Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 buyurilardi. Kasb-hunarni yaxshilab o’rganib, keyin ilm o’rganishga qo’yilar edi. Shunda tolib tamagirlikdan xoliy bo’lar, odamlarning ko’lidagi molu boyliklariga umid-vor bo’lishdan tiyilar edi. Odamlarni ko’lidagi mollariga qarab qolgan kishi, tama qilgan, albatta, o’zini faqir qiladi,- deb hikmatlarda bayon qilingan. Ammo olim kishi tamagir bo’lib qolsa, unda na ilmning va na shariatning hurmati qoladi. Тama’ orqasidan hamma narsani poymol qiladi va mol-mulk undirish uchun haqiqatni gapirmaydi, balki shariat hukmlarini noto’g’ri talqin qilib, uni dunyo topish uchun kasb qilib oladi. Mana shuning uchun, sohibi shariat janobimiz (s.a.v.) tamadan panoh tilaganlar: -Parvardigoro! Insonni pastkashlik va razillik, qabohatlarga yaqinlashtiruvchi va unga giriftor qiluv-chi tama’dan panoh so’rayman!- deb duo qilib, ummatlarga ham bu haqda ta’lim berganlar. Demak, imonli kishi yolhiz Allohdan umid qilmog’i, faqat O’ziga umid qilmog’i kerak ekan. Yana Alloxdan qo’rkuv, xavfda bo’lishi zarur. Bu, shariat chegarasida mustahkam turishi bilan bilinadi, agar chegaradan o’tsa, unda Хudodan qo’rqmagan bo’ladi. Ya’ni, birovning fikri bilan gunohga qadam qo’ysa, xavfini yo’qligi isbot bo’ladi. Shuning uchun ham, agar Хudodan qo’rqib unga osiy bo’lmasa, maxluqiga itoat qilmasa, Хudoning hududidan chiqmasa, u Allohdan qo’rkhan bo’ladi. Umid qilishda ham, mana shunday yo’l tutish kerakdir. Тalaba saboqning ma’lum miqdorini belgilab olib, uni takror qilishga odatlanishi kerak. Shunday qilsa, qalbi bu odatga qaror topib, o’ylagan maqsadiga yetishadi. Тakrorni ushbu tartibda amalga oshirish ma’qul bo’ladi: -kechagi saboqni besh marta; -o’tgan kungi saboqni to’rt marta; -o’tgan kundan avvalgi kun saboqini uch marta; -uch kun oldin olgan saboqini ikki marta; -to’rt kun oldin olgan sabog’ini esa bir marta takror qilishi maqsad sari olib boradi. Mana shu odati takrorlashga ham, yodda saqpashga ham mos va yengilroqdir. Тolib takror va yodlashlarini bo’shashib, past ovoz bilan va majolsiz qilmasligi kerak, bunga odatlanmasligi juda lozim. Darsni va takrorni g’ayratu-kuv-vat, tetiklik bilan, ziyrak bo’lib qilishi shartdir. Lekin o’zini qiynab, zo’rlab baland ovoz bilan ham qilmasin! Chunki, o’zini qiynab qo’ysa, tetikligi ham bo’shashib, keyinchalik takrordan bezib ketadi. Keyin takrorni to’xtatib ko’yadi. Zero, janob Rasululloh (s.a.v.): -Amallarning xayrlisi o’rtachasidir,- deb aytganlar. Hikoya qilishlaricha, hazrati Abu Yusuf (a.r.) doi- mo shunday kuvvat va ziyraklik bilan muzokara o’tka-zardilar. Bu zotning kuyovlari kuch-quvvat, tetik va hushyorligidan hayratlanar edilar. - Men bu zotni besh kundan beri tuz totmaganini yaxshi bilaman, u kishi och, ammo bunday quvvatlariga men zo’r taajjubdaman,-der edilar. Тolib bo’sh qolish, dangasalik va zaiflikdan saqlanishi kerak. Chunki, bularning barchasi ilm ofatidandir. Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlari: -Men ilm tahsil qilish davrimda sheriklarimdan ko’ra peshqadam edim. Chunki, o’zimga hech bo’sh vaqt aj-ratmadim, sustkashlik va dangasalikdan uzoq bo’ldim,-deganlar. Shuningdek, shayxul islom, hazrat Imbijobiy (af.) hikoya qiladilar: -Ilm tahsil qylish va o’rganish davrimda o’n ikki yil biron bir muddat forig’lik va ham dangasalik menga ro’y bermadi. Mol-mulk kifoyaligi uchun ham, sherigim bilan chiqib, munozara va muzokara |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling