Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 212.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm olish sirlari [@kitoblar pdf]
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 ulug’ donishmand ko’rsatma bergan ekanlar: -Avvalo, kalomning aytilgan vaqtiga ahamiyat ber; -ikkinchidan gapning sababiga nazar sol; -uchinchi, gapning kayfiyatiga - qay hol bilan, ovozning baland-pastligiga, qanday ggpirilayotganiga; -to’rtinchi, gapning uzun-qisqayaigi, qanchalik ma’nolar bildirayotganiga e’tibor qilgin; -beshinchidan gapning aytilayotgan joyiga ahamiyat ber! Ey, aziz inson! Mana shu besh tamoyildan zinhor g’aflatda qolmagin!» Arablar ham, «har so’zni o’z joyi va har joyning o’z so’zi bor»,- degan naqlga ko’p e’tibor beradilar. Zero, bu naqlning mazmuniga yaxshilab qarasangiz, mazkur besh tamoyilga qagiy amal qilishga da’vat qilinadi. Shunda doimo va hamma holatlarda foydalanuvchi va foyda beruvchi bo’lasan. Janob Rasululloh .(s.a.v.) aytibdurlar: -Hikmat mo’’minning yo’qotgan kerakli narsasidir. Uni qayerda topsa darhol oladi, qabul qiladi. Yuqoridagi tavsiyaga asos o’laroq, bu hadisi sharif o’z hukmi bilan imonlik kishini dono so’zlarni axtarishga, purma’no maqollarni ishoralariga ahamiyat izhor qilmoqqa buyurib, bu ishni vazifa qilishga ko’rsat-ma beradi. Mashoyixlar: -Neki pokiza va musaffo bo’lsa, uni qabul qil! Neki nopok, loyqa, shubhali ekan, uni tark et! - deganlar. Shayxul islom, jalolatli imom, ustoz Faxriddin Koshoniy (a.r.) hazratlari hikoya qiladilar: -Hazrati Abu Yusufning bir cho’risi bor edi. Тaqdir taqozosi bilan hazrat imom Muhammadning huzurlariga omonat qilib topshiradilar. Kunlarning birida imom Muhammad cho’ridan: -Sen imom Abu Yusufdan biron narsa yod olganmisan?- deb so’radilar. Cho’ri: -Yo’q, u kishidan hech narsa yodlamadim, lekin hazrat: -O’lchaydigan asbobning og’irligi soqitdir,- deb, ko’p takror qilardilar,- deb javob berdi. Qarangki, xuddi shu masala imom Muhammadga yechimi mushkul masalalardan edi. Bir og’iz so’z bilan uning yechimiga erishdilar. Mushkulliklari ko’tarildi. Bu voqea shunga dalolat qiladiki, har kimdan ilm hosil qilishda foydalanish mumkin va o’z o’rnida zarur ham ekan. Hazrati Abu Yusuf (a.r.)dan: -Bunday imlga qanday va nima bilan yetdingiz?- deb so’raganlarida, ul zot: -Iste’foda (foyda talab etish)dan va foyda berishdan zinhor to’xtamadim, baxillik qilmadim,- deb javob berdilar. Hazrati ibn Abbos (r.a.): -Ilgini qanday topdingiz, nima bilan erishdingiz?- deb so’raganlarida, hazrat: -Charchamaydigan savolli til hamda eshitganini saqlovchi qalb bilan,- deb javob berganlar. Mazkur ajib xislatlar zehn, fahmu farosatni ka-mol toptiradi. Avvalgi talabalar: -Mana bu masala to’g’risida nima deysiz? Bunga fikringiz qanday?- kabi savollarni ko’plab berganlari uchun ham tolibi ilm, ya’ni ilmni talab qiluvchi deb ismlanganlar. Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) hazratlari ham baz-zozlik qilganlarida do’konda ko’p mutolaa za muzokara o’tkazganlar. Natijada, fiqhilminingcho’qqisigaerishdilar. Zero, bundan ilmu fiqhning tahsili |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling