Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir»
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
«Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir» (Al-Isro surasi, 85-
oyat). Bu holda inson o‘ziga rububiyatni da’vo qiladi, egalik qilmoqni, yuksalmoqni, alohida bo‘lmoqni, ishlarning hammasida o‘zboshimchalik qilmoqni, yolg‘iz o‘zi rais bo‘lmoqni hamda bandalik va kamtarlik martabasidan sug‘urilib ajrab chiqmoqni yaxshi ko‘radi. Yana hammasi ilmlardan xabardor bo‘lmoqni xohlaydi. Olimlikni, ma’rifatparvarlikni va ishlarning haqiqatini bilishni da’vo qiladi. Agar uni ilmga nisbat berilsa, ya’ni olim, deyilsa, xursand bo‘ladi va agar uni nodonlikka nisbat berilsa, xafa bo‘ladi. Har bir haqiqatni bilmoq, barcha xalqlar ustidan g‘olib kelish bilan ularga hukmronlik qilmoq rububiyat sifatlaridan, ya’ni Allohning sifatlaridandir. Insonda esa bu sifatga xarislik, qiziqish bor. Endi inson g‘azab va shahvatda hayvonlar bilan bir xil bo‘lib, undan yaxshi-yomonni ajrata olishi bilangina ajralib turadigan bo‘lsa, u insonda shaytoniylik ustun bo‘lib qoladi. Natijada u juda yomon insonga aylanadi. Ajrata olish qobiliyatini ham yomonlik yo‘llarini topishda, ya’ni kashf etishda ishlatadi. Maqsadlarga ham makr-hiyla va aldoqchilik bilan Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 15 yetadi, yaxshilik qilinadigan o‘rinlarda yomonlikni ko‘paytiradi va bular esa shaytonlarning xulqlaridir. Har bir insonda mana shu to‘rtta xislatdan ozginadan bo‘lsa ham, uchraydi. Ya’ni, robboniylik, shaytoniylik, vahshiylik, hayvoniylik -hammasi qalbda jamlangan bo‘ladi. Bu go‘yo to‘ng‘iz, it, shayton va donolik sifatlari inson terisi ichiga jamlanib olgandekdir. To‘ng‘iz sifati shahvatdir. Chunki to‘ng‘iz rangi, shakli yoki surati tufayli yomonlangan emas, balki haddan ziyod ochko‘zligi, badfe’lligi va hirsi tufayli mazammat qilingan. It esa g‘azabdir. Chunki o‘ta jur’atli va qopag‘on it surati, rangi va shakli tufayli it yoki yirtqichligi emas, balki qonxo‘r, vahshiy, adovat va qopag‘onlilik uchun yomonlangandir. Insonning botinida ham yirtqich hayvonning vahshiyligi va g‘azabi, to‘ng‘izning hirsi va ochko‘zligi bor. Bu to‘ng‘iz ana shu ochko‘zligi bilan insonni fahsh va munkar ishlarga chaqiradi. Yirtqich esa g‘azabi bilan zulmga va ozor berishga chorlaydi. Shayton doim to‘ng‘izning shahvatini va yirtqichning g‘azabini qo‘zg‘ab, ularning birini ikkinchisiga gij-gijlaydi. Ularning tabiatidagi narsalarni chiroyli ko‘rsataveradi. Aqlga misol qilib keltirilgan donolik esa o‘zining o‘tkir qalb ko‘zi va ochiq, yorqin ma’rifati bilan shayton hiylalaridan ogoh qilib turishga va to‘ng‘iz sifatining ustiga it sifatini hukmron qilib, uning ochko‘zligini sindirmoqqa buyurilgandir. Zero, shahvat g‘alayoni g‘azab bilan sinadi. It sifatining qonxo‘rligini uning ustiga to‘ng‘iz sifatini, ya’ni shahvatni hukmron qilib daf qilmoqqa va itni uning siyosati ostida mag‘lub qilmoqqa buyurilgandir. Bas, agar mana shunday qilishga qodir bo‘lsa, ishlar to‘g‘rilik tomonga o‘nglanadi va badan mamlakatida adolat zohir bo‘ladi, har biri to‘g‘ri yo‘lda yuradi. Agar bularni mag‘lub qilolmasa, u holda o‘zini yengishadi va uni xizmatkor qilib olishadi. Bas, natijada har xil hiylalar chiqarishda va to‘ng‘iz sifatini to‘ydirish va it sifatini rozi qilish uchun har xil fikrlar kashf qilishda muqim bo‘lib qoladi. Buning natijasida esa ana shu to‘ng‘iz va itlarga doimo bo‘ysunib qoladi. Ko‘p insonlarning hollari shunday. Chunki ularning maqsadlari ko‘proq qorinlari, jinsiy a’zolari va dushmanlar bilan olishuvdir. Ajablanarlisi shuki, bunday inson butparastlarning butga sig‘inishini inkor qiladi. Lekin o‘zidan parda ko‘tarilib, haqiqiy holati xuddi ba’zi insonlarga uyqusida yoki uyg‘oqligida ko‘rsatilganidek oshkor etilsa, o‘zini cho‘chqaning oldida goh sajda, goh ruku’ qilib, uning ishora va amrini kutib turgan holatda ko‘radi. Natijada u to‘ng‘iz o‘z shahvatlaridan biror narsa istagida qo‘zg‘olgudek bo‘lsa, shu zahoti uning xizmatiga va istagini hozirlashga yuguradigan bo‘lib qoladi. Yoki o‘zini qopag‘on it oldida, unga ibodat qilgan holda va u istagan narsalarga eshitgan zahoti itoat etgan holda ko‘radi va uning itoatiga yetish uchun kerak bo‘ladigan hiylalar to‘g‘risida fikr qilish uchun diqqatini qaratadi. Bunday kishi ana shu ishlari bilan shaytonini xursand qilishga intiluvchidir. Chunki to‘ng‘izni hayajonlantirib, itni qo‘zg‘otadigan va ularni o‘z xizmatiga majburlaydigan narsa shaytondir. Bas, inson mana shu tomondan, ya’ni to‘ng‘iz va itning istagini bajarish bilan shaytonga ibodat qiladi. Har bir banda o‘zining harakat va sakanotlarini, sukut va gapirishlarini, tik turishi va o‘tirishini tekshirib ko‘rsin hamda qalb ko‘zi bilan qarasin. Agar nafsi insof ko‘zini ochib tursa, o‘zini kun bo‘yi ana shularning, ya’ni shayton va askarlarining ibodatlariga harakat qilayotgan holatda ko‘radi, bu esa zulmning eng nihoyasidir. Zero, zulm xo‘jayinni xizmatkor, murabbiyni tarbiyalanuvchi, xojani qul va g‘olibni mag‘lub qilib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling