Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
16 qo‘ydi. Zero, aql boshliqlikka, g‘oliblikka va ega bo‘lmoqlikka haqli edi. Lekin uni mana bu uch narsaga xizmat qilish bo‘ysundirib qo‘ydi. Endi shubha qilmasa ham bo‘ladiki, bu uch narsaga toat qilish ta’siridan qalbga sig‘may qoladigan darajada xunuk sifatlar tarqaladi. Bu xunuk sifatlar hatto muhrga va qalbni halok qiluvchi, o‘ldiruvchi tamg‘aga aylanib qoladi. Shahvat to‘ng‘iziga itoat qilishdan behayolik, ifloslik, isrofgarchilik, ziqnalik, riyokorlik, nomussizlik, masxarabozlik, pastkashlik, harislik, o‘ta ochko‘zlik, laganbardorlik, hasadgo‘ylik, ginachilik, so‘kishish va boshqa narsalar sodir bo‘ladi. Ammo g‘azab itiga itoat qilishdan qalbga tarqaladigan narsalar - o‘zini tutolmaslik, yomon ishlardan saqlanmaslik, mutakabbirlik, o‘ziga katta baho berish, qattiq g‘azablanmoq, manmansirashlik, mazax qilmoq, yengil sanamoq, xalqni taxqirlamoq, yomonlikni istamoq, zulmkorlik va boshqa narsalar sodir bo‘ladi. Shahvat va g‘azabga itoat qilishdan shaytonga bo‘ysunish kelib chiqadi. Shaytonga itoat etishdan esa makr, aldoqchilik, hiyla, ayyorlik, surbetlik, fisq-fujur, fitnagarlik, xiyonat qilish, firibgarlik, behayo so‘zlarni gapirish va shunga o‘xshash narsalar hosil bo‘ladi. Agar bularning aksicha - robboniy sifatlarni hammasiga g‘olib qilsa, qalbida robboniy sifatlardan bo‘lgan ilm, hikmat, ishonch, narsalarning haqiqatini ihota qilish, ya’ni qamrab olish, ishlar qay tarzda bo‘lsa, ularni shunday bilish, bularning hammasiga esa ilm quvvati va qalb ko‘zining nuri bilan ega bo‘lish, ilmning yetukligi va ulug‘ligi bilan butun xalq oldida yurishga haqli bo‘lmog‘i qalbida qaror topar edi hamda shahvat va g‘azabga itoat qilishga muhtoj bo‘lmasdi. Shahvat to‘ng‘izini ushlab turishdan, uni to‘g‘rilik chegarasiga qaytarishdan qalbga pok vujud, qanoat, bosiqlik, zohidlik, parhez, taqvo, ochiq yuzlilik, chiroyli holat, hayo, qalbning ziyrakligi, bir-biriga yordam berish va shunga o‘xshash narsalar tarqaladi. G’azab quvvatini ushlab turishdan, uni o‘ziga bo‘ysundirishdan, turishi vojib bo‘lgan chegaraga uni qaytarishdan qalbda jo‘mardlik, saxiylik, baquvvatlik, nafsni tiyib tura olish, sabr qilish, halimlik, qiyinchilikni ko‘tarish, kechirimlilik, qat’iyatlilik, istalgan maqomga yetishish, oliyjanoblik, viqorli bo‘lish va boshqa sifatlar hosil bo‘ladi. Qalb yuqorida zikr qilinganiday, unga ta’sirini o‘tkazuvchi yomon sifatlar o‘rab olgan, ya’ni xiralashtirgan bir oyna hukmidadir. Bu yomon sifatlar qalbga paydar-pay bog‘liqdir, ammo biz zikr qilib o‘tgan yaxshi sifatlar esa qalb oynasining jilosini, yoruqligini, nurini va ziyosini ziyoda qiladi, hatto unda haqiqat jilosi shu’lalanadi, dindagi matlub ishning haqiqati qalbda kashf bo‘ladi. Shunday qalblarga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarida ishora bordir: «Agar Alloh bir bandaga yaxshilikni xohlasa, qalbida o‘zi uchun nasihatgo‘y paydo qilib qo‘yadi» (Daylamiy rivoyati); «Kimning qalbida bir nasihatgo‘y bo‘lsa, uning uchun Alloh tomonidan bir saqlaguvchi bo‘ladi» (asli yo‘q hadis). Allohning zikri qaror topgan qalb haqida mana bu oyatda ham ochiq ishora bor: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling