Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 Imon, e’tiqod va solihlarga bo’l och, O’zgalardan sherni ko’rgandek qoch. Тaom deb or-nomusdan qolguncha, Aziz va bexdir o’lganing och. Kishining taom deb badbaxt bo’lishi qanday oru no-mus, qanday sharmandalik ekan. Qorin tashvishi, ocho-fatlik bilan kishi bu dunyoda beobro’, oxiratda esa badbaxt bo’lishi qanday ham ayanchlik, qanday ham yomon ekan. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): -Uch toifa bor, Allohtaolo gunohi bo’lmasa ham ularga g’azab qiladi, rahmatidan benasib qiladi,- deb mar-hamat etadilar, -Ko’p yeydigan, ochofat, ikkinchi baxil, xasisni va uchinchi mutakabbirni Alloh muruvvatidan mahrum etadi. Demak, bu toifalarni gunohlari bo’lmasa ham Alloh azoblar ekan. Chunki, qorin to’q bo’lsa, ibodatga ham, yaxshi amallarga ham kishi dangasa bo’ladi. Bu taomning shukrini ado etmaslik bo’lib, g’azabni chaqiradi. Ko’p yeyishlikni zararini ham o’ylash zehnga ijobiy ta’sir qiladi. Тurli kasalliklarni oldini olish,. jisminy zo’riqtirish, toqatidan ortiq ishlatib charchatish, shuningdek, boshqa ziyonlarni o’ylash ham zehnga foyda beruvchi omillardan hisoblanadi. Donishmandlar aytadilar: -Qorinning doim to’q bo’lishi, ovqatga o’ch, sertanovul bo’lish ziyraklikni, zehnni va mulohaza yuritish qobi-liyatini ketkazadi. Ulug’ faylasuf Jolinus shunday deydi: Insonga anorning hammasi foyda, ammo baliqni hammasi zarardir. Lekin, ozgina baliq ko’p anordan yaxshiroqdir. Bilgilki, ko’p taom yeyish mol-mulkni o’rinsiz sarf-lash sanaladi. Тo’q qoringa yana ehtiyojsiz yeyish aynan zararning o’zidir, Bu ish kishini oxirat hovlisida ukubatga loyiq qiladi. Hayotda ham bunday kishilar in-sonlar ko’nglida nafrat va g’azab uyg’otadi. Kuchli, yog’li, foydali serquvvat taomlardan iste’-mol qilish, ma’lum bir miqdorni belgilab olish va tanovul vakp"ini ta’yin qilib ko’yish taom yeyishni ka-maytiradigan omillardan sanaladi. Тanovul vaqtida avval ishtaha ochadigan, yengil hazm bo’ladigan taomlardan boshlash kerak. Zinhor ochlar bilan birga ovqatlanmaslik kerak, chunki sherikni tanovuli ta’sirlik hisoblanadi. Ammo ro’za tutish, og’ir mehnat, ibodatlar qilish uchun qo’proqtaom yeyishi joiz. Shuningdek, o’zining quv-vatini mustahkamlash, sog’ligini tiklash uchun ham ko’p taom yeyishi durustdir. Download 255 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling