Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc


Download 255 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/67
Sana21.08.2023
Hajmi255 Kb.
#1668912
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Bog'liq
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
ulug’ donishmand ko’rsatma bergan ekanlar: 
-Avvalo, kalomning aytilgan vaqtiga ahamiyat ber
-ikkinchidan gapning sababiga nazar sol; 
-uchinchi, gapning kayfiyatiga - qay hol bilan, ovozning baland-pastligiga, qanday ggpirilayotganiga; 
-to’rtinchi, gapning uzun-qisqayaigi, qanchalik ma’nolar bildirayotganiga e’tibor qilgin; 
-beshinchidan gapning aytilayotgan joyiga ahamiyat ber! Ey, aziz inson! Mana shu besh tamoyildan 
zinhor g’aflatda qolmagin!» 
Arablar ham, «har so’zni o’z joyi va har joyning o’z so’zi bor»,- degan naqlga ko’p e’tibor beradilar. 
Zero, bu naqlning mazmuniga yaxshilab qarasangiz, mazkur besh tamoyilga qagiy amal qilishga da’vat 
qilinadi. Shunda doimo va hamma holatlarda foydalanuvchi va foyda beruvchi bo’lasan. 
Janob Rasululloh .(s.a.v.) aytibdurlar: 
-Hikmat mo’’minning yo’qotgan kerakli narsasidir. 
Uni qayerda topsa darhol oladi, qabul qiladi. 
Yuqoridagi tavsiyaga asos o’laroq, bu hadisi sharif o’z hukmi bilan imonlik kishini dono so’zlarni 
axtarishga, purma’no maqollarni ishoralariga ahamiyat izhor qilmoqqa buyurib, bu ishni vazifa 
qilishga ko’rsat-ma beradi. 
Mashoyixlar: 
-Neki pokiza va musaffo bo’lsa, uni qabul qil! Neki nopok, loyqa, shubhali ekan, uni tark et! - 
deganlar. Shayxul islom, jalolatli imom, ustoz Faxriddin Koshoniy (a.r.) hazratlari hikoya qiladilar: 
-Hazrati Abu Yusufning bir cho’risi bor edi. 
Тaqdir taqozosi bilan hazrat imom Muhammadning 
huzurlariga omonat qilib topshiradilar. Kunlarning birida imom Muhammad cho’ridan: 
-Sen imom Abu Yusufdan biron narsa yod olganmisan?- deb so’radilar. Cho’ri: 
-Yo’q, u kishidan hech narsa yodlamadim, lekin hazrat: 
-O’lchaydigan asbobning og’irligi soqitdir,- deb, ko’p takror qilardilar,- deb javob berdi. 
Qarangki, xuddi shu masala imom Muhammadga yechimi mushkul masalalardan edi. Bir og’iz so’z 
bilan uning yechimiga erishdilar. Mushkulliklari ko’tarildi. 
Bu voqea shunga dalolat qiladiki, har kimdan ilm hosil qilishda foydalanish mumkin va o’z o’rnida 
zarur ham ekan. Hazrati Abu Yusuf (a.r.)dan: 
-Bunday imlga qanday va nima bilan yetdingiz?- deb so’raganlarida, ul zot: 
-Iste’foda (foyda talab etish)dan va foyda berishdan zinhor to’xtamadim, baxillik qilmadim,- deb javob 
berdilar. 
Hazrati ibn Abbos (r.a.): 
-Ilgini qanday topdingiz, nima bilan erishdingiz?- deb so’raganlarida, hazrat: 
-Charchamaydigan savolli til hamda eshitganini saqlovchi qalb bilan,- deb javob berganlar. 
Mazkur ajib xislatlar zehn, fahmu farosatni ka-mol toptiradi. Avvalgi talabalar: 
-Mana bu masala to’g’risida nima deysiz? Bunga fikringiz qanday?- kabi savollarni ko’plab berganlari 
uchun ham tolibi ilm, ya’ni ilmni talab qiluvchi deb ismlanganlar. 
Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) hazratlari ham baz-zozlik qilganlarida do’konda ko’p mutolaa za 
muzokara o’tkazganlar. Natijada, fiqhilminingcho’qqisigaerishdilar. Zero, bundan ilmu fiqhning tahsili 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling