Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 255 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/67
Sana21.08.2023
Hajmi255 Kb.
#1668912
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67
Bog'liq
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Ushbu muborak hadisni bir oz o’ylab ko’rilsa, jano-bimiz aqlni faqat yaxshilik, ya’ni Allohni tanish, 
shariat ahkomlarini bilishga qaratilishi kerakligiga ishora qilganlari topiladi. Yana bir hadisi sharifda: 
kim nafsini bilsa, o’zligini tanisa, u Parvardi-gorini tanibdi, - deb marhamat qilganlar. har kim o’ziga 
«Nima edim? Endi nima bo’ldim? Keyin nima bo’laman?»- deb savol berib borsa, ruhini kamol topi-
shiga yo’l ko’rsatgan bo’ladi. Shundan, ustoz va boshqa ahli ilmlar hamda o’z joyini topishi zarur 
ekan. 
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Ali (karramallohu vajhahul karim) xalifalik davrlarida katta jamoat ichida 
bir masalani yechib bergan ekanlar. Shunda bir arab o’z odatlariga ko’ra, hazrati Alini maqtab, naslu 
nasablarini iftixor bilan tilga oldi. Hazrati Ali bu muhtaram zotni maqtovdan to’xtatib: 
-Azizim! Siz meni avvalimni va oxirimni bilasizmi? Nimani bunchalik maqgayotganingizni 
bilasizmi?- deb so’radilar. Haligi kishi javobga qiynalib qoldi. Shunda hazrati Ali o’zlari javob 
berdilar: 
-Mening avvalim, badan yoki biron joyga tegsa benamoz qiladigan, nutfa, obi maniydir. Oxirim esa, 
sassiq, chirik, qurt-qumursqalar yeb bitkazadigan jiy-fa, o’limtikdir. Buning orasida esa, bu jasad ahlat 
tashuvchi hammoldir. Mana mening bor haqiqatim, sen esa nimalar deyapsan?! 
Ulug’larning kamtarligiga tan beraylik, o’rnak olay-lik! 
Тoki, Allohim bizga ham oxiratda bular bilan 
birga bo’lishni nasib etsin. Imom G’azzoliy (a.r.) «Yusuf (a.s.)» surasining tafsirida hazrati Yusuf va 
Zulayho o’rtasida kechgan ushbu voqeani yod etganlar: 
Zulayho muhabbatini, hazrati Yusufni juda-juda yoqtirishini izhor qiladi. Yusuf hazratlari uni har 
qancha qaytarsalar ham, Zulayho: 
-Menga sening so’zlaring, go’zalliging, umuman bor-lig’ing, sening muattar hidlaring yoqadi,- deb 
holi joniga qo’ymaydi. 
Mana shunda hazrati Yusuf uning har bir yaxshi ko’ra-man, degan so’zlariga javob qilib: 
-Agar mening haqiqiy hidimni bilmoqchi bo’lsang, uch kundan keyin qabrimga kir. Mana shu mening 
haqiqiy hidim bo’ladi, deb aytgan ekanlar. 
Albatta, bu to’g’rida fikr yuritib, kibru havoga yuzlanuvchi nafsimizni o’ldirishga harakat qilaylik. 
Yeb-ichib, 
Хudoni hayot degan ne’matidan bahra olib, uni shukrini qila olayapmizmi, tahsili ilm va 
ibodatlarimiz bunga kifoyami? Munosib javob topish, inshaa-alloh, o’z ixtiyorimizda. 
Agar aql raso bo’lsa, inson o’z nafsini bilsa, Alloh taoloning qudratini, ulug’ligini biladi. Allohni 
taniydi. Shunday ekan, u aslo ojiz va notavon nafsiga, ayniqsa, aqliga suyanmaydi. Balki, ishlarini 
Allohning o’ziga tavakkul qiladi, o’zini ham Yaratgani dargo-higa topshiradi. Alloh taolo o’z kalomi 
majidida: 
Kim Allohga tavakkul, topshirsa, ya’ni unga ishlarini tafviz qilsa, Allohning o’zi unga kifoyadir. 
Maqsadlarini ziyodasi bilan beradi,- deb va’da qilgan. 
Ey, inson! Alloh mol-dunyo bilan siylagan bo’lsa, o’z hurmatingni poymol qilib, baxillik qilma! 
Molingni yaxshi joylarga ishlatishdan qizg’anib o’tirma! 
Тalaba baxillikdan, qizg’anchiqlikdan 
saqlanmog’i va panoh ti-lamog’i kerak bo’ladi. 
Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): «Baxillikdan ko’ra og’irroq qaysi dard bor ekan», - deb baxillikdan 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling