Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Bas, (ey Muhammad alayhissalom), siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson o‘z nafsi ayblarini bilib oladigan yo‘l bayoni
«Bas, (ey Muhammad alayhissalom), siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar
o‘zingizga buyurilgani yanglig‘ to‘g‘ri yo‘lda bo‘lingiz» (Hud surasi, 112-oyat), degan so‘zi uchun», dedilar. To‘g‘ri yo‘lda turish g‘oyat nozik ish. Lekin inson, garchi uning haqiqatiga qodir bo‘lmasa ham, to‘g‘rilikka yaqin bo‘lishga tirishmog‘i lozim bo‘ladi. Najot topishni xohlagan har bir kishi unga faqat solih amal bilangina erishadi. Solih amallar esa faqat chiroyli xulqlardangina sodir bo‘ladi. Har bir banda o‘z sifatlarini va xulqlarini taftishdan o‘tkazsin. Uni hisob-kitob qilsin va tartib bilan bitta-bittadan davolash bilan shug‘ullansin. Karim sifatli Allohdan bizni taqvodorlardan qilishini so‘raymiz. Inson o‘z nafsi ayblarini bilib oladigan yo‘l bayoni Bilingki, Alloh azza va jalla agar bir bandaga yaxshilikni xohlasa, uning ayblarini o‘ziga ko‘rsatib qo‘yadi. Qaysi bir insonning qalb ko‘zi ochiq bo‘lsa, unga o‘z ayblari bilinmay qolmaydi. Agar ayblarini bilsa, uni davolash mumkin bo‘ladi. Lekin insonlarning ko‘plari ayblarini bilishmaydi. Inson birodari ko‘zidagi ozgina kirni ko‘radi-yu, o‘zining ko‘zidagi kattaroq cho‘pni ko‘rmaydi. Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 97 Kim o‘z ayblarini bilishni xohlasa, uning uchun to‘rtta yo‘l bor: avvalgisi - nafsning aybini ko‘ra oladigan, xufyona ofatlardan xabardor bir shayxning oldida o‘tirishi va uni o‘z nafsiga hokim qilishi hamda harakatlarida uning maslahatiga ergashishi. Bu muridning shayxi va shogirdning ustozi bilan bo‘lgandagi holatidir. Ustoz va shayx unga nafsining ayblarini bildirib qo‘yadi va davosini ham o‘rgatadi. Hozirgi zamonda esa bunday holatning topilishi juda kamyobdir. Ikkinchisi - rostgo‘y, ayblarni ko‘ra oladigan, diyonatli bir do‘st axtarishi. O’z ahvolotini, ishlarini kuzatib turish uchun uni nafsini kuzatib turuvchi qilib oladi. Do‘st uni o‘zi yoqtirmaydigan yomon xulq va ishlaridan, botiniy va zohiriy ayblaridan ogohlantirib turadi. Din imomlaridan iborat ulug‘ va dono kishilar mana shunday qilishadi. Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Ayblarimni ko‘rsatib qo‘ygan kishiga Alloh rahm qilsin». Umar roziyallohu anhu ayblari haqida Salmon roziyallohu anhudan so‘rar edilar. Bir safar u kishining oldilariga kelib: «Men to‘g‘rimda sizga yoqmaydigan nima yetib keldi?» dedilar. Salmon roziyallohu anhu bu to‘g‘rida gapirishni istamadilar. Umar roziyallohu anhu u kishining hol-jonlariga qo‘ymadilar. Shunda u kishi: «Albatta menga sizning bir dasturxonda ikki xil nonxurushni jamlashingiz va kunduziga alohida, kechasiga alohida ikki xil libosingiz borligi yetib keldi», dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Yana bundan boshqa narsa ham yetib keldimi?» dedilar. U kishi esa: «Yo‘q», dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Mana bu siz aytgan ikki aybimni albatta to‘xtataman», dedilar. Yana Xuzayfa roziyallohu anhudan ham so‘rar edilar. U kishiga «Siz munofiqlar borasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sirdoshlarisiz. Menda ham munofiqlikning asaridan biror narsa ko‘ryapsizmi?» dedilar. Umar roziyallohu anhu qadrlarining ulug‘ligiga, mansablarining oliyligiga qaramay, o‘z nafslariga mana shunday gumonda edilar. Aqli yetuk, maqomi oliy har bir kishining manmansirashi ozroq va nafsidan gumondaligi ko‘proq bo‘ladi. Ammo bu holat ham hozir juda kam. Chunki do‘stlarning ichida tilyog‘malikni tark qilib, ayblarini ochiq aytadigani oz topiladi. Yo bo‘lmasa, hasadgo‘ylikni tark qilib, ayb aytishda kerakli miqdordan o‘tkazib yubormaydigani ham sanoqli. Demak, do‘stlaringiz ichida bir hasadgo‘y yoki ayb bo‘lmagan narsani ayb deb ko‘radigan bir g‘arazgo‘y yo sizdan ba’zi ayblaringizni berkitib yuradigan bir tilyog‘lamachi topilishidan xoli bo‘lmaysiz. Shuning uchun Dovud at-Toiy insonlardan uzlat qilgan ekanlar. U kishiga «Nima uchun insonlarga qo‘shilmaysiz?» deyilganida u kishi: «Mendan ayblarimni berkitadigan qavmlar bilan nima qilaman?» dedilar. O’zgalarning tanbehi bilan o‘z ayblaridan ogoh bo‘lish din egalarining xohishlari bo‘lgan. Ichimizdagi holat shu darajaga yetganki, bizga nasihat qiladigan, ayblarimizni bildirib qo‘yadiganlar eng yomon ko‘radiganlarimiz bo‘lib qolgan. Bu holat iymonning zaifligini ifodalaydi. Albatta yomon xulqlar chaquvchi ilon va chayonlardir. Agar bir kishi kiyimimiz tagida chayon bor, deb ogohlantirsa, buni undan bir yaxshilik deb qabul qilamiz. Undan xursand bo‘lamiz va chayonni yo‘qotish, uzoqlashtirish yoki o‘ldirish bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Uning azobi faqat badanning o‘zida bo‘lib, og‘rig‘i ham bir kun yoki undan ham ozroq davom etadi. Yomon xulqlarning azobi esa qalbning to‘rida bo‘ladi va o‘lgandan keyin ham abadiy yoki ming yillar davom etish xavfi bor. Biz esa mana shulardan ogohlantirayotgan kishidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling