Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Alloh molu jonlari bilan kurashgan zotlarni (biron uzr sababli jihodga


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

«Alloh molu jonlari bilan kurashgan zotlarni (biron uzr sababli jihodga 
chiqmay) o‘tirib olgan kishilardan ham bir daraja afzal qildi» (Niso surasi, 95-
oyat). 
Agar chegaraga beparvo bo‘lib, xalqini tashlab qo‘ysa, u holda askarning ishi 
yomonlanadi va Alloh taoloning huzurida undan o‘ch olinadi. Bir xabarda kelganidek, 
qiyomat kuni unga aytiladiki: «Ey yomonlik egasi, go‘shtni yeding, sutni ichding va lekin 
yo‘qolgan narsani egasiga qaytarmading, siniqlarni tuzatmading, bugun sendan o‘ch 
olaman» (asli yo‘q hadis). 
Yuqorida zikr qilingan holatga, ya’ni nafsning o‘z dushmani bilan kurashishiga 
Payg‘ambarimiz alayhissalomning mana bu so‘zlarida ham ishora bor. U zot sollallohu 
alayhi vasallam bir jihoddan qaytganlarida: «Kichkina jihoddan katta jihodga qaytdik», 
degan ekanlar (Bayhaqiy rivoyat qilgan va sanadi zaif, degan). 
Uchinchi misol - aqlning misoli go‘yo ot minib olgan bir ovchiga o‘xshaydi, uning 
shahvati mana shu otiga va g‘azabi esa uning itiga o‘xshaydi. Agar bu sayyod ov qilishga 
mohir bo‘lsa va uning oti chiniqtirilgan, iti esa o‘rgatilgan bo‘lsa, u zafar topadi va ovi 
baroridan keladi. Agar o‘z nafsini yaxshi bilmasa, o‘z ishiga usta bo‘lmasa, oti hurkak va 
iti qopag‘on bo‘lsa, ot ham unga bo‘ysunib ham yurmaydi va it ham uning ishorasi bilan 
itoat qilgan holda yugurib kelmaydi, bu ovchi istagan narsasiga yetishish u yoqda tursin
balki halok bo‘lishi ham mumkin. Ovchining mohir bo‘lmasligi insonning johilligiga, 
donoligi yetishmasligiga va qalb ko‘zining charchaganiga o‘xshashdir, otning hurkakligi 
shahvat, xususan, qorin, jinsiy shahvatning g‘olib kelganiga o‘xshashdir. Itning 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
qopag‘onligi esa g‘azab g‘olib kelib insonni egallab olganiga o‘xshaydi. Alloh taolodan 
O’zining lutfi bilan go‘zal tavfiq berishini so‘rab qolamiz. 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling