Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 Ey g’ofil! Ey, hayolparast! Izzatu obro’lik bo’lishni orzu qilib, kechasi uyquga ketasanmi? Ogohbo’lkim, dur-ru gavhar izlagan dengizga sho’ng’iydi, g’avvoslik qiladi. Ya’ni, kecha-kunduz mehnat va riyozatni o’ziga yor qilmoq kerak. Kishining shuhrati, martaba topishi qobiliyati, oliy himmatligi, g’ayrati bilan bo’ladi. Vaholanki, kishi Alloh huzurida haqiqiy hurmatga kechalarni bedor o’tkazish bilan erishadi. Kim mashaqqat chekmasdan oliy martabani talab qilgan bo’lsa hayotini, amri muhol ish talabida bekorga o’tkazibdi. Parvardigbro! Ilm, kasbu hunar olmog’imga o’zing tavfiq ber! Oliy martabalarningulug’ nuqtasiga meni yetkaz! Donishmandlardan naql qiladilar: - Murodingni hosil qilish uchun, kechalarni o’zingga tuya karvoni qilib ol! She’r: Amalga oshsin desang barcha umidlar Maqsad sari yetaklovchi karvonga min, Go’yo oqshomlar karvondirlar, Ularni minmoq oqshomni bedor kutmoq. Kim barcha orzularini birdaniga ro’yobga chiqishini xohlasa, ularga erishish yo’lida kechalarini manziliga yetkazadigan tuya karvoni qilsin! Kechasi bedor bo’lish va uxlab qolmaslik uchun taomingni kamaytirgin. Ey azizim! Agar kamolot istasang, bedorlikdan qolmagin! Kim kechalarni o’qigan va bilganlarini takrori bilan o’tkazsa, tongla kunduzlari qalbi shodlikka to’ladi. Chunki, kelajakda bu ishlari foyda keltirib, kechalarini bekor o’tkazmagani uchun afsuslanmaydi. De- mak, Alloh ne’matlari ichida kechaning o’z o’rni bo’lib, talaba uni g’animat bilmog’i juda zarur. Zero, kechalari qilingan duo va riyozatlarning ahamiyati benihoyadir. Ulug’larimiz bu haqda o’z manzumalarida qimmat-lik ko’rsatmalar berganlar: Yegil kam kecha turmoqdin yesang g’am, Bo’lur ish kam agar ko’p to’#sa ishkam! Zgam axd etsa «Fatlubni tajidni'» Qo’yurmi bandalar bu jahdu jidni. - deya So’fiy Allohyor (a.r.) hazratlari taomni ozaytirib, qat’iy harakatni ko’paytirishni ta’kidlayaptilar. hazrati Boborahim Mashrab (a.r.) ham jiddiylikni hamma holatlarda mo’’tabar ekanini aytadilar: "Chin oshiq ersang, berma ko’m il nafsi havoga, Ko’p yotma sahar, uyg’ona ko’r zikri Хudoga, G’ofil yurma, bo’lma giriftori baloga, Mashrab o’zingni solma necha javru jafoga. Тo’g’ri yurusang el so’zidan sanga na gamdir?! Ilm talab qilishga targ’ib qilingan hadisi shariflarda aytilishicha, ilmni.chg har soniyasi ibodat, har soniyasi istig’for bo’lib, fazilati ulug’ ne’matlar eshiklarini keng ochilishiga boisdir. Ibodat, tavbayu istig’forning sultoni sahar vaqtida ekaniga Qur’oni karim oyatlari dalolat qiladi. Chunonchi, Alloh solih bandalarining fe’llarini, ularning xulqlarini bayon etib: Тongu saharlarda tavba va istig’for aytuvchi hamda ibodatlar bilan parvardigorlariga yolvoradigan bandaning kamchilik va gunohlarini avfu inoyatimizga olib, mag’firat daryosida g’arq etib, ularni baxtsaodatga noil qilurmiz!-deydi. She’r: Kechasi uykuni yuz tutqazsang barbodga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling