Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 qilar edik. Uzluksiz har kuni munozaraga o’tirar edik va bu tinmay o’n ikki yil davom etdi. Natijada sherigim shayxul islom martabasiga munosib bo’ldi va u zot imom Shofi’iy edilar. Shayxul islom, ustoz Faxriddin Qozixon (a.r.) hazratlari talabalariga shunday ko’rsatma berar ekanlar: -Agar fiqh kitoblaridan bittasini yaxshilab yodlab olsang, boshqa fiqhiy masalalarni hifz, zehningda saqlab qolishing osonroq kechadi. 7-FASL. ТAVAKKUL QILISH ТO’G’RISIDA Тavakkul qilish barcha ish, fikridan o’tgan narsalarni Allohga topshirish, tafviz qilishdir. Dunyo ishlari, rizqnasibasiga g’am-tashvish chekmaslik va bu hakda xafa bo’lib yurmaslikdir. Balki, qalbini bulardan holiy qilib, ilm bilan va shu kabi zaruratlar bilan shug’ullanishini talab qila boradi. Shubhasiz, tavakkal qilish talabaning asosiy vazifasi bo’lishi kerak. Hazrati imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) janob Rasu-lulloh (s.a.v.)ning sohiblaridan rivoyat qiladilar: -Kim Alloh dinining ilmini o’rgansa, Alloh uni rizqi va dunyo hojatlariga kifoya bo’ladi. Nasibasini o’ylamagan joylardan yetkazib qo’yadi. Тavakkul qila olish insonga ulug’ baxtsaodatdir. Agar talaba ko’nglini rizqi va kiyim, dunyo matolariga mashg’ul qilsa ilmga kam vaqt qoladi. Natijada ilm va go’zal xulqu odoblardan bebahra bo’lib qoladi. Eng asosiy maqsali ilm talab qilishdan uzok,lashadi. Donishmandlardan biri shunday deganlar: -Go’zallikni o’zinpa chaqir va go’zal hulqlar da’vatini qabul qil! Zinhor bog’iylik3 karvoniga minma! Beadablik va barcha hunuk ishlarni tark qil! Har vaqt va joyda o’zingni hamma ma’noda to’q ko’rsatgin! Qori to’q, kiyimi butun holda yur! Bosh kiyimga ahamiyat ber! Salla bosh kiyimlar toji va ulug’idir. U janob (s.a.v.)ning muborak sunnati saniyalaridir. Alloh dinining shioridandir. Ammo taom tanovul qilishda, ibodatda, saboqo’qiyotganda, uyquga yotganda va hojatxonaga kirganda, albat-ta, bosh kiyimda bo’lgin! Bir kishi hazrati Husayn ibn Mansur al-Halloj (a.r.)ga: -Hazrat menga nasihat qilsangiz!- deb murojaat qildi. Shunda hazrat: -O’z nafsingga ishlov ber, uni yaxshilab tayyorla! Uni mashg’ul qilib qo’y! Agar nafsiigni mashg’ul qilmasang, u seni o’zi bilan mashg’ul qilib qo’yadi,- deb nasihat qildilar. Demak, har bir inson o’z nafsi bilan shug’ullanishi kerak ekan, xayrli amallarni qilishga jalb etishi zarurdir. Тoki nafsu havosini roziligiga qarab qolmasin! Shaytoni la’inning insonni chaljtadigan, osiy qiladigan eng birinchi quroli nafsdir. Okil inson dunyoga va dunyo tashvishlariga ahamiyat va ehtimom ber-maydi. Chunki, dunyo matolari uchun g’amga tushish, xafa bo’lish va nadomat chekish aqlli kishiga loyiq emas. Balki, bularning hammasi musibatni qaytarmagan, foyda ham bermagan. Inson qalbi, asablariga zarar va ziyon keltirgan. Shuningdek, solihama;,larga, yaxshi-liklarga xalal beradi. Aqli raso kishi oxirat ishlariga ahamiyat beradi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.): insonning ba’zi gunoxlari borki, ularga faqat dunyo tirikchiligini o’tkazish uchun chekilgan qayg’u va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling