Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


asosida qo‘llash tartibi nazarda tutilmoqda


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

asosida qo‘llash tartibi nazarda tutilmoqda.  
Ushbu vakolatlarning prokurordan sud organlariga o‘tkazilishi 
surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirish
jinoyat protsessida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini yanada 
kengaytirish imkonini beradi. Eng muhimi, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini himoya qilish borasida umume’tirof etilgan prinsiplar va 
xalqaro huquq normalarining amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Uchinchi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
439-moddasiga o‘zgartish kiritish va unga muvofiq birinchi instansiya 
sudida ish bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish majburiyatini faqat 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
36
prokuror zimmasiga yuklashni nazarda tutadigan norma o‘rnatish taklif 
etiladi. Chunki amaldagi qonunchilikda davlat ayblovchisi, ya’ni 
prokurorning sud majlisida ayblov xulosasini o‘qib eshittirish bo‘yicha 
majburiyati aniq belgilanmagan. Shuning uchun ayblov xulosasi ko‘pincha 
sudyalar tomonidan o‘qib eshittiriladi. Bu esa sudning vazifa va 
maqsadlariga mos kelmaydi. Jinoyat-protsessual qonunchiligiga yuqorida 
ko‘rsatib o‘tilgan normaning kiritilishi sudning mustaqilligi, xolisligi va 
beg‘arazligini ta’minlashga, jinoyat protsessida tortishuv prinsipini 
kuchaytirishga xizmat qiladi.
To‘rtinchi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
321-moddasidan sudning jinoyat ishi qo‘zg‘atishga doir vakolatini 
chiqarish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Ma’lumki, jinoyat ishini 
qo‘zg‘atish avvalo surishtiruv va dastlabki tergov organlari, jinoiy ta’qibni 
amalga oshiradigan boshqa huquq-tartibot organlarining vazifasi 
hisoblanadi. Suddan esa shaxsga qo‘yilgan ayblovning qonuniy va asosli 
ekanini xolis baholash talab etiladi.
Vaholanki, hozirgi paytda sud tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish 
tarzidagi protsessual harakatning amalga oshirilishi mohiyatan jinoiy 
ta’qibning va undan kelib chiqadigan barcha oqibatlarning boshlanishi 
hisoblanadi. Bu esa sudni jinoiy ta’qib ishtirokchilari toifasiga kiritib 
qo‘yadi. Aytish kerakki, bunday amaliyot sudning oliy maqsadi bo‘lgan 
odil sudlovni amalga oshirish tamoyiliga mutlaqo mos kelmaydi.
Beshinchi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish prinsiplari
asoslari, shakl va uslublari, uni olib boradigan organlar tizimini belgilab 
beradigan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling