Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 212.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/67
Sana12.03.2023
Hajmi212.98 Kb.
#1264757
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
-Bunchalik mulkka ega bo’lish uchun qanday safar qilsam ekan? Dunyo foniy va bevafo, boqiy emas. 
Buning ustiga dunyo ortidan ketish, egalik qilishga intilish xorlikning o’zi bo’lsa, shu narsalarni bilib 
turib, unga ega bo’lishga intilish oliyhimmatlik va aqldai emasdir. Qanday safar tadorigi menga 
munosib bo’ladi?-deb so’ragan. Donishmandlar kengash o’tkazib, javob beribdilar: 
-Sen ikki dunyo, ya’ni bu dunyo va ham oxirat mulki hosil bo’ladigan safar qilgin. Mana shu niyat va 
harakat seni foniy dunyo mulkiga ega qilish bilan birga boqiy oxirat mulkiga, abadiy saodatiga ega 
qiladi. 
Zulqarnayn: 
-Bu yaxshi, bebaho mayelahat bo’ldi,- degan ekan. 
Demak, jiddi-jaxd va g’ayratimizga solohiyatlik ni-yatni: oxirat, Allohning roziligini qo’shmog’imiz 
kerak bo’ladi. Janob Rasululloh bu haqda shunday ogohlantiradilar: 
-Alloh Subhanahu va taolo oliy amallarni va ulug’ maqsadlarni yaxshi ko’radi. Ularni amalga 
oshiruvchilarni va ro’yobga chiqarishga harakat qiluyechilarni do’st tutadi. Safsata, og’izda 
bajariladigan ishlarni gapirilishini yoqtirmaydi. Ahmoqona va bekorchi ishlarni makruh ko’rur. 
Donishmand ahlidan bo’lgan kishi bir odamga shunday maslahat bergan ekan: 
-O’z ishingni ijro etishga shoshilma! Hovliqma! Balki sekin va bardavomlik bilan bajar! Qo’lingdagi 
asoga yaxshi bir nazar solsang, undan bardavom bo’lish haqidagi ibratni ilg’aysan. Asodek Allohga 
tasbehni tinmay aytadigan, o’z ishiga davomli narsa yo’q ekan. Ya’ni, sen ham hamisha o’z ustingda 
ishla hamda orzularing ro’yobga chiqadigan yo’llarda say’-harakatda bo’lgin. 
Hazrati Imom A’zam Abu Hanifa shogirdi Abu Yusuf (a.r.) hazratlariga nasihat qilganlar: 
dangasa, ishyoqmas, bir landovur eding. Darslarin-gga davomli bo’lganing, o’z ustingda hamisha 
ishlaganing seni dangasalik va landovurlik botqog’idan chiqardi. Endi dangasalik, erinchoklik va 
ishyoqmaslikdan saqlangin! Chunki, mazkur kasalliklarning barchasi ilmning eng katta ofatidir. 
Bu hakda yana shayxul islom, imom Abu Nasr assig’oriy ap-Ansoriy (a.r.) hazratlaridan shunday she’r 
bor: 
Ey, nafsim! Aytay senga nasihat 
Qabul ayla bilo shak! 
Ezgulikdan qolma bir nafas, 
Хaloyiq qilsin senga havas! 
Хayrli ishlarga bel bog’la, 
Dushmaning ko’nglini dog’la! 
Хalq aro noming qolsa yaxshilikda abad
Hikmati Rizoi Haqni sohibidir to abad. 
Ey nafs! Biron soniya ham adolat, yaxshilik hosil qilishdan qolmagin! Zero, har bir ezgulik omili Al-
lohning rahmati, haqning va xalqning rizosi bilan o’ralgan bo’ladi. Ammo dangasa, boqimandalar ofat 
va gumon ichida bo’ladi. 
She’r: 
Ey, nafs! Gar bo’lsang dangasa va ishyoqmas, 
Ham takasaltang va zaifu kamharakat, 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 212.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling