Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalari vakillari


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf


partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalari vakillari, 
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan ham kuzatuvchilar 
qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
Shunisi e’tiborga sazovorki, bizning saylov tizimimiz xotin-qizlarning 
ijtimoiy-siyosiy faolligini, ularning davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi 
mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Saylov to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga siyosiy partiyalardan ko‘rsatiladigan deputatlikka 
nomzodlarning kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi shart ekani 
to‘g‘risidagi normaning kiritilgani buning yaqqol tasdig‘idir.
2009 yilgi saylovlar jarayonida ayni ana shu normaning tatbiq etilishi 
parlamentning quyi palatasiga umumiy deputatlar sonining 22 foizini 
tashkil etadigan 33 nafar xotin-qiz deputatni saylash imkonini berdi.
Senat a’zolari etib saylanganlarning 15 foizi ayollardir, mahalliy 
vakillik organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar esa bugungi kunda jami 
deputatlar sonining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etadi.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va 
demokratik o‘zgarishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblangan saylov 
tizimimiz muntazam takomillashib bormoqda. Shu bilan birga, bugungi 
kunda hayotning o‘zi, ayniqsa, oxirgi saylovda biz to‘plagan tajriba 
yurtimizda saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirish masalalarini kun 
tartibiga qo‘ymoqda.
Shu munosabat bilan quyidagi qonunchilik tashabbuslarini 
amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lur edi.  
Birinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, 
tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25-
moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi.
Bu avvalambor partiyalararo raqobatning kuchayishi, saylovoldi 
tashviqotining shakl va usullari tobora turli-tuman va keng miqyosga ega 
bo‘lib borayotgani bilan izohlanadi. Shuning uchun saylov qonunchiligida 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling