Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 Ushbu muborak hadisni bir oz o’ylab ko’rilsa, jano-bimiz aqlni faqat yaxshilik, ya’ni Allohni tanish, shariat ahkomlarini bilishga qaratilishi kerakligiga ishora qilganlari topiladi. Yana bir hadisi sharifda: kim nafsini bilsa, o’zligini tanisa, u Parvardi-gorini tanibdi, - deb marhamat qilganlar. har kim o’ziga «Nima edim? Endi nima bo’ldim? Keyin nima bo’laman?»- deb savol berib borsa, ruhini kamol topi- shiga yo’l ko’rsatgan bo’ladi. Shundan, ustoz va boshqa ahli ilmlar hamda o’z joyini topishi zarur ekan. Rivoyat qilishlaricha, hazrati Ali (karramallohu vajhahul karim) xalifalik davrlarida katta jamoat ichida bir masalani yechib bergan ekanlar. Shunda bir arab o’z odatlariga ko’ra, hazrati Alini maqtab, naslu nasablarini iftixor bilan tilga oldi. Hazrati Ali bu muhtaram zotni maqtovdan to’xtatib: -Azizim! Siz meni avvalimni va oxirimni bilasizmi? Nimani bunchalik maqgayotganingizni bilasizmi?- deb so’radilar. Haligi kishi javobga qiynalib qoldi. Shunda hazrati Ali o’zlari javob berdilar: -Mening avvalim, badan yoki biron joyga tegsa benamoz qiladigan, nutfa, obi maniydir. Oxirim esa, sassiq, chirik, qurt-qumursqalar yeb bitkazadigan jiy-fa, o’limtikdir. Buning orasida esa, bu jasad ahlat tashuvchi hammoldir. Mana mening bor haqiqatim, sen esa nimalar deyapsan?! Ulug’larning kamtarligiga tan beraylik, o’rnak olay-lik! Тoki, Allohim bizga ham oxiratda bular bilan birga bo’lishni nasib etsin. Imom G’azzoliy (a.r.) «Yusuf (a.s.)» surasining tafsirida hazrati Yusuf va Zulayho o’rtasida kechgan ushbu voqeani yod etganlar: Zulayho muhabbatini, hazrati Yusufni juda-juda yoqtirishini izhor qiladi. Yusuf hazratlari uni har qancha qaytarsalar ham, Zulayho: -Menga sening so’zlaring, go’zalliging, umuman bor-lig’ing, sening muattar hidlaring yoqadi,- deb holi joniga qo’ymaydi. Mana shunda hazrati Yusuf uning har bir yaxshi ko’ra-man, degan so’zlariga javob qilib: -Agar mening haqiqiy hidimni bilmoqchi bo’lsang, uch kundan keyin qabrimga kir. Mana shu mening haqiqiy hidim bo’ladi, deb aytgan ekanlar. Albatta, bu to’g’rida fikr yuritib, kibru havoga yuzlanuvchi nafsimizni o’ldirishga harakat qilaylik. Yeb-ichib, Хudoni hayot degan ne’matidan bahra olib, uni shukrini qila olayapmizmi, tahsili ilm va ibodatlarimiz bunga kifoyami? Munosib javob topish, inshaa-alloh, o’z ixtiyorimizda. Agar aql raso bo’lsa, inson o’z nafsini bilsa, Alloh taoloning qudratini, ulug’ligini biladi. Allohni taniydi. Shunday ekan, u aslo ojiz va notavon nafsiga, ayniqsa, aqliga suyanmaydi. Balki, ishlarini Allohning o’ziga tavakkul qiladi, o’zini ham Yaratgani dargo-higa topshiradi. Alloh taolo o’z kalomi majidida: Kim Allohga tavakkul, topshirsa, ya’ni unga ishlarini tafviz qilsa, Allohning o’zi unga kifoyadir. Maqsadlarini ziyodasi bilan beradi,- deb va’da qilgan. Ey, inson! Alloh mol-dunyo bilan siylagan bo’lsa, o’z hurmatingni poymol qilib, baxillik qilma! Molingni yaxshi joylarga ishlatishdan qizg’anib o’tirma! Тalaba baxillikdan, qizg’anchiqlikdan saqlanmog’i va panoh ti-lamog’i kerak bo’ladi. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): «Baxillikdan ko’ra og’irroq qaysi dard bor ekan», - deb baxillikdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling