Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Inson qalbining xususiyati to‘g‘risida


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

Inson qalbining xususiyati to‘g‘risida 
Shuni yaxshi bilingki, biz zikr qilgan narsalarning hammasidan Alloh taolo insondan 
boshqa jamiki hayvonlarga ham ne’mat qilib bergan. Zero, shahvat, g‘azab, zohiriy va 
botiniy hissiyotlar hayvonlarda ham bor. Misol uchun bir qo‘y ko‘zi bilan bo‘rini ko‘rgach, 
albatta uning adovatini qalbi bilan his etadi va undan qochadi. Mana shu botiniy idrok 
bo‘ladi. 
Quyida esa inson qalbiga xos bo‘lgan narsalarni zikr qilamiz. Mana shu xos narsalar 
borligi uchun ham insonning sharafi yuksaldi va Alloh taologa yaqinlashmoqqa haqli 
bo‘ldi. Bu xos narsa ilm va irodadir. 
Ilm dunyoviy va uxroviy ishlarni hamda aqliy haqiqatlarni bilishdir. Chunki bular his 
etiladigan ishlardan ayri bo‘lib, hayvonlar bunda sherik bo‘lolmaydilar. Nafaqat diniy va 
dunyoviy ilm, balki zarur bo‘lgan har bir ilm aqlga xosdir. Zero, inson bir shaxsning 
ma’lum bir holatning o‘zida ikki joyda bo‘lmoqligini tasavvur etib bo‘lmaydi, deb hukm 
qiladi, inson va uning bu hukmi har bir shaxsga taalluqlidir. Yana ma’lumki, albatta 
inson o‘z sezgisi bilan faqat ba’zi shaxslarnigina idrok eta oladi, uning hamma 
shaxslarga bo‘lgan hukmi sezgisi idrok eta oladigan narsadan ziyoda bir narsadir, zarur 
bo‘lgan zohiriy ilmlar to‘g‘risidagi bu ma’noni anglay olsangiz, boshqa nazariy narsalarni 
fahmlash oydinroq bo‘ladi. 
Iroda shuki, agar inson ishning oqibatini idrok etib, undagi to‘g‘ri yo‘lni topsa, insonning 
o‘zida ana shu ishning foyda tomoniga, unga kerakli narsani berishga, uni iroda qilishga 
o‘zidan bir shavq qo‘zg‘alib chiqadi. Bu esa shahvat va hayvonlarning irodasidan boshqa, 
balki shahvatning aksicha irodadir. Chunki insonning shahvati, ya’ni xohishi tomir yorib 
keraksiz qonni oldirishdan qochadi, aql esa buni xohlaydi va talab qiladi, hatto unga 
molini sarflaydi. Shahvat kasallik paytida ham lazzatli, ammo ta’qiqlangan ba’zi 
taomlarni yeyishga moyil bo‘ladi, oqil esa ana shundan qaytaruvchi bir narsani o‘zida 
topadi. U shahvatdan bo‘lgan qaytaruvchi emas, balki irodadir. Agar Alloh taolo 
ishlarning oqibatini biluvchi aqlnigina yaratib, a’zolarni aqlning hukmi taqozo qiladigan 
narsalarga yo‘llaydigan irodani yaratmaganida aqlning hukmi albatta zoe ketgan 
bo‘lardi. 
Demak, insonning qalbi ilm va iroda bilan xoslangan. Albatta bundan hayvonlar xolidir. 
Balki avvalgi chog‘larida go‘dak ham undan xoli bo‘lar. Go‘dak balog‘atga yetgandagina 
unda iroda paydo bo‘ladi, ammo xohish va g‘azab, zohiriy va botiniy hissiyotlar go‘dakda 
ham mavjuddir. Endi go‘dak bu ilmlarni hosil qilishda ikki pog‘onadan o‘tmoqlikka 
muhtoj bo‘ladi. 
Birinchisi - uning qalbi avvalo zarur narsalarning ilmlarini qamrab olishi, ya’ni amrimahol 
narsalar bo‘lmaydi, amalga oshishi joiz narsalar bo‘ladi, deb bilishligi. Bas, bu holatda 
go‘dakda nazariy ilmlar hosil bo‘lmaydi. Lekin hosil bo‘lish ehtimoliy ishga aylanadi. Bu 
go‘dakning ilmlarga nisbatan holati xuddi yozish deganda faqatgina siyohdon, qalam va 
so‘zga aylanmagan harflarnigina biladigan insonga o‘xshaydi. Chunki u hali yozishga 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling