Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 qilishga vazmin keladigan narsani yodlashdan ko’ra xayrlirokdir. Agar talaba o’z vaqtida tushunib olishga harakat qilmay, sustkashlikka yo’l qo’ysa bunga o’rganib qoladi. Natijada oddiy va oson so’zni ham tushuna olmaydigan bo’lib qoladi. Demak, talaba saboqni olayotganida uni ilg’ab olishga, chukur anglab olishga beparvolik qilmas-ligi kerak ekan. Balki, jiddi- jahd qilsin. Alloh taologa duo qilsin, tazarru-shikastalik bilan yalinsin! Zero, Haq taolo duo qilganning duosini, so’raganning so’raganini ijobat qiladi. Umid qilganni noumid qo’ymaydi. Ustoz, shayxul islom, buyuk imom, Qavvomuddin hazrat Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil assig’oriy al-Ansoriy shogirdlari, jalolatli qozi Halil ibn Ahmad Saraxsiy (a.r.) hazratlariga shunday vasiyat qilganlar: -Ilmga xizmating ko’p foyda beruvchi xizmat bo’lsin! Darslarga tirishqoqlik, jiddiy yondashish bilan bardavom bo’l! Agar biror foydani yodlasang, uni takror qilgin! So’ng uni aniqlab, qayd qilib qo’ygin! Shunda xohlagan vak^ingda yodingga olishga imkon yaratasan. Qayd qilib qo’yish bilan har qachon bu saboqga qayta olursan va yo’qotishdan omon bo’lasan. Odat qilgin biron yangi narsani o’rganmoqni, Ham odat qilgin o’tgan darsni takrorlamoqni Mana shunda ilming bo’lur ziyoda, Insonlarga ilm bilan muzokara qil, Bu yo’l bilan hayot bahsh etmoqni odat qil, Mana shunda ilming bo’lur ziyoda. Bo’lgin orifu-oqil va lek Zinhor bo’lma insonlarga yot! Ya’ni, odamlardan uzoq, ularga foyda bermaydigan ilmli kishi bo’lishdan yiroq bo’lgin! Bilginki, ilmni yashirsang, so’rapgan vaqgda bilganingni bildirmasang, uni unitasai. Keyin o’zingni ilmsiz va dangasa holda ko’rasan. Qiyomat kuni esa, yashirgan ilmingni og’zingga o’tdan yugan qilib solinadi. Yana qattiq alamli, qizigan olov bilan azoblanasan. Тolibi ilm uchun, o’zlashtirgan darslarini pishiq va puxta bo’lishi uchun muzokara, munozara va ilmiy bah-slar, ya’ni mukolamaning ahamiyati kattadir. Insof bilan, anglamaganini bilib uchun bo’lmog’i mukolama qilishi kerak. Uni chuqur mulohaza bilan bahslarni shoshilmasdan olib borishi talab qilinadi. Shunda janjal, nosog’lom muhitdan hamda bir-birini yomon ko’rish, g’azablanish, o’zaro dushmanlikdan saqlaniladi. Zero, bahsu-munozara va muzokara mashvarat, mas-lahatdir. Mashvaratni esa, faqat to’g’ri javobni topish uchun, muammolarni haqqoniy, rost yo’lda hal qilish uchun o’tkaziladi. Bu insof bilan, chukur mulohaza yuritish bilan hosil bo’ladi, janjal, adovatu-xusumat qilish bilan, bir-biriga g’azab qilish, insofsizlik va takabburlik bilan aslo hosil bo’lmaydi. Shuning uchun, bahsu-munozara o’tkazishdan maqsadi, biron kishini mulzam, hijolat qilish, o’ch olish va shu kabilar bo’lsa, uni o’tkazish durust ham, halol ham bo’lmaydi. Zero, Umari Odil (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, savollar mazmuniga ko’ra uch xil bo’lib, shundan ikkitasi sohibiga najot beradi, boshqasi qattiq malomatga qoldiradi. Najot beradigan savollarni avvali. bu ilmga, bilmaganni bilishga tashna bo’lib so’rash va ikkin-chisi o’zi biladi, ammo boshqalar ham bilishlari uchun, bilganlarini mustahkamlash uchun so’rash sohibiga ilm talab qilishdagi barcha fazilatlardan bahramand bo’lishni nasib etadi. Ammo, uchinchisi birovni mulzam qilish, uyaltirish, beobro’ qilish uchun, ilmi balan-droq ekanini bildirish va boshqa shu kabi g’arazlar bilan so’rash sohibini uqubatga mubtalo etar ekan. Ammo haqiqatni isbotlash, yolg’on va qalbaki narsani fosh qilish bo’lsa, muzokara o’tkazish to’g’ri va halol bo’ladi. Umuman bahsda, ayniqsa, ilmiy munozaralarda hiylanayrang qilish, yolg’on bilan haqdan chalg’itysh zinhor mumkin emas. Lekin, bahs yuritayotgan kishi sarkashlik qilib, haqiqatni tan olmasa, haqni talab qiluvchi bo’lmasa, shundagina joiz, balki zarur ham bo’ladi. Muhammad ibn Yahyo (a.r.) hazratlari biror mushkil ishga yoki muammoga yuzlansalar va uning yechimini topa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling