Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
haydasang ham, tilini osiltirib turaveradi yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham, tilini
osiltirib turaveradi» (A’rof surasi, 176-oyat).
Nafsining xohishidan tiyila olganlar to‘g‘risida esa Alloh taolo bunday deydi:
«Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda)
Parvardigorining (huzurida) turishi (va U Zotga hisob-kitob berishi)dan
qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat
jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-41-oyatlar).
Yuqoridagi askarlarga qanday qarshi kurashish va ba’zisini ba’zisiga bo‘ysundirish haqida
«Nafsni riyozat qildirish kitobi»da
batafsil keltiriladi, inshaalloh.
Ikkinchi misol - insonning badani go‘yo bir shaharga o‘xshaydi va uni idrok eta biluvchi
aqli esa go‘yo ana shu shaharning tadbirli bir podshohiga o‘xshaydi.
Uning botiniy va
zohiriy hislaridan bo‘lmish idrok etuvchi quvvati askar va yordamchilariga, a’zolari esa
uning xalqiga o‘xshaydi.
Yomonlikka buyuruvchi nafsi, ya’ni shahvati va g‘azabi
mamlakati to‘g‘risida u bilan olishib, xalqini halok qilishga urinayotgan
dushmanga
o‘xshaydi. Demak, badani chegaraga, uning nafsi esa
ana shu yerda turadigan bir
chegarachi askarga o‘xshaydi. Agar u dushmani bilan urushsa va uni yengib g‘olib
bo‘lsa, albatta bu ishlarni o‘zi xohlaganidek bajarsa, g‘azotdan
zafar bilan qaytgan
g‘oziydek olqishlanib, u maqtalgandek maqtaladi.
Alloh taolo kalomida aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: