Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc
Download 255 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
35 va kamolga yetishi kasb-xunarni jamlash bilan ekani ma’lum bo’ladi. Hazrati Abu Hafs Kabir (a.r.) ham kosibchilik qilardilar. Shu bilan ilmlarini takror ham qilar edilar. demak, nasraqai ahli ayol va boshqalar uchun kasb qilmog’i kerak bo’lsa, albatta kasb-hunar qilsin va ilmini takrorini birgalikda olib borsin. Bunda dangasalikka yo’l quymasligi hamda mas’uliyat bilan qarab, panja orasidan qarashdan ehtiyot bo’lishi shartdir. Va-holanki, aqli raso kishi hech bo’lmaganda o’zini na-faqa bilan ta’minlashga hamda ilmni tark etishiga uzr yo’kdir. Chunki, hazrati Abu Yusuf (a.r.)dan ham ko’ra faqir va muhtojroq bo’lolmasa kerak. Shunday qiyinchilik va ehtiyojlar ko’p bo’lsada, ular hazrat Abu Yusufning fiqhu ilm tahsillariga mone’-lik ko’rsata olmadi. Ammo kimning mol-dunyosi bo’lsa, qimmatli vaqgini g’animat bilsin va albatta, ilm bilan shug’ullansin, uning yo’lida molu mulkini sarf qilsin! Sarvari Koinot (s.a.v.): -Solih kishiga qanday ham yaxshi salohiyatlik mol-dunyo berildi (Molu mulkni o’z joyiga yetkazuvchi kishi qanday solih, moli ham qanday halol ekan),- deb, molu dunyosini xayrli o’rinlarga xarajat qiladigan kishiga ulug’ fazilatlar borligini ishora qiladilar. Bir ulug’ ahli ilmdan: siz ilmga qanday, nima bilan erishdingiz?- deb so’raganlarida, olim: -Boy otaning moli bilan,- degan ekanlar. Chunki, har doim saxiylar -otalar, onaxon va akalar iltifotla- ridan ahli ilmlar, ahli fazllar foydalanadilar. Moldavlat ham ilmni ziyoda, barakali bo’lishiga hamda zavolga ketmasligiga sabab bo’ladi. Bu benazir aql va ulug’ ilm ne’matlarining shukronasi, haqqining rioyasi hisoblanadi. Shukrona barcha narsaning barakali va ziyoda bo’lmog’ining asosi ekani sir emas. Ulug’lar hazrati imom A’zam Abu Hanifa (r.a.)dan naql qiladilar, hazrat: -Faqatgina hamdu sano va shukr bilan ilmu fazi-latga erishdim. har" vaqt biron fiqhiy masalani fah- mlasam, biron hikmatni bilsam, «Alhamdu lillah» deb, Allohga shukr qilar edim. Shu sabab Alloh ilmimni ziyoda va pishiq qildi,- deb aytganlar. Тalaba tili, dili va a’zolari bilan minnatdorlik va shukr izhorini kasb qilmog’i kerak. Bunda mol-dunyo bilan shukr qilmoqning o’z o’rni bor. Fahm, farosat, ilm, hidoyat va tavfiqni yolg’iz Alloxdan deb bilmog’ining alohida o’rni bor. Hidoyat, tariqi mustaqimni Тan-gri taolodan iltijo qilib, so’rashi lozimdir. Zero, «Duo qiling ijobat qilaman»,- deb Alloh va’da qilgan, faqat yolg’iz o’zi barcha ehtiyojlarimizga kifoya bo’luvchidir, Huddi mana shunday yo’l tutish ahli haqlarning, ya’ni axli sunnat val jamoatning yo’li bo’lib, ular haqni, sirotul mustaqimni Hodiy, Mubin, Osim kabi sifatlari bor bo’lgan Alloxdan talab qiladilar. Haqtaolo va’dasiga binoan ularni hidoyatga boshlab, zalolat va xatoga ketishdan hifzu himoyatiga oldi. Adashganlar, axli zalolatlar esa akllariga qoyil qoldilar, undan ajablandilar va barcha narsani aql va fikr tarozusiga soladigan bo’ldilar. Bu haqiqatni maxlukdan talab qilishdir. Ular ojiz va sayoz aqp, kamol topmagan fiqr bilan ilmga erishmoqchi bo’ldilar. Vaholanki, aql barcha narsani, masalan, ko’zdek id-rok qila olmaydi va ko’z ko’rgan narsalarni esa aql bilan olish mumkin bo’lmaydi. Natijada, haqiqatdan to’sildilar, hijobga o’raldilar. Ojiz va notovon bo’ldilar, o’zlari adashdilar va boshqalarni ham adashtirdilar, yo’ldan ozdirdilar. Janob payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) ogohlikka da’vat etib, shunday deganlar: kim g’aflat bilan amal qilsa, u g’ofil insondir. Oqil o’z aqli bilan amal qilgan, ya’ni nimaga, kimga qilayotganini, o’zini mavqeini bilgan hamda o’zini ojiz va doim rabbisiga muhtojligini bilgan kishidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling