’var esa zino sohibi bo‘lib, zinoga buyuradi va uni 
chiroyli qilib ko‘rsatadi. Mabsut yolg‘on sohibidir. Dosim kishi bilan uning oila a’zolari 
oldiga birga kiradi va unga oilasining har xil ayblarini ochadi hamda bu uni 
g‘azablantiradi. Zilnabur bozor sohibidir. Ana shular sababidan insonlar doim shikoyat 
qiladilar». Namozning shaytoni Xinzib, deyiladi. Tahoratning shaytoni esa Valhon, deb 
nomlanadi. Bu to‘g‘rida juda ko‘p xabarlar vorid bo‘lgan. 
Albatta shaytonlar ko‘p bo‘lganiga o‘xshash farishtalar ham ko‘pdir. «Shukr kitobi»da 
farishtalarning ko‘pligi to‘g‘risidagi sirni va ularning har biri alohida bir vazifa bilan 
xoslangani to‘g‘risida zikr qilganmiz. Abu Umoma al-Boxiliy aytishlaricha, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Mo‘min kishiga bir yuz oltmishta farishta 
vakil qilingan, uni o‘zi qodir bo‘lmagan narsalardan himoya qilishadi. Ko‘z uchun yettita 
farishta bo‘ladi. Ular issiq kunda asal idishi pashshadan himoya qilinganidek, insonni 
himoya qilib turishadi. Agar ular sizlarga ko‘ringanlarida albatta ularni har bir vodiy va 
tog‘da ko‘rgan bo‘lardingiz. Har birlari qo‘llarini yozgan, og‘izlarini ochgan holatda 
turadilar. Agar banda bir lahza o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, albatta shaytonlar uni egallab 
olishadi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati, sanadi zaif). 
Ayyub ibn Yunus ibn Yazid aytadilar: «Albatta inson farzandlari bilan birga jinlar 
farzandlari ham tug‘iladi. So‘ngra ular bilan birga ulg‘ayishadi, degan xabar bizga yetib 
keldi». 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Odam alayhissalom yer yuziga tushirilgan 
vaqtlarida «Ey Robbim, shayton bilan mening o‘rtamda dushmanlik paydo qilding. Agar 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling