Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Albatta mana shu Meningto‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar»
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 o‘xshaydi. U yo‘lni faqat aql ko‘zi va yorituvchi quyoshning chiqishi bilan bilishi mumkin. Bu yerdagi aql ko‘zi taqvo bilan musaffo qilingan qalbdir. Yorituvchi quyosh esa Alloh taolo kitobidan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlaridan istifoda qilib olingan, qay biridan borilishi noma’lum bo‘lgan yo‘llarni aniqlab beradigan mukammal ilmdir. Agar musaffo qalb va mukammal ilm bo‘lmasa, shaytonning yo‘llari ko‘p va xufyonadir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni bir chiziq chizdilar va: «Bu Allohning yo‘li», dedilar. So‘ngra chiziqning o‘ng va chap tomonlariga bir necha chiziqlarni chizdilar. Keyin: «Bu yo‘llarning har birida unga chaqirib turadigan shayton bor», dedilar (Nasaiy rivoyati, sanadi sahih). So‘ngra tilovat qildilar: «Albatta mana shu Meningto‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar» (An’om surasi, 153-oyat). (Bunda ana shu chizilgan chiziqlar nazarda tutilyapti.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaytonning yo‘li ko‘pligini bayon qilib berdilar». Darhaqiqat, shaytonning yo‘llaridan xufyonalari uchun bir necha misollarni zikr qildik. U ulamolar va shahvatlariga hukmlarini o‘tkaza oladigan, zohiriy gunohlardan o‘zlarini tiya oladiganlar aldanib qoladigan yo‘ldir. Endi shaytonning maxfiy bo‘lmagan, ochiq, lekin odamni undan yurishga majbur qiladigan yo‘li uchun ham bir misol keltiraylik. Bunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan hadislarni zikr etamiz. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bani Isroil qavmida bir rohib bo‘lgan edi. Shayton bir qizning oldiga borib, uni bo‘g‘di. U qizning davosi rohib huzuridaligini qizning yaqinlari qalbiga soldi. Qizni rohib oldiga olib borishdi. U qizni qabul qilishdan bosh tortdi. Lekin ular ibodatgo‘y rohibga yalinib turib olishdi. Shunda uni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Uni davolash uchun oldiga borganida shayton kelib, qizga yaqinlik qilishni chiroyli ko‘rsatdi. Oxiri u bilan jinsiy aloqada bo‘ldi. U qiz rohibdan homilador bo‘ldi. Obidga shayton vasvasa qilib: «Endi sharmanda bo‘lasan, hozir oldingga qizning yaqinlari keladi. Bas, qizni o‘ldir, agar sendan so‘rashsa, o‘zi o‘lib qoldi, deb aytgin», dedi. Rohib qizni o‘ldirib, dafn qildi. Shayton esa uning ahli oldiga borib, rohib qizni homilador qilib, keyin o‘ldirganini va dafn etganini ularning qalblariga vasvasa qildi. Rohibning oldiga qizning oilasi kelib qizlari haqida so‘rashdi. U: «Qiz o‘lib qoldi», dedi. Shunda ular rohibni o‘ldirish uchun ushlashdi. Uning oldiga shayton kelib: «Qizni bo‘g‘ib kasal qilgan ham men, uning oilasi qalbiga (senga olib kelishni) solgan ham men, menga itoat qil, najot topasan. Ulardan seni xalos qilaman», dedi. Shunda rohib: «Nima narsa bilan (senga itoat qilay)?» dedi. Shayton: «Menga ikki bor sajda qil», dedi. Bas, rohib uning uchun ikki bor sajda qildi. Unga shayton: «Men sendan bezorman», dedi» (Ibn Abud- Dunyo rivoyati). Alloh taolo aytadi: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling