Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Qalb kasalliklarini davolashdagi yo‘l – shahvatlarga ergashishni tark qilish
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur»
Qalb kasalliklarini davolashdagi yo‘l – shahvatlarga ergashishni tark qilish ekaniga shar’iy dalillar va qalb ko‘zi ochiq kishilardan naql qilingan dalillar bayoni Bilingki, agar yuqorida zikr qilgan narsalarimiz to‘g‘risida e’tibor nazari bilan fikr qilsangiz, qalb ko‘zlaringiz ochiladi. Yana siz uchun qalblarning illati, kasalliklari, ilm va ishonch nuri bilan uning davolari ham zohir bo‘ladi. E’tibor bilan fikr qila olmasangiz, o‘rganish va taqlid qilishga haqli kishiga taqlid qilish yo‘liga ko‘ra ishonishingiz va tasdiq qilishingiz lozim. Chunki ilm uchun daraja, ya’ni yuksalish bo‘lgani kabi iymon uchun Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 99 ham daraja, ya’ni yuksalish bordir. Ilm iymondan keyin hosil bo‘ladi. Alloh taolo aytadi: «Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja- martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat). Qaysi bir inson shahvatlarga xilof qilish Alloh azza va jallaga eltuvchi yo‘l ekanini tasdiq qilsa-yu, uning sababi va sirini bilmasa ham, u iymon keltirgan kishilardandir. Agar yuqorida zikri kelgan shahvat yordamchilaridan xabardor bo‘lsa, u ilm ato qilingan zotlardandir. Har ikkisiga ham Alloh taolo jannatni va’da qilgan. Mana shu ishga iymon keltirishni taqozo qiladigan narsalar Qur’onda, sunnatda va ulamolar so‘zlarida hisobsizdir. Alloh taolo aytadi: «Nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-41-oyatlar). Yana aytadi: «Ana o‘shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan (ya’ni, taqvo imtihonidan o‘tgan) zotlardir» (Hujurot surasi, 3-oyat). Aytiladiki: «Ularning qalblaridan shahvatlar muhabbati sug‘urib olingandir». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mo‘min kishi beshta og‘irlikning (ya’ni, qiyinchilikning): unga hasad qiladigan mo‘minning, uni yomon ko‘radigan munofiqning, u bilan urishadigan kofirning, uni adashtiradigan shaytonning, u bilan tortishadigan nafsning qarshisidadir» (Abu Bakr ibn Bilol rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nafsning tortishuvchi dushman ekanligini, u bilan kurashish vojibligini bayon qilganlar. Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qildi: «Ey Dovud, ashoblaringizni shahvatlaridan ko‘ra yeyishlaridan ehtiyot qiling va qo‘rqiting, chunki dunyo shahvatlari bilan bog‘langan qalblarning aqllari Mendan to‘silgandir». Iso alayhissalom aytadilar: «Naqd bo‘lgan shahvatni ko‘rmayotgan, g‘oyibdagi va’da qilingan narsa uchun tark qilgan kishiga jannat bo‘lsin». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jihoddan qaytib kelgan qavmlariga «Xush keldingiz, sizlar kichkina jihoddan katta jihodga keldingiz», dedilar. Shunda: «Ey Rasululloh, katta jihod nima?» deyishdi. «Nafsga jihod qilish», dedilar u zot (Bayhaqiy rivoyati). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mujohid Alloh azza va jallaga itoat qilishda nafsiga jihod qilgan kishidir» (Imom Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Nafsingga aziyat berishdan o‘zingni tiy, uning Allohga osiy bo‘lishdagi istagiga ergashma, agar shunday qilmasang, qiyomat kuni sen bilan xusumatlashadi. Sening ba’zi (a’zoying) ba’zi (a’zoyingni) la’natlaydi. Magar Alloh taolo kechirgan va satr qilgan bo‘lsa, la’natlamaydi» (hadis bundan boshqacha lafzda kelgan). Sufyon Savriy aytadilar: «Nafsimdan ko‘ra qiyinroq biror narsani muolaja qilmadim, bir marta foydamga, bir marta esa zararimga bo‘ldi». Abul Abbos al-Muvsiliy o‘z nafslariga aytardilar: «Ey nafsim, yo dunyoda podshohlarning o‘g‘illari bilan ne’matga burkanib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling