Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asil farishtaning o‘zi-ku», deb


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

«Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asil farishtaning o‘zi-ku», deb 
yubordilar» (Yusuf surasi, 31-oyat). 
Kim o‘z himmatini badani orom oladigan lazzatlarga sarflasa, hayvonlardek faqat 
yeyishning o‘zi bilan kifoyalansa, hayvonlar yo‘lining ham eng pastiga tushib qoladi. 
Natijada ho‘kizga o‘xshab aniq tentakka yoki to‘ng‘izga o‘xshab ochko‘zga aylanadi yo 
bo‘lmasa, it va mushukka o‘xshab qattol ziyonkorga yoki tuyaga o‘xshab arazchiga yo 
yo‘lbarsga o‘xshab mutakabbirga yoxud tulkiga o‘xshab aldoqchiga aylanadi. Yoki 
bo‘lmasa, bularning hammasini jamlab, juda qattiq osiy hisoblangan shaytonga aylanadi. 
Inson a’zolaridan biri bilan ham yoki hissiyotlardan biri bilan ham Alloh taologa yetish 
yo‘lida yordam so‘rashi mumkin bo‘ladi. Mazkur kitobimizning «Shukr bobi»da mana shu 
yordam so‘rashning bir jihati bayoni keladi. 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Qay bir inson a’zolari va hislarini shunga amal qildirsa, albatta u najot topadi. Kim 
undan boshqa narsalarga burilib ketsa, albatta u ziyon ko‘radi va noumid bo‘ladi. Mana 
shu yo‘lda butkul saodatga erishmoq Alloh taologa yo‘liqmoqni maqsad qilib olmoqlik
oxirat diyorini qarorgoh, dunyoni past bir manzil, badanini ulov va a’zolarni o‘ziga 
xizmatkor qilib olmoqlikdadir. Agar shunday qilsa, insonning botiniy askarlaridan biri - 
idrok etish hissi mamlakatining markazi hisoblangan qalbga podshoh kabi o‘rnashadi 
hamda dimog‘ning old qismiga joylashtirilgan xayoliy quvvati esa podshoh xabarchisi 
o‘rnida bo‘ladi. Zero, his etilgan xabarlar o‘sha yerda to‘planadi.
Turar joyi dimog‘ning orqa tomoni hisoblangan hifz quvvati esa xazinabon o‘rnida 
bo‘ladi. Til esa tarjimon o‘rnida yuritiladi. Uning harakatlanuvchi a’zolari esa kotiblar 
o‘rnidadir. Beshta sezgi a’zolari esa josuslar o‘rnida bo‘ladi. Bas, ularning har biriga 
mamlakat hududlaridan birining xabarini keltirish topshiriladi: ko‘zga ranglar olami, 
quloqqa ovozlar olami va burunga hidlar olami topshirilgan. Boshqalariga ham xuddi shu 
kabi vazifalar yuklangan. Chunki bular xabar sohiblaridir. Xabarlarni ular bu olamdan 
oladilar va podshoning xabarchisi bo‘lmish xayoliy quvvatga topshiradilar, xabarchi esa 
xazinachi hisoblangan hifz quvvatiga topshiradi. Xazinachi esa uni podshohga ko‘rsatadi. 
Podshoh mamlakatining tadbirida hamda asosiy maqsadga aylangan safarini oxiriga 
yetkazishda kerak bo‘ladigan va o‘zi balolanib qolgan dushmanni yanchib tashlashda 
muhtojlik sezadigan narsalarni va yo‘lto‘sarlarni daf qilishda zarur bo‘ladigan narsalarni 
xabarlardan terib oladi. Agar mana shularni qilsagina, saodatli maqomda va Allohning 
ne’matlariga shukr qiluvchilardan bo‘ladi. Agar bularda sustkashlik qilsa yoki ularning 
dushmanlari, ya’ni shahvat, g‘azab va boshqa naqdini nasibalar rioyasini qilishga yoxud 
o‘zining manzili bo‘lmagan, balki yo‘lida uchragan imoratga ishlatsa, katta xatoga yo‘l 
qo‘yadi. Vaholanki, uning asl vatani va asl qarorgohi oxirat bo‘la turib shunday qilsa, 
yordamsiz qo‘yilgan bir badbaxt va Alloh taoloning ne’matlariga nonko‘r, Alloh taoloning 
askarlarini, ya’ni botiniy va zohiriy askarlarni zoe qiluvchi, Allohning dushmanlariga 
ko‘mak beruvchi va Allohning jamoatini yordamsiz qo‘yuvchi bo‘ladi. Natijada qaytib 
boriladigan joyda, ya’ni oxiratda o‘ch olinishga va rahmatdan uzoq bo‘lishga duchor 
bo‘ladi. Ana shunday holatdan Allohdan panoh so‘raymiz. 
Zarbulmasal qilingan ikkinchi misolimizga Ka’b ul-Axbor mana bu so‘zlari bilan ishora 
qilganlar: «Oisha roziyallohu anhoning oldilariga kirdim va: «Insonning ko‘zi yo‘l 
ko‘rsatuvchi, quloqlari idish, tili tarjimon, ikki qo‘li qanot va ikki oyog‘i elchidir. 
Insonning qalbi esa podshohdir, agar podshoh yaxshi bo‘lsa, askarlari ham yaxshi 
bo‘ladi» (Abu Naim, Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyatlari), dedim. Oisha roziyallohu anho 
aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mana shunday eshitganman. Ali 
roziyallohu anhu qalblarni o‘xshatish to‘g‘risida «Albatta Alloh taolo uchun yer yuzida 
shunday idishlar borki, u idishlar qalblardir. Qalblarning Allohga suyuklisi ularning 
qattiqrog‘i, sofrog‘i va yumshoqrog‘idir», deb aytdilar. Keyin: «Dinda qattiqrog‘i, 
iymonda sofrog‘i va birodarlarga yumshoqrog‘idir», deb bu so‘zlarini sharhladilar». Bu 
Alloh taoloning mana bu so‘zlariga ishoradir: 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling