Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! Shak-
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
«Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! Shak-
shubhasiz, u o‘z firqasini (ya’ni, o‘ziga ergashgan kimsalarni) do‘zax egalaridan bo‘lishlari uchun da’vat qilur» (Fotir surasi, 6-oyat). «Men sizlarga: «Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Faqat Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir», deb buyurmaganmidim?!» (Yosin surasi, 60-61-oyat). Bandaga dushmanini o‘z nafsidan daf qilish bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim bo‘ladi. Uning asli, nasabi, maskani haqida bahs qilish bilan shug‘ullanish zaruriyati yo‘q. To‘g‘ri, nafsidan uni daf qilish uchun o‘zining bir quroli haqida o‘ylab ko‘rishi kerak bo‘ladi. Shaytonning quroli esa havoyi nafs va shahvatlardir. Mana shu qurolining o‘zi butun olamga yetarlidir. Uning zoti, sifati, haqiqatini bilishdan Allohdan panoh so‘raymiz. Farishtalarning haqiqatini bilish esa mukoshafa ilmlariga chuqur kirishib ketgan oriflarning maydonidir. Muomala ilmida uni bilishga ehtiyoj yo‘qdir. Xayollar (fikrlar) uch xil bo‘ladi: 1) Yomonlikka chaqiruvchi ekanligi aniq bilinadi. Buning vasvasa ekanligi aniq. 2) Yaxshilikka chaqiruvchi ekanligi bilinadi. Buning ilhom ekanligida shak yo‘q. 3) Shubha bilan qaraluvchi. Buning shayton tarafidan yoki farishta tarafidan ekanligi aniq bilinmaydi. Chunki yomonlikni yaxshilik maydonida ko‘rsatish shayton hiylalaridandir. Buning yaxshi-yomonligini ajratib olish juda qiyin. Ko‘p bandalar mana shu bilan halok bo‘lishadi. Chunki shayton ularni yomonlikka ochiq-oydin chaqirishga qodir bo‘lmaydi-da, yomonlikni yaxshilik suratida ko‘rsatadi. Go‘yo bir olimga nasihat tarzida «Xaloyiqqa qaramaysanmi, nodonliklaridan o‘liklarga o‘xshab qolishibdi, g‘aflatlari ziyodaligidan halok bo‘lib, do‘zaxga yaqinlashib qolishibdi. Nasihatlaring va ma’ruzalaring bilan halokatdan qutqarib, bu Allohning bandalariga rahm qilsang bo‘lmaydimi? Batahqiq, Alloh senga ko‘ruvchi qalb, fasohatli til va maqbul notiqlikni ne’mat qilib bergan bo‘lsa, qanday qilib Allohning ne’matlariga nonko‘rlik qilasan? Qanday qilib Uning g‘azabiga o‘zingni ko‘ndalang qilasan? Yana qanday qilib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling