www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun
mas’uliyati oshirildi.
Shuningdek,
sud qarorlari ijrosini to‘xtatib turish huquqi
prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar
prokurorlarining esa tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash
muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi.
Bugungi
kunda siyosiy, iqtisodiy, davlat-huquqiy munosabatlarning
butun tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish,
inson huquq va erkinliklarini himoya etish bo‘yicha
oldimizda turgan keng
ko‘lamli vazifalar sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish masalasini
kun tartibiga qo‘yayotganini biz o‘zimizga albatta yaxshi tasavvur etamiz.
Bu boradagi vazifalarni samarali hal qilish maqsadida quyidagi
tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshirish taklif etiladi.
Birinchi. Bundan o‘n yil oldin qabul qilingan amaldagi
“Normativ-
huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi
tahririni qabul
qilishni bugun hayotning o‘zi talab qilmoqda. Ya’ni, o‘tgan davrda qonun
ijodkorligi jarayoni kengaygani va murakkablashgani, normativ-huquqiy
hujjatlarning asoslanganiga va sifatiga nisbatan talablar sezilarli darajada
oshgani bu sohada qonuniylikni ta’minlashning
yangi va yanada samarali
mexanizmlarini yaratishni, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy
hujjatlarning qonunlarga, sotsial-iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy islohotlar
ehtiyojlariga mos bo‘lishini taqozo etmoqda.
Ikkinchi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
29- va 31-boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi. Bu
o‘rinda sudga qadar ish yurituv bosqichida qo‘llanadigan choralar, ya’ni
lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish
tarzidagi protsessual majburlov choralarini
faqat sudyaning sanksiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: