Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc
IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov
Download 2.84 Kb. Pdf ko'rish
|
19tom2011yilpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy normalarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy
IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov
qonunchiligini rivojlantirish Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi. Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy normalarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir. Shu munosabat bilan o‘tgan davr mobaynida yurtimizda samarali, demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida g‘oyat chuqur o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidlash o‘rinlidir. Ma’lumki, Konstitutsiyamizga, shuningdek, “Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga 2003 va 2008 yillarda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Shu bilan birga, ushbu davrda mazkur sohaga oid ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Bularning barchasi milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga to‘la mos holda o‘tkazilishini ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu qonunlarda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Mamlakat Prezidenti lavozimiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa – siyosiy partiyalarning joylardagi tegishli organlari tomonidan ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi prinsipial qoida www.ziyouz.com kutubxonasi 44 mustahkamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro organlari tomonidan ko‘rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi prinsipial qadam bo‘ldi. Shu borada saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida ham kamdan-kam uchraydigan mutlaq vakolatlarning Markaziy saylov komissiyasiga berilishini ko‘zda tutadigan o‘zgartishlarning kiritilishi o‘ta muhim ahamiyatga molik ulkan voqea bo‘ldi. Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, saylov kampaniyasi jarayoniga davlat va hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan aralashishga qaratilgan har qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. 2009 yilgi saylov arafasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Konsepsiya ishlab chiqildi. Mazkur Konsepsiya xorijiy ekspertlar tomonidan fuqarolarning saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha noyob hujjat sifatida baholangan edi. Haqiqatan ham, ushbu Konsepsiyaning amalga oshirilishi saylovning qonun talablariga to‘la muvofiq holda, siyosiy Download 2.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling