Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur»
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «(Ey mo‘minlar), Allohdan qo‘rqingiz va Unga quloq tutingiz»
«Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur» (Ra’d surasi, 28-
oyat). Ammo yomon sifatlar qalb oynasiga ko‘tarilayotgan qora bir tutunga o‘xshaydi. Qalb qorayib, zulmat qoplab butkul Alloh taolodan to‘silib qolguncha bu tutun qalbni butunlay chulg‘ab, doim to‘lib turadi. Bu muhrlangan, kirlangan qalbdir. Alloh taolo aytadi: Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 17 «Yo‘q, (undoq emas)! Balki ularning dillarini o‘zlari kasb qilguvchi bo‘lgan gunohlari qoplab olgandir!» (Mutaffifun surasi, 14-oyat.) «Bu yerga (ilgarigi) egalaridan keyin merosxo‘r bo‘layotgan kimsalarga, agar Biz xohlasak, ularning gunohlari sababli musibat yetkazib qo‘yishimiz ma’lum emasmi? Biz ularning dillarini (ana shunday) muhrlab qo‘yurmiz. So‘ng ular (hech qanday pand-nasihatga) quloq solmay qo‘yadilar» (A’rof surasi, 100-oyat). Alloh taolo eshitmaslikni gunohlar tufayli muhrlab qo‘yilganligiga bog‘ladi, mana bu oyatda esa eshitishni taqvoga bog‘lab keltirdi: «(Ey mo‘minlar), Allohdan qo‘rqingiz va Unga quloq tutingiz» (Moida surasi, 108-oyat). «Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga (haq-hidoyat yo‘lini) bildiradi» (Baqara surasi, 282-oyat). Gunohlar ko‘payib ketsa, qalbga muhr bosib qo‘yiladi. Keyin u haqni idrok etishdan va dinni tuzatishdan ojiz bo‘lib qoladi. Oxirat ishini yengil sanab, dunyo ishini ulug‘laydigan bo‘lib qoladi. Oxiratga bo‘lgan g‘ami ham ozayib ketadi. So‘ngra oxiratdan, undagi buyuk ishlardan biror narsa qulog‘iga chalinsa ham, biridan kirib, ikkinchisidan chiqib, qalbga o‘rnashmaydi. Shu bilan birga qalbni tavba qilishga va o‘zini o‘nglab olishga harakatlantira olmaydi ham. O’sha insonlar qabrlarda yotgan kofirlar noumid bo‘lganidek noumid kimsalardir. Bu Qur’on va sunnat xabar berganidek, qalbning gunohlar tufayli qorayganligi demakdir. Maymun ibn Mihron aytishlaricha, agar banda bir gunoh qilsa, qalbiga bir kichkina qora dog‘ qo‘yiladi. Agar (o‘zini gunohdan) uzoqlashtirib, tavba qilsa, dog‘i ketib sayqallanadi. Agar (gunohga yana) qaytadigan bo‘lsa, qalbidagi kichkina qora dog‘ kattalashadi, hatto uni butunlay bosib oladi. Mana shu qalbni egallab olishdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aytishlaricha, «Mo‘minning qalbi top-toza, unda yoritib turadigan chiroq bo‘ladi. Kofirning qalbi esa qorayib ketgandir» (Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyatlari). Shahvatlarga qarshi chiqish bilan Allohning toatida bo‘lish qalbni sayqallaydigan narsalar. Allohga osiy bo‘lish esa qalbni qoraytiradigan narsa. Qaysi bir inson gunohlarga yuzlansa, qalbi qorayadi. Qaysi bir inson gunohi orqasidan yaxshi amal qilib, uning asarini o‘chirsa, qalbini zulmat qoplamaydi-yu, lekin uning nuri kamayadi. Go‘yo oyna yaqinida nafas olib, so‘ng uni artib, keyin yana nafas olib, so‘ng yana artganga o‘xshaydi. Chunki u xiralikdan xoli bo‘lmaydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Qalblar to‘rt xil bo‘ladi, bir qalb borki, ichida yoritib turadigan chirog‘i bor, top-toza, bu mo‘minning qalbi. Yana bir qalb borki, qora, to‘ntarilgan, bu esa kofirning qalbi. Yana bir qalb borki, g‘iloflanib g‘ilofiga bog‘lab qo‘yilgan, bu esa munofiqning qalbi va oxirgisi moyil (egilgan) qalb, unda iymon ham, munofiqlik ham bor. Bu qalbdagi iymonning misoli baqlajonga o‘xshaydi. Yaxshi suv unga quvvat beradi. Undagi munofiqlikning misoli bir jarohatga o‘xshaydi, uni esa yiring bilan zardob rivojlantiradi. Shu ikki xil moddaning qaysinisi unga g‘olib kelsa, qalb o‘shanga hukm qilinadi» (Imom |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling